Buxoro me’morchiligi


Download 66.57 Kb.
bet6/7
Sana15.06.2023
Hajmi66.57 Kb.
#1478395
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxoro me’morchiligi

Abdullaxon madrasasi
Me’moriy obida Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan. U (to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abdulxayrxon) (1534, Miyonqol, Ofarinkent qishlog‘i – 1598, Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) o‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583 - 1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‘lgan. Otasi Iskandar sulton o‘g‘li tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq kurash olib borgan. Uning hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san’at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi. Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. 1574-yil Balxni, 1578-yili Samarqandni, 1583-yil Toshkent va Farg‘onani, 1584-yili Badaxshonni, 1595-yili Xorazmni zabt etadi va o‘z davlati tarkibiga qo‘shib oldi. Abdullaxon II davrida mamlakat hududi Qashqardan Orol va Kaspiy dengizlari sohillarigacha, Turkiston va Sayramdan Xurosonning sharqiy qismigacha bo‘lgan yerlardan iborat edi. Markazlashgan davlat tashkil etilgach, mamlakatda ilm-fan va madaniyat rivojlandi. Abdullaxon madrasasi xonlikdagi eng yirik ma’rifat maskani sifatida bunyod etilgan. Uning qurilishi o‘rta asrlarning so‘nggi davrida, ya’ni 1588-1590-yillarga to‘g‘ri keladi. Me’moriy obidaning qurilishida xom va pishgan g‘isht, loy, taxta, maxsus “qir” qotishmasi va shu kabi mahsulotlardan foydalanilgan. Me’moriy obidaning umumiy ko‘rinishi haqida gapiradigan bo‘lsak, hovli atrofini ikki oshyonli hujralar o‘rab turadi. Har ikki tomonida baland peshtoq joylashgan. Peshtoqlar orqali ichkari xonalar va xonaqohga o‘tiladi. Madrasaning katta peshtoqi janubga qaragan. Peshtoq qanotlari va guldastalar sirkor bezaklar bilan pardozlangan. Darvozadan o‘tib, ikki yonidagi kata xonalar – darsxona va masjidga kiriladi. Me’moriy obida Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, gubazli uslubda, bezaklar qo‘llanilgan holda qurilgan. Modarixon madrasasi bilan birgalikdagi ko‘rinishi “qo‘sh” uslub namunasi hisoblanadi. Madrasa darvozasi xotamkori uslubining noyob namunasi – girrix shaklli mayda yog‘och parchalaridan terilgan. Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlaridan biri shundaki, tuzilishi odatdagi madrasalardan ancha farq qiladi. Madrasa o‘z ro‘parasidagi Modarixon madrasasiga qarab biroz egilgan holatda qurilgan. Modarixon madrasasi Abdullaxonning onasiga atab qurilganligini hisobga olsak, o‘ziga xos onaga hurmat ramzidir. Abdullaxon davri me’morchiligining yetuk namunasi bo‘lgan bu madrasa Buxoro me’morchiligining XVI asrda erishgan barcha ijodiy yutuqlarni namoyish etadi.
Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati haqida gapiradigan bo‘lsak, 1997-
yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me’moriy
inshootlar qatorida Abdullaxon madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. Hozirda
O‘zbekistonning turli joylaridan Buxoroga tashrif buyurgan sayyohlar va chet elllik turistlar diqqat-e’tiboridagi sayirgohga aylangan. Me’moriy obida YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. Haligacha chet el sayyohlarining diqqat-markazida. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni me’moriy inshoot muhofazasining o‘ziga xos huquqiy kafolatidir.
Fathulla Qushbegi madrasasi Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida Buxoroning eski shahar qismida bunyod etilgan Fathulla Qushbegi madrasasi shu nomdagi shaxs tomonidan qurilgan. Fathulla ibn Mahmud (?-1597) Miyonqolda tug‘ilgan. Buxoro xonligida Parvonachi, Pirmuhammadxon davrida Shig‘ovul lavozimida ishlagan. Iskandar va Abdullaxon II hukmronligi davrida esa Qushbegi lavozimida faoliyat yuritgan. Abdullaxoning maxsus buyrug‘i bilan davlat xazinasi hisobidan Buxoroda madrasa bunyod ettirishda faol ishtirok etgani uchun u urdirgan madrasa xalq orasida Fathulla Qushbegi nomi bilan mashhur bo‘lgan.
Fathulla Qushbegi madrasasi XVI asrning so‘nggi choragida, 1585-1586- yillarda bunyod etilgan.
U Sharq me’morchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, ”Chor” uslubida
bunyod etilgan. Me’moriy obidani bunyod etilishida har xil o‘lchamdagi xom va
pishgan g‘isht, tosh, loy, yog‘och va shunga o‘xshash mahsulotlardan foydalanilgan.
Inshoot madrasa, qishgi va yozgi masjid, darsxona, kutubxona va hujralardan iborat.
Binoning old tomoni 2 qavatli, qolgan tomonlari 1 qavatli. Bino burchaklarida burjlar ishlangan, sirti sirkor parchinlar bilan bezatilgan. Uning umumiy tuzilishi Buxoroning boshqa madrasalaridan biroz farq qiladi. Darsxona atrofidagi 9 ta xonaning usti gumbazlar bilan yopilgan. Binoning ichki tuzilishi ham o‘ziga xos bezaklangan. Hovli 44 ta bir qavatli xonalar bilan o‘ralgan. Tashqi ayvonning ko‘cha tomoni past devor bilan to‘silgan.
Fathulla Qushbegi madrasasi XX asrning o‘rtalarida buzilib ketgan.

Download 66.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling