Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti "mexanika" kafedrasi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#204398
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
qurilish mexanikasi

 

 

 

 

3- MA`RUZA 

TA`SIR CHIZIQLARI NAZARIYASI. 

 

REJA: 

1.  Harakatlanuvchi yuklar va ta`sir chiziqlari haqida

 

tushuncha. 



2.  Oddiy balkalarning ta`sir chizig’ini statik usul bilan qurish. 

3.  Oddiy balka tayanch reaktsiyalari, eguvchi moment,   ko`ndalang kuchlarning   ta`sir 

chiziqlari. 

4.  Eguvchi moment va ko`ndalang kuch  epyuralari. 

 

Harakatlanuvchi  va  bir-biri  bilan  bog’langan  vertikal  yuklar  sistemasi  ta`sirida 



inshoot  (ko`prik)  elementlarida  hosil  bo`ladigan  maksimal  zo`riqishlarni  aniqlash  uchun 

ta`sir  chiziqlar  nazariYasidan  foydalaniladi.  Bu  nazariyaga  ko`ra,  dastlab  inshoot  ustida 

harakatlanuvchi vertikal birlik kuch (P=1) ta`sirida unda hosil bo`ladigan zo`riqishlarning 

o`zgarish qonuni tekshiriladi.  




 

So`ngra  bu  o`zgarish  qonunlariga  asosan  va  kuchlar  ta`sirining  bir-biriga  bog’lik 

bo`lmaslik  printsipidan  foydalanib,  harakatlanuvchi  yuklar  sistemasi  ta`sirida  inshoot 

elementlarida hosil bo`ladigan zo`riqishlar aniqlanadi. 

Birlik  kuch  inshoot  (ko`prik)  bo`ylab  harakat  qilganida  uning  elementlarida 

(ixtiyoriy  kesimida)  hosil  bo`ladigan  zo`riqish  miqdorining  o`zgarishini  ifodalovchi 

grafik  shu  zo`riqishning  ta`sir  chizig’i  deyiladi.  Inshoot  ustida  harakatlanuvchi  birlik 

kuchning  (P  =  1)  vaziyatini  belgilovchi  abstsissani  x  bilan,  uning  biror  elementidagi 

zo`riqishni T bilan belgilasak, u holda:  

)

x



f

T

                                         (2.1) 



(2.1) tenglama zo`riqish T ning ta`sir chiziq tenglamasi deyiladi. 

Inshootning  ixtiyoriy  kesimidagi  zo`riqish  ta`sir  chizig’i  statik  va  kinematik 

metodlar orqali chiziladi. Statik metod, inshoot ustida harakatlanuvchi birlik kuch (P = 1) 

ning  ixtiyoriy  nuqtada  turgan  holati  uchun  muvozanat  tenglamalarini  tuzib,  talab 

qilinayotgan  zo`riqishning  analitik  ifodasi  (2.1)  ni  olishga  asoslangan.  Bu  analitik  ifoda 

yordamida zo`riqish T miqdorining o`zgarish grafigi chizilib, uning ta`sir chizig’i olinadi. 

Kinematik metod zo`riqishlar ta`sir chizig’ining umumiy ko`rinishini hosil kilish 

uchun qo`llaniladi. 

 


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling