Buxoro muxandislik-texnologiya instituti
Download 103.04 Kb.
|
Kataliz va katalizator amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katalizatorning kaytar va kaytmas zaxarlanishi.
Xakikiy zaxarlanish.
Bu turdagi zaxarlanish zaxarning katalizatorlar bilan kimyoviy ta’sirlanishi natijasida, katalitik noaktiv birikmalarning xosil bulishi bilan boradi.Kimyoviy zaxarlanishda aktivatsiya energiyasi oshadi. Bir xil bulmagan yuzaning adsorbsion zaxarlanishida aktivatsiya energiyasi asta –sekinlik bilan oshadi. Bunda reaksiyaning tartibi uzgaradi. Bir xil katalizatorning adsorbsion zaxarlanishida aktivatsiyaning xakikiy energiyasi uzgarmaydi, ammo kuzatilayotgan faollik katalizator yuzasidagi zaxar konsentratsiyasiga tugri proporsional. Katalizatorning kaytar va kaytmas zaxarlanishi. Kaytar zaxarlanishda katalizatorning aktivligi zaxarli kushimchalar konsentratsiyasiga muvofik keluvchi ma’lum darajagacha pasayadi, keyinchalik esa zaxarlanish vaktini chuzish bilan uzgarmay koladi. Reaksion aralashmaga zaxarlovchi moddalarni berish tuxtatilsa va reaksiyaga toza xom ashyo yuborilsa katalizatorning aktivligi tez osha boshlaydi.Zaxar bilan katalizatorning kaytar zaxarlanishida zaxar molekulalarining aktiv markazlar bilan yoki katalizator molekulalari bilan urtacha birikishi sodir buladi. Pt-katalizatorining kaytar zaxarlanishi benzolni vodorod bilan gidrirlash jarayonida SO molekulalari bilan amalga oshiriladi. S6N6 (benzol) va N2 dan tashkil topgan reaksion aralashma okimiga SO yuborilsa katalizatorning aktivligi asta sekinlik bilan pasayadi. SO ni yuborilish tuxtatilsa katalizatorning bir necha vakt ichida uz xoliga kaytadi. Bu SO molekulalarining aktiv markazlardan vodorod yoki benzol yordamida sikib chikarishi va reaksiyadan yuvilishi bilan malga oshiriladi. Katalizatorlarning kaytmas zaxarlanishi zaxarning molekulalari yoki ionlari bilan katalizatorning aktiv markazlari mustaxkam noaktiv birikmalar xosil bulishi bilan kimyoviy boglanadi. Siklogeksani gidrirlash yoki vodorod peroksidning parchalanish reaksiyasida metall platinaning zaxari, simob, kurgoshin, vismut, kalay buladi. Cu+, Ag+, Zn2+, Cd2+, Hg2+, In3+, Ti3+, Co2+, Fe2+ platina uchun zaxarli. Kaytmas zaxarlanishda katalizatorning aktivligi pasayadi. Katalizatorlarni kaytmas zaxarlaydigan moddalarni ularni tayyorlashda kullash mumkin emas. Ayniksa shunday zaxarlardan extiyot bulish kerak (kator jarayonlar uchun) , bular oltingugurt, fosfor, mыshyak va boshkalar. Gidrirlash katalizatorlari Ni, Pt va Pd oltingugurt birikmalari bilan zaxarlanadi. Katalizatorlarning kumulyativ zaxarlanishga, alyumotseolitsilikat katalizatorlarida neft fraksiyalarini krekinglashda uglevodorod fraksiyalarining uzgarishi jarayonlarida koksning tuplanishi misol buladi; alyumo-kobalt-molibdenovыx katalizatorlarida neft fraksiyalarini gidrodesulfirlash; aluminiy oksidida platino-renili katalizatorlarida benzinni riforminglash. Koks sekin –asta katalizatorda tuplanadi, faollik pasayadi, koksning mikdori kancha oshsa shuncha katalizatorning aktivligi pasayadi. Birok katalizatorning aktivligini, katalizator yuzasidagi koksni xarorati 773 K bulgan xavo okimida kuydirish bilan 100% bulmasa xam 85-90% ga kaytarish mumkin. Zaxarlanishning mexanizmi katalizatorning kimyoviy tarkibiga va kataliz turiga bog‘liq; u yarimo‘tkazgich va metallarda boradigan elektron (gomologik) kataliz va ion (geterolitik) kataliz uchun farqlanadi. Metalli va yarimo‘tkazgichli kontaktlarda zaxarlanish mexanizmi murakkab. Yarim o‘tkazgichli katalizatorlar metall katalizatorlarga nisbatan zaxar ta’siriga chidamlidir. Yarimo‘tkazgichli katalizatorlarning zaxarlanish jarayoni yetarlicha o‘rganilmagan. Toza palladiyli katalizatorda tayyor maxsulot sifatida toluol xosil buladi. Katalizatorlarni zaxarlovchi moddalarning tabiatiga kura yoki faollikni yukotish sabablariga kura, sanoat sharoitida katalizatorlarni regeneratsiya kilish metodlari ishlab chikilmokda.Katalizatorlarni regeneratsiyalash, ularni zaxarlanishiga uxshab uziga xosdir. Xar bir xolatda faollikning pasayish sababini va katalizator selektivligining uzgarishini aniklab, regeneratsiya usuli ishlab chikiladi. Katalizatorlarning faolligini kaytarish usullaridan axamiyatlisi kuyidagilar: 1. katalizator yuzasidan uchuvchan zaxarni chikarish uchun toza gazdan, suyuklikdan foydalaniladi yoki xaroratni kutariladi. 2. zaxarning kimyoviy boglanishi natijasida u zararsiz va kuchsiz adsorbsion shaklga utadi. 3.katalizatorlarni suyuk eritmalar bilan yuvish. 4.Kaytaruvchi yoki oksidlovchi gazlarning aralashmasi bilan ishlov berish. Misol. Yuzasi kokslanganligi sababli aktivligini yukotgan katalizatorlar 550-700oC xaroratda kislorod yordamida kuydirish bilan regeneratsiyalanadi. Vanadiy va nikel oksidlaridan katalizatorlar noorganik kislotalarning suvli eritmasida eritish bilan tozalanadi Download 103.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling