Buxoro ozik-ovkat va engil sanoat texnologiyasi instituti


Download 0.91 Mb.
bet2/7
Sana06.08.2020
Hajmi0.91 Mb.
#125617
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
EKOLOGIYA Murodov Buxoro-2003

MA`RUZALAR MATNI


Xayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi


BUXORO – 2003 y

Mualliflar: Murodov A.T.

Shodiev S.N.

Takrizchilar: Bux DU «Botanika» kafedrasi mudiri

b.f.d., prof. Buriev S.B.

Bux DU «ekologiya» kafedrasi mudiri

b.f.n., doc. Fayziev A.


Ushbu ma`ruzalar matni Uzbekiston Respublikasi oliy va urta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiklangan bulib, «ekologiya» ukuv dasturiga asosan yozilgan bulib barcha mutaxassisliklarning bakalavrlari uchun muljallangan. Ma`ruza matnlarida tabiiy atrof muxitni muxofaza kili shva tabiiy boyliklardan okilona foydalanishning ilmiy asoslari, shuningdek chikindisiz va kam chikindili texnologiyalarning amalda joriy etish asosiy principlari keng yoritilgan.

Buxoro OO va ESTI uslubiy kengashi karoriga asosan nashrga ruxsat etildi, 2003 yil, 25 mart, Bayon №

Mundarija:


1-Mavzu. «Ekologiya» fani va atrof – muxitni muxofaza kilishning asosiy principlari 6

2-mavzu. Uzbekistonda atrof muxitni muxofaza kilishning xukukiy masalalari 15

Mavzu rejasi: 15

1. ekologiya konunlari. 15

2. ekologiya va xadislar. 15

3. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ekologik karashlari. 15

4. Atrof muxitni muxofaza kilish tizimlari va konuchiligi. 15

5. Inson omilining tabiiy muxitga ta`siri. 15

Nazorat savollari: 22

1. Ekologiya konunlarini izoxlab bering. 22

2 Xadis nima. 22

3. ekologik ta`lim va tarbiya soxasida xadislarning axamiyati xakida ma`lumot bering. 23

4 Ulug bobokalaonlarimiz Imom Al Buxoriy va Muxammad Narshaxiy asarlaridan ekologiyaga doir goyalar va fikrlarini izoxlab bering. 23

6. Abu Rayxon Beruniy bobomizning ekologik karashlari nimalardan iborat. 23

7. Abu Ali Ibn Sino bobomizning ekologik karashlari xakida batafsil ma`lumot bering. 23

8. Alisher Navoiy va Zaxiriddin Muxammad Bobirning ekologik karashlari xakida batafsil ma`lumot bering. 23

9. Respublikamizdagi atrof muxitni muxofaza kilish tizimlari va ularning asosiy vazifalari xakida ma`lumot bering. 23

10. Respublika gidrometeorologiya va tabiiy muxzitni nazorat kilish davlat kumitasi va Respublika tabiatni muxofaza kilish davlat kumitasi vazifalari nimadan iborat. 23

11. Uzbekiston Respublikasi konstitutciyasi kachon kabul kilingan. 23

12. Uzbekiston Respublikasi tabiatni muxofaza kilish tugrisidagi konun kachon kabul kilingan. 23

13. Uzbekiston Respublikasi ma`muriy xukubuzurlik tugrisidagi kodeksi xakida ma`lumot bering. 23

14. Nimalar ekologik ekspertizadan utkazilishi shart. 23

15. Intizomiy jazo, ma`muriy javobgarlik, moddiy javobgarlik va jinoiy javobgarlik xakida ma`lumotlar berib, misollar keltiring. 23

16. Antropogen omillar deb nimani tushunasiz. 23

17. Inson omilining tabiiy muxitga kursatayotgan ta`siri xakida ma`lumot bering. 24

18. Urbanizaciya jarayonini tushuntirib bering. 24

Tayanch iboralar: 24

Biosfera, biogeocenoz, ekologiya konulari, ekologik ta`lim va tarbiya, populyaciya, xadis, dorivor usimliklar, tabiiy zaxiralar, tabiatni muxofaza kilish, ekologik me`yorlar, koidalar va standartlar, ekologik xukukiy javobgarlik, ekologik ekspertiza, intizomiy jazo, ma`muriy javobgarlik, jismoniy javobgarlik, moddiy javobgarlik, chirindi (gumus), nisbiy namlik, tuprok zichligi, erroziya, urbanizaciya jarayoni. 24

3-mavzu. Umumbashariy ekologik muammolar 24

20. Kislotali yomgirlarni kamaytirish uchun nimalar kilish kerak. 34

4-mavzu. Mintakaviy ekologik muammolar 34

Orol dengizi muammosi va uni қutқarish yo`llari 34

Orol dengizi bundan 35 ming yil ilgari paydo bo`lib, suv xajmi jixatidan dunyodagi 4-o`rinda turadi. 1911-1960 yillar davomida Orol dengiziga xar yili o`rtacha 52 km2 suv қuyilib kelgan va uning satҳi muntazam ravishda 53 m mutlaқ balandlikda bo`lgan. Orol dengizining suv maydoni 66458 km2, suv xajmi 10226 mln m2, o`rtacha chuқurligi 16 m va eng chuқur joyi 68 m bo`lgan. Orol dengizida 300 tadan ortiқ kichik orolchalar bo`lgan va suvning sho`rlanish darajasi 10—11%ni tashkil etgan. 34

Ҳozir esa axvol umuman o`zgacha: Markaziy Osiyo mintaқasining ulkan suv xavzasi bo`lmish Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryodan oқib kelayotgan suvning xajmi va suv satҳining balandligini pasayib borishi 1961 yildan boshlab kuzatila boshlandi. Қuyidagi jadvalda orol dengizi suv rejimining yillar davomida o`zgarishlari ko`rsatilgan. 35

Shuni aloxida ta`kidlash kerakki, 1911-1960 yillar davomida dsngizga kelib қo`shiladigap suv miқdori bilan, uning suv sarfi deyarli teng bo`lgan. Ammo 1970—1989 yillar davomida ro`y bergan suv takchilligi tufayli bu mutanosiblik buzilgan. Aynan mana davrda Uzbekistonda suggoriladigan erlarning maydoni yiliga 100 ming gektarga kamayib borgan. 35

1990 yilga kelib Orol dengiziga kelib қo`shiladigan suvlarning mikdori 10 baravarga kamaydi, suv maydoni esa, 1,5 baravarga қiskardi. Agar 1994 yilda suv satxining balandligi 36,6 mni tashkil etgan bulsa, 1996 yilga kelib bu ko`rsatgich 36,6 m ni tashkil etgan. 35

Shuni aloxida ta`kidlash kerakki, oxirgi 40 yildan ko`proқ vaқt davomida Orol dengizi o`zining azaliy қirgoқlaridan қarib 100-140 km ichkariga қarab cheklangan. Ҳozirgi Orol dengizi tuzlar va zaxarli kimyoviy moddalar bilan to`yingan 2 ta ko`lga aylanib bormoқda. Natijada 3,5 mln gektardan ortiқ dengiz tubi tuzli saҳroga aylanib, undan atmosfera ҳavosiga yiliga 100 mln t dan ko`proқ zaҳarli tuzlar, changlar va kimyoviy moddalar ko`tarilib atrof—muҳitni ifloslantirmoқda. Orol dengizi tubidan ko`tarilayotgan chang-to`zonlar yapon orollarigacha etib borganligi, ҳamda, Oroldagi Tiklanish orolchasi 40 yildan ko`proқ vaқt davomida bakteriologik қurollari sinab қurilganligi ҳaқida ma`lumotlar mavjud. 35

Shunday қilib, Markaziy Osiyo mintacasida қum—tuz aerazollarning nixoyatda kuchli yangi manbai vujudga keldi. Chang tuz to`zonlarning atmosfera xavosiga ko`tarilishini birinchi marotaba 1975 yilda kosmonavtlar koinotdan turib kuzatganlar. Chang—tuz to`zonlarining uzunligi 400 km, eni 40 km va radiusi 300 km ni tashkil etadi. Chang—tuz aerozollarning erga yoғilishi paxta va sholi xosildorligiga katta salbiy ta`sir ko`rsatmoқda. 36

Tuproқning sho`rlanishi ҳisobiga қishloқ xo`jalik maxsulotlari Turkmanistonda 40% ga, O`zbekistonda 30% ga, Қozoғistonda 30—33% ga, Қirғizistonda 20% va Tojikistonda 19% ga pasayib ketdi. 36

Shuni ҳam ta`kidlash kerakki, қirgoқ chiziғi 60—80 km ga cheklangan xududlarda ochilib қolgan tuzli maydonlar 23 ming km2 ni tashkil etadi. eng yomon axvol Janubiy Orol mintaқasida tuzilmoқda. Bu mintaқaga shimoliy-ғarbiy Қizilқum, Zuangauz Қoraқumi, Janubiy Ustyurt va Amudaryo deltasi kiradi. Agar Orol bo`yining umumiy maydoni 473 ming km2 ni tashkil etsa, Janubiy қismining maydoni 245 ming km2 ni tashkil etadi. Bunga Қoraқalpoғiston, Xorazm va Toshxovuz viloyatlari kiradi. 36

Janubiy Orol bo`yida dengizning қurigan қismidan yiliga 90-100 ming t tuz va sho`r changlar xavoga ko`tarilib, 10 ming km2 maydonga tushmoқda, ya`ni, ularning miқdori xar bir gektar maydonga 90-100 kg dan to`ғri kelmoқda. 36

Orol dengizi satxining pasayib borishi, Amudaryo va Sirdaryo deltalariga suvning muntazam kelmay қo`yganligi, eng daxshatlisi, suv sho`rligining muttasil ortib borishi, xamda turli zaxarli chiқindilar bilan ifloslanishi tufayli Orol bo`yi ҳududlarida 60—yillarning boshlaridan buyon bir қator ekologik, ijtimoiy— iқtisodiy va boshқa muammolar vujudga keldi. Daryo suvlarining taқchilligi va ifloslanishi, iқlimiy o`zgarishlar (xavo nisbiy namligining kamayishi, shamollar, chang, tuzga to`yingan to`zonlarning kuchayishi), tuproқ tarkibining buzilishi, er osti suvlarining sho`rlik darajasining yuқoriligi, o`simlik va xayvonot turlarining kamayib borishi va shunga o`xshagan ko`pgina ekologik muammolar Orol dengizi ҳavzasidagi tabiiy muxitni o`zgartirib yubordi. Natijada axolining yashash sharoiti ancha murakkablashib қoldi. Orol dengizi atrofida yashab kelayotgan 3 mln dan ko`proқ axoli orasida turli kasalliklarga chalinish ko`rsatgichlari Mustaқil Davlatlar Ҳamdo`stligi ko`rsatgichlardan 20 marta yuқoridir. Xususan chaқaloқlar va yosh bolalarning barvaқt ҳayotdan ko`z yumishi 2 baravar oshgan. Ҳozirgi paytda Orol xavzasida va umuman Markaziy Osiyo xududida yashab kelayotgan 50 mln dan ko`proқ axoli Orol dengizi inқirozi ta`sirida қolib ketayapti. Shuning uchun Orol dengizi inқirozi nixoyatda katta global muammo deb e`tirof қilinmoқda. 36

Ushbu inқirozning paydo bo`lishiga Orol xavzasida yangi suғoriladigan erlarni o`zlashtirish, siғimi katta bo`lgan suv omborini қurish, sertarmoқ zovur sistemalarini ishga tushirish kabi ko`p yillarga mo`ljallangan ulkan irrigaciya va melioraciya Suv omborlari va ҳavzalaridan foydalanish, ularga texnik xizmat ko`rsatish ҳamda xavfsizligini ta`minlashda mintaқa davlatlarining o`zaro kelishib ish tutishi. 37

Suvdan oқilona foydalanish. 37

Suvning sho`rlanishiga қarshi kurashish. 37

Shuni aloxida ta`kidlash kerakki, O`zbekiston Prezidenti to`rtinchi ustivor yo`nalish sifatida ijtimoiy omilni (ya`ni, aҳoli soғligiii) belgilash tuғrisida taklif kiritdi. 37

Ushbu yo`nalishlarni amalga oshirish uchun Jaҳon banki kelgusi 5 yil davomida bu boradagi loyiҳalarga 380 mli AҚSh dollari mikdorida sarmoya sarflashni taklif қildi. Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan Orol jamgarmasiga to`lanadigan joriy yillik Padallar xar bir mamlakat byudjetining 0,3% miқdorida belgilandi. 37

Arnasoy kullaridagi muammolar 37

Ma`lumki, Orol inқirozi insoniyat tarixida eng yirik ekologik va ijtimoiy—iқtisodiy fojealardan biri bo`lib қolmoқda. Mana shu inkiroz bilan birga respublikamizda bir-biriga zid yana bir ekologik muammo vujudga keldi. Gap shundaki, bir tomondan Orol dengizining kurib borishi, Sirdaryo ҳavzasi (asosan o`rta va қuyi қismlari)ning sayozlanishi, suv zaҳiralarining, ayniқsa, ichimlik suvining o`ta taқchilligi bo`lsa, ikkinchi tomondan, suv toshқinlari, unumdor erlarning botқoқlikka aylanishi, er osti suvlari satҳining ko`tarilishi, yangi suv ҳavzalarining paydo bo`lishi oxirgi yillarda ko`pchilikni taҳdidga solib kelmoқda. 37

Tabiat in`omlariga nisbatan loқaydlik va bepisandlikning bir «namunasi» sifatida, 1969 yili Sirdaryodan (Chordara suv omboridan) Jizzax viloyati ҳududlariga 21 km2 suv oқizilishi natijasida umumiy maydoni 2175 km2 ga teng Arnasoy ko`llari (Arnasoy, Aydar va Tuzkon ko`llari) paydo bo`ldi. 38

Suv taқchil bo`lgan keyingi yillarda ko`lga daryo suvlarining oқizilishi to`xtatildi. Ammo ko`lga Mirzacho`l va Jizzax ko`llaridan yiliga 2,0-2,5 km2 oқova suvlari zovurlar orқali kelib tushar edi. Ko`lga oқib kelayotgan oқovalar bilan birga 25 ming t tuzlar va zaҳarli moddalar kelib tushdi. Suvning gatҳi esa, 1,5—2,0 m gacha pasayib ketdi. 38

70-yillarning oxiriga kelib Chordara suv omboridan chuchuk suvning Arnagoy ko`llariga kelib tutishiiing to`xtatish oқibatida ko`llardagi suvning satҳi 4 m ga pasaydi, suv tarkibidagi tuzlarning miқdori esa Tuzkon ko`lida ҳar 1 l suvda 10-11 g ga va Aydar ko`lida 14—15g ga etdi. 38

Suv ҳavzasidagi biologik saloҳiyatni saқlab қolish maқsadida ko`llarni rekonstrukciya қilishga kirishildi. Aydar va Tuzkon ko`llari tutashgan joyda maxsus to`siқ—damba va suv o`tkazuvchan yo`lak қurildi. Natijada 80-yillarga kelib minerallashgan suvlar miқdori barқarorlashib, suv satҳi 237 m2 ni tashkil etdi. Baliқchilik rivojlandi va 1985 yilda ko`llardan 4129t baliқ tutildi. Ammo ko`llardagi ekologik sharoitning salbiy tus ola boshlashi (asosan ko`llarga oқizilgan minerallarga va tuzlarga boy bo`lgan zovur suvlari ҳisobiga), ixtiofaunaga ҳam salbiy ta`sir etdi. 90-yillarga kelib ko`llardan baliқ ovlash ҳajmi keskin қiskardi. 38

Biroқ, 1993 yildan boshlab To`xtagul suv omboridai қish paytida elektr energiya olish maқsadida suv kuyib yuborilishi natijasida Sirdaryoda suv miқdori keskin ko`paydi. Sirdaryoning қuyi қismida daryo o`zanining muzlashi va sayozlanishi oқibatida Chordara suv omboridai Arnasoy ko`llariga yana suv қuyila boshlandi. Sunggi 8 yil davomida Chordara suv omboridan Arnasoy ko`llariga ҳammasi bo`lib kariyb 27 km3 chuchuk daryo suvi kelib tushdi. Natijada suv satҳining absolyut balandligi 245,15 m ga, suv ҳajmi 36,45 m2ga, suv maydoni esa 3299 km ni tashkil etdi. Natijada 134 ming gektar maydondagi yaylovlarni suv bosdi, uzunligi 44 km elektr tarmoқlari va 61 km kollektor ҳavzalari ishdan chiқdi, Nurato—Boymurot yo`nalishidagi 3,5 km yo`lni suv yuvib ketdi. 38

Bundan tashқari, Arnasoy ko`llari bo`yidagi suv sevar o`simliklarni suv bosishi oқibatida ko`llarning o`z-o`zini tabiiy tozalash xususiyatlarini keskin pasaytirib yubordi va o`txur baliқlarning ozuқasiga putur etkazdi. Ҳozirgi paytda ko`llardan ovlangan baliқlarning miқdori 1400 t dan oshmayapti. 39

Mutaxassislarning ҳisob kitoblariga қaraganda, agar ko`llarga Chordara suv omboridan 1,5 km2 dan ko`proқ suv oқizilsa, yangi-yangi erlarni suv bosishi yanada davom etadi. Ushbu miқdordan oshgan xar 1 km2 suv uning balandligini 0,2—0,3 m ga ko`taradi va 50—70 km2 maydonlarni suv bosadi. Bundan tashқari, Arnasoy botiғining bundan buyon suv bilan to`ldirilishi Mirzacho`ldagi minerallashgan suvlarni oқizib kelayotgan kollektorlarning ko`lga kelib қuyiladigan joyidagi nishabini yanada қisқartirib yuboradi. Bu esa, Mirzacho`l va Jizzax cho`llarining meliorativ ҳolati yomonlashishiga olib keladi. Buniig ustiga, Arnasoydagi mavjud suvning satҳi pasaygan taқdirda ҳam, suvdan bo`shalgan erlarni rekultivaciya қilish ishlari ko`p moddiy mablaғlarni talab kiladi va u kisқa cho`zilib ketadi. 39

Sarez ko`li muammosi. 39

Markaziy Osiyoda o`z echimini kutayotgan eng katta ekologik muammo bu Sarez ko`li muammosidir. 39

Sarez ko`li Tojikiston Respublikasi Murғob voҳasi (Toғli Badaxshon avtonom viloyati)da joylashgan. 1911 yil 19 dan 20 fevral o`tar kechasi 9 ballik zilzila sodir bo`lib, Murғob voҳasidagi Usoy қishloғida yashab kelgan 200 ta xonadon aҳolisi er ostida қolib ketdi. Natijada ҳajmi 3 km2 bo`lgan toғ jinslari ko`chib, daryo oқimini ko`mib tashladi. Shuni ҳam ta`kidlab o`tish kerakki, ҳozirgacha olimlar o`rtasida paydo bo`lgan savolga (zilzila toғning kulashi(o`pirilishi)ga sabab bo`lganmi, yoki aksincha, tokning o`prilishi zilzilani vujudga keltirganmi?) aniқ javob yo`қ. 39

Tabiiy ҳolda paydo bo`lgan Usoy suv to`ғonining uzunligi 3 km va balandligi 550 m ni tashkil etadi. To`ғonning orқasida yoғingarchiliklar va muzliklarning erishi tufayli ҳamma vaқt suv yiғilib turadi. 40

Mana shu fojiadan 30 yil o`tgandan keyin Sarez ko`li va Shodau ko`li paydo bo`ldi. Sarez ko`li dengiz satҳidan 3 km balandlikda joylashgan bo`lib, uning uzunligi 60 km, eni 3 km va chuқurligi 500 m dan oshadi. Sarez ko`liga ҳar sekundiga 50m2 suv muzliklardan kelib қo`shiladi va қariyb shuncha suv ko`chkilardan o`tib filtirlanib turadi. 40

Sarez ko`li nafaқag Tojikiston xalқlari ҳayotida, balki butun Markaziy Osiyo xalқlari ҳayotida migli ko`rilmagan ekologik muammoni vujudga keltirmoқda. Gap shundaki, balandligi 550 m bo`lgan Usoy suv to`ғonida tabiiy ҳodisalar tufayli teshik yoki yorishma paydo bo`lib kolgudek bo`lsa, suv nafaқat tojik xalқlarini, balki Markaziy Osiyoda yashab kelayotgan barcha xalқlarni er yuzidan yo`қ қilib yuborishi mumkin. 40

Ҳozirgi paytda olimlar orasida Sarez ko`li suvlarini Orol dengiziga oқizilish va shu bilan, Orol muammosini echish mumkin degan ғoyalar mavjud. Ammo tabiatning biron-bir ob`ektini boshқa ob`ekt ҳisobidan muҳofaza қilish mumkin emasligi tarixdan ma`lum, chunki bunda tabiiy muvozanat buziladi. Sarez ko`li suvlarini Orol dengiziga oқizish iқlim o`zgarishiga olib kelishi mumkin. Sarez ko`liga energetik inshoot yoki energiya manbai sifatida қarash ҳam kaltabinlik ҳisoblanadi. Chunki Markaziy Osiyo mintaқasida Sarez ko`liday o`simliklar va xayvonot dunyosini muҳofaza қilib biladigan tabiiy baland toғli қuriқxona mavjud emas. 40

Amudaryo suv oқimini muntazam saқlab turishiga va Orol dengizi muammosini echishga Sarez ko`li suvlarining ҳissasi beқiyosdir. Sarez ko`li atrofida milliy boғlar va dam olish maskanlari barpo etish nafaқat Pomirning tabiiy potencialini, balki Orol ҳavzasining ekologik muvozanatini saқlashda ko`mak berishi mumkin. 40

17.Sarez kulida Greslar kurish mumkinmi. 42

5-mavzu. Atmosfera xavosining ifloslanishi va uning salbiy okibatlari 42

43

21. Atmosfera xavosini sun`iy ifloslanishdan saklash kerak. 55



6-mavzu. Atmosfera xavosini tozalash usullari 55

59


7-mavzu. Tuprok zaxiralar va ularning ekologik xolati 60

8-mavzu. Buxoro viloyatida vujudga kelgan ekologik muammolar 64

9-mavzu. Tabiiy resurslar chikindisiz va kam chikindili texnologiyalar 72

10-mavzu. ekologik ekspertiza va ekologik monitoring 80


1-Mavzu. «Ekologiya» fani va atrof – muxitni muxofaza kilishning asosiy principlari



Mavzu rejasi:

1. ekologiya fanining moxiyati va uni boshka fanlar bilan boglikligi.

2. Muxit, muvozanat va ekologik omillari.

3. Biosfera va noosfera xakida ma`lumot.

4. Fotosintez jarayoni va uning biosferadagi urni.

Adabiyotlar:

1. Abdullaev O., Toshmatov Z., Uzbekiston ekologiyasi bugun va ertaga. T. Fan, 1992 y.

2. Rafikov A.A., Geoekologik muammolar. T.Ukituvchi, 1997, 112b.

3. Otaboev Sh., Nabiev M. Inson va biosfera. T.Ukituvchi, 1995, 320 b.

4. Tuxtaev A.S. ekologiya. T.Ukituvchi, 1988, 192b.

5. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T.Ukituvchi, 1994.


Buguni kunda insoniyati xavf ostida koldiraetgan xodisalardan biri ekologik vaziyat xisoblanadi. Jamiyatning atrof-muxit bilan uzaro buzilgan alokasi keng jamoatchilik urtasida katta tashvish uygotmokda. Insonning tabiy boyliklaridan xaddan tashkari uzgarib bormokda. Urmonlar yukbulib, usimlik va xayvon turlari kamaymokda, foydali kazilmalar tugab bormokda. Suv xavzalari va atmosfera xavosining ifloslanishi, chikindi moddalarining ortib borishi natijasida axolini ozik-ovkat bilan ta`minlash, energiya va chuchuk suv muammolari borgan sari murakkablashmokda.

Keyingi 50-80 yillar davomida fan texnikaning keskin rivojlanishi, sanoat va transport tarmoklarining tez suratlar bilan usishi, tabiiy boyliklardan (gaz, neft`, kumir, ogir metallar....) xaddan tashkari kup foydalanish, kurik erlarni uzlashtirish (yaylovlarni, tukay urmonlarni, botkokliklarni) kishlok xujaligida turli xildagi zaxarli kimeviy moddalardan uzok muddatda kur-kurona foydalanish kabi xollar ijtimoiy-iktisodiy, ekolo-

gik tangliklarni keltirib chikardi. Natijada tabiiy muxitda ekologik muvozanatni buzilishiga; ya`ni tuprok, suv, atmosfera xavosini tabiiy tarkibi uzgarib turli darajadagi ifloslanishlarga olib kelmokda. Bu uz navbatida tabiiy boyliklarni tubdan kamayishiga (Jarkok, Gazli er osti boyliklarining tugashi), usimlik va xayvonot turlarini kirilib ketishi xamda ba`zi bir xududlarda suv muammolarini keltirib chikarmokda (orol dengizi, Zarafshon daresi muammolari) masalan, 17-18 asrlar davomida 32 xayvon turi yukolgan bulsa, 19-20 asrga kelib 235 ta xayvon xamda 400 turdan ortik usimlik turlari yukolib ketgan. 1960 yillarda orol dengizida Amudare, Sirdare va egingarchilik xisobiga xar yili 65 mld.m suv kuyilgan bulib, uning suv maydoni 67 ming km tashkil kilgan. 1990 yilga kelib, uning maydoni 1,5 baroyuarga (40 ming km ) kuyiladigan suv mikdori 10 barobarga (7-10 mlrd.m ) kiskardi. Buning natijasida 2 mln. gektardan ortik (tuz kumli) yaroksiz maydonlar vujudga kelib, xar yili atmosfera xavosiga bu maydonlar-

dan 100 mln. tonnadan ortik zaxarli tuz va changlar kutarilib atrofmuxitni ifloslantirmokda.

Atrof (tabiiy) muxitda vujudga keladigan barcha uzgarishlarni va ularni tirik organizmlarga ta`siri tugrisidagi muammolarni urganuvchi fan eKOLOGIYadir. ekologiya- grekcha suz bulib, Oykos-uy logos-fan, ya`ni tirik organizmlarni urab turgan muxitni bir butun uy deyilsa (biosfera) shu muxitda vujudga keladigan barcha jaraenlarni ekologiya fani urganadi, ya`ni bu fan matematika, geologiya, biologiya, fizika, meteorologiya, tibbiet va boshka fanlar bilan chambarchas boglikdir.

ekologiya terminini birinchi bulib fanga 1866 yilda nemis olimi ernest Gekkel uzining "Organizmlarning marfologiyasi" nomli ilmiy asari orkali kiritadi. e. Gekkel uzining bu asarida tirik organizmlarning tashki muxit bilan chambarchas boglikligi va uzaro munosabatini batafsil asoslab beradi. Bu ta`limotni buyuk tabiatshunos olimlar J.B.Lomark, A.Gumbolt, A.N.Severcev va boshka uzlarining ilmiy asarlarida yanada rivojlantirganlar. ekologiya fanin chukurrok urganishga kirishish XV111-X1X asr boshlaridan takomillashgan bulib, rus olimi K.Raul` tirik organizmlarning tashki muxit bilan uzaro munosabatini "tabiat" konuni eki (munosabat konuni) deb ataydi.

ekologiya fanini ilmiy asosini Ch.Darvinning "Organizmlarning yashash uchun kurash" konuni tashkil kiladi. Ya`ni tirik organizmlarni tabiiy muxitda: issiklik, bosim, namlik, kurgokchilik turlarini bir-biriga munosabati asosida vujudga keladigan uzgarishlar shu ko-

nunning asosidir.

Rus olimlari orasida ekologiya fanini ilmiy jixatdan chukur urganganlardan biri akademik I.V.Vernadskiy xisoblanadi. U biosferani birinchilar katorida ilmiy asoslab bergan.

Biosfera atmosferaning 10-25 km, gidrosferaning 11 km gacha va litosferaning є,5 km gacha, ya`ni xaet mavjud bulgan katlamini uz ichiga oladi.

ekologiya fani ikki kismga bulib urgatiladi. 1.Faktorlar eki aut ekologiya. 2. Sin eki populyaciya ekologiyasi.

Faktorlar ekologiyasi tirik organizmlarga tashki muxit faktorlari (issiklik, eruglik, bosim, namlik, shamol ) ta`sirida vujudga keladigan uzgarishlar va organizmlarning unga munosabatini urgatadi.

Sin ekologiyasi tirik organizmlarning bir-birlari bilan anorganik muxitda vujudga kelgan uzgarishlarga nisbatan uzaro xamkorlik alokalarini urgatadi.

Populyacion ekologiya - sinekologiya asosida amalga oshiradi. Ammo atrof muxitga insonning bevosita ta`sirining kuchayishi okibatida ekologiyaning yangi tarmoklari vujudga keladi.

1. sanoat ekologiyasi

2. Transport ekologiyasi

3. Suv ekologiyasi

4. Atmosfera xavosi

5. Kishlok xujalik chorvachiligi

6. Ijtimoiy iktisodiy ekologiya va xokazo.

Inson omilining tabiiy muxitga ta`sirini kuyidagicha ifodalash mumkin.

1. Sanoat, transport, energetika tarmoklarini tez suratlar bilan rivojlantirish okibatida atrof muxitni chikindilar bilan ifloslantirmokda.

2. Kishlok xujaligi kimelantirish, erlarni uzlashtirish,yaylov, tukaylarni kiskartirish, erlarni meliorativ xolatini buzilishiga maxsulot sifatini va xosildorlikni pasaytirishga olib kelmokda.

3. Dare suvlari okimini boshkarish yangi omborlarni vujudga keltirish, kuyi mintakalarda ekologik tanglikni keltirib chikarmokda. (Orol fojiasi)

Barcha kimeviy moddalar (elementlar) biosferada tirik organizmlar orkali bir turdan ikkinchi turga aylanib turadi. Masalan: fotosintez jaraenida yashil usimliklar 500 mld. tonna karbonat angidrid gazini va 25 mld. tonna mineral tuzlarni uzlashtirib є00 mlr. Tonna turli xildagi organik moddalarni xosil kilib atmosfera xavosiga 400 mlr.t. kislorodni ajratib chikaradi. Fotosintez jaraeni kuyidagi formula orkali ifodalanadi.

6S0 + 6N O= S N O + 6O

Shu sababli yashil usimliklar er sharini upkasi deyiladi.

Inson atrof-muxitga bevosita ta`sir utkazish natijasida, ijtimoiy iktisodiy jaraenlarni tubdan uzgartirdi, soxalar ekologiyasini vujudga keltirdi. Masalan: kurilish, suv, muxandislik, chorvachilik, er, energetika, transport va xokazo soxa ekologiyalari vujudga kelib ular aloxida-aloxida urganilmokda.

Tabiiy muxit bilan inson uzaro alokalarining umumiy kurinishi.

Tabiat Uzaro ta`sir va alokalar Inson


Fan texnika tarakkieti Axoli sonining

usishi urbanizaciya

Ishlab chikarish kuchlarining usishi

Atrof muxitga: tabiiy resurslarga ta`siri

Tabiiy resurslarning Atrof muxitning ifloslanishi

kamayishi lanshaftning uzgarishi

Tabiatdan tugri foydalanish, atrof-muxitni muxofaza kilish, kompleks foydalanish, tabiatni okilona uzgartirish


Inson omilining tabiiy muxitga ta`sirini asosiy shakllari kuyidagilardan iborat:

1. Sanoat, transport, energetika tarmoklarini tez suratlar bilan rivojlantirishi okibatida atrof muxitni chikindilar bilan ifloslantirilmokda.

2. Kishldok xujaligini kimelantirish: erlarni uzlashtirish, yaylov-tukayzorlarni kiskartirish, erlarni meliorativ xolatini buzilishiga maxsulot sifatini va xosildorlikni pasaytirishga olib kelmokda.

3. Dare suvlari okimini boshkarish - yangi suv omborlarini vujudga keltirish, kuyi mintakalarda ekologik tanglikni keltirib chikarmokda (Orol fojiasi).

4. Dexkonchilik natijasida eng avvalo tabiiy usimlik va xayvonlar keskin uzgarishlar yuz beradi. Ma`lumotlarga kura erlarni jadal xaydash natijasida, xaydalmagan erlarga nisbatan chirindi 42% kam tuplanmokda. Erlarni sugorib dexkonsilik kilish natijasida mikroiklim uzgarishlari vujudga kelmokda. Natijada nisbiy namlik 8-10 % dan 35-50 % gacha ortadi, radiaciya balansi uzgaradi. Bu esa ekinlar xosildorligini kamaytiradi.

5. Yaylovlarda chorva mollarini bir erda surunkasiga bokish natijasida chul usimliklari xosildorligiga salbiy ta`sir kursatadi, tuprok katlamini eroziyaga uchrashiga sabab buladi, kum kuchishiga, barxanlarni vujudga kelishiga olib keladi.

6. Urmonzorlarni xaddan tashkari kiskarishi nisbiy namlikni 5-10 % kamayishiga, atmosfera xavosiga chikariladigan kislorod mikdorining kamayishiga, karbonat angidrid (SO ) ni ortishiga va iklim uzgarishiga olib keladi.

7. Yangi ximiyaviy moddalarni keng kulamda ishlatilishi 1960 yilgacha 1 mln. turdagi xar xil ximiyaviy moddalar ishlatilgan bulsa, 1970 yilda 1 mln. 200 mingga etdi. Bu moddalarning kupchiligi modda almashinuvidan ishtirok etmaydi va okibatda ekologik jaraenlarni buzilishiga

olib keladi (sintetik materiallar, plastmassa va xokazolar).

8. Tabiiy resurslardan jadal suratlarda foydalanish jon boshiga iste`mol kilinadigan maxsulotlarni usishiga sabab buladi. Masalan% iste`mol kilinadigan material 1940 yilda 7,4 t. bulsa, 1960 yilda 14,3 t. tashkil kildi. Bu kursatkich 2000 yillarda kelib 35-40 tonnani tashkil etdi.

Xar yili 100 mld. tonna boyliklarni kazibolish uchun 600 mld. tonna tog jinslari va tuprok bir joydan ikkinchi joyga ogdarilib tashlanmokda, bu esa uz navbatida turli xildagi chukur xandaklar, axlatlar, tashlandik tog uyumlarni vujudga keltirmokda va shamol ta`sirida suv va atmosferani ifloslanishiga olib kelmokda.

9. Urbanizaciya jaraeni (yangi shaxarlarni vujudga kelishi, shaxarlar axolisini ortishi). 1975 yilda er sharining 40 % axolisi shaxarda yashagan bulsa, xozir bu rakam 45 % ni tashkil etadi. Uzbekistonda 40,3 % shaxarda yashaydi. Uzbekistonda axolisi 100. 000 dan ortik bulgan 110 ta shaxar mavjuddir.

Angliyada axolining 80 %, Germaniyada 85 %, Franciyada 75 %, AKSh va Yaponiyada 70 % shaxarda yashaydi. Xozirgi paytda shaxar axolisini urtacha chikaradigan chikindisi odam boshiga 100-400 kg. ni tashil etadi. Toshkent shaxridan chikadigan chikindi bir yilda 600 mig tonna, Buxoro shaxridan kariyb 100 ming tonna axlat chikariladi.


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling