Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti "mexanika" kafedrasi


INSHOOTLAR VA ULARNING HISOBLASH SXEMASI


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#204398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
qurilish mexanikasi

INSHOOTLAR VA ULARNING HISOBLASH SXEMASI. 

 

Inshoot 



va 

konstruktsiyalarning 

hisobini 

osonlashtirish 

uchun 

ular 


soddalashtirilgan sxemalar bilan almashtiriladi. Inshootlarning soddalashtirilgan tasvirini 

ifodalovchi  sxema  hisoblash  sxemasi  deyiladi.    Hisoblash  sxemasida  inshoot sterjenlari 

o`q chiziqlar bilan, plastinalar o`rta sirtlar bilan almashtiriladi. Inshoot hisobining aniqlik 

darajasi hisoblash sxemasining to`g’ri tanlanishiga bog’liq  

Agar  tekshirilayotgan  inshoot  sxemasi  sodda  va  oddiy  tasvirlansa,  u  hisoblash 

sxemasi  deb  qabul  kilinadi.  Inshootning  haqiqiy  sxemasi  murakkab  ko`rinishda  bo`lsa, 

uning ba`zi xususiYatlari nazarga olinmay hisoblanadi.  

Fermani hisoblash sxemasida uning sterjenlari o`q chiziqlari bilan, bikr tugunlari 

esa  ideal  sharnirlar  bilan  almashtirilgan.  Haqiqiy  tayanchlar  sharnirli  tayanch 

bog’lanishlar orqali ifodalangan. 

Inshootlar  va  ularning  hisoblash  sxemalari  elementlarning  geometrik  shakliga 

ko`ra  quyidagicha klassifikatsiyalanadi: 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



1. 

Sterjenlar  birikmasidan  tashkil  topgan  inshootlar  Bunday  inshootlar 

sterjenli  sistemalar  deyiladi.  Sterjenlarning  uzunligi  ularning  ko`ndalang  kesimi 

o`lchamlariga  nisbatan  bir  necha  marta  katta  bo`ladi.  Agar  element  o`qi  egri  chiziqli 

bo`lsa, bunday element egri sterjen’ deyiladi . 

2. 


Plastinka,  plita  va  qobiqlar  hamda  ularning  birikmasidan  tashkil  topgan 

inshootlar. Plastinkaning kalinligi qolgan ikki o`lchamiga nisbatan bir necha marta kichik 

bo`ladi.  

3. 


Massivlardan  tashkil  topgan  inshootlar  Massivning  uzunligi  va  ko`ndalang 

kesim o`lchamlari bir xil bo`ladi. Massiv inshootlar jumlasiga to`g’onlar, tirgak devorlar 

va ko`p qavatli binolarning yaxlit fundamentlari kiradi. 

F e r m a l a r. Sharnirli birikmalar orqali boglangan sterjenlardan tashkil topgan 

inshoot ferma deyiladi.  

R  a  m  a  l  a  r.  Bir  –  biriga  bikr  kilib  biriktirilgan  sterjenlardan  (sistemalardan) 

tashkil topgan inshoot rama deyiladi  

K o m b i n a ts i ya l a sh  g a n  i n sh o o t l a r. Bir - biri  bilan bikr va Sharnirli 

birikma  orqali  bog’langan  elementlardan  tuzilgan  inshoot  kombinatsiyalashgan  sistema 

deyiladi. Masalan, shprengelli balkalar shular jumlasidandir  

Inshootlar elementlarining joylashuviga ko`ra ular  yassi va fazoviy  sistemalarga 

bo`linadi.  Sterjenlar  va  unga  qo`yilgan  tashqi  yuklar  bir  tekislikda  bo`lsa,  bunday 

inshootlar yassi sistemalar deyiladi. Agar inshootning sterjenlari va unga qo`yilgan tashqi 

yuklar boshqa – boshqa tekisliklarda joylashgan bo`lsa, u fazoviy sistema deyiladi. Yassi 

sistemalar  mustaqil  holda  juda  kam  uchraydi,  asosan  fazoviy  sistemaning  hisobini 

soddalashtirish maqsadida, ulardan alohida yassi sistemalar ajratib olinadi.  

Hisoblash sxemalari kinematik nuqtai nazardan quyidagi turlarga bo`linadi: 

1.  Geometrik  o`zgarmas  va  yetarli  kinematik  bog’lanishlarga  ega  bo`lgan 

sistemalar (statik aniq sistemalar). 

2.  Geometrik  o`zgarmas  va  ortiqcha  kinematik  bog’lanishlarga  ega  bo`lgan 

sistemalar (statik aniqmas sistemalar). 

3.  Geometrik o`zgaruvchan sistemalar (mexanizmlar). 

Inshootlar  tayanch  reaktsiyalarining  yo`nalishiga  ko`ra  havonli  va  havonsiz 

sistemalarga bo`linadi. Faqat vertikal kuchlar ta`sirida bo`lgan inshootning tayanchlarida 

vertikal va gorizontal yo`nalishlarda reaktsiyalar hosil bo`lsa, u hovonli sistema deyiladi.  

Inshootlar hisoblash metodlariga ko`ra statik aniq va statik aniqmas sistemalarga 

bo`linadi.  Statik  aniq  va  statik  aniqmas  sistemalarning  ta`rifi  materiallar  qarshiligi 

kursida beriladi. 

 

 




Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling