Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti "mexanika" kafedrasi
-MA`RUZA INSHOOTLARNING SXEMALARINING
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish mexanikasi
2-MA`RUZA
INSHOOTLARNING SXEMALARINING KINEMATIK ANALIZI. REJA: 1. Kinematik analizdan ko`zlangan maqsad. 2. Tekis sistemalarning erkinlik darajasi. 3. Inshootlar geometrik strukturasining analizi. 4. Geometrik o`zgarmas sitema. 5. Geometrik o`zgaruvchan sistema. 6. Oniy o`zgaruvchan sistema.
7. Geometrik o`zgarmas sistemani tashkil etish usullari.
Bir – biri bilan sharnirli yoki bikr kilib biriktirilgan elementlardan tashkil topgan inshootlar tashqi yuklar ta`sirida o`zining shakli va holatini o`zgartirmasligi lozim. Bunday talabni qanoatlantiruvchi inshoot geometrik o`zgarmas sistema bo`ladi. Inshoot shakli yoki holatining o`zgarishi uni tashkil etuvchi elementlarning deformatsiyalanishi tufayligina sodir bo`lishi mumkin. Har bir inshootni hisoblashdan oldin uning sxemasi geometrik o`zgarmaslik shartlariga asosan kinematik analiz qilinishi kerak. Masalan, 1.9–rasmda tasvirlangan sistemaning sterjenlaridagi zo`riqishlarni aniqlash mumkin emas, chunki oz miqdorda R kuchning ta`siri ham uning shakli va holatini o`zgartiradi. Demak berilgan sistema geometrik o`zgaruvchan sistema, ya`ni mexanizmdir. Sistema geometrik o`zgarmas bo`lishi uchun o`nga qo`shimcha bog’lovchi element (masalan, BC) ni kiritish kerak. (1.9 – rasm, b).
Sistemani asosiy hamda yordamchi elementlarga ajratishda va ularning bir – biri bilan qanday bog’lanishda ekanligini tekshirishda kinematik analizning ahamiyati katta. Kinematik analiz yordamida sistemaning geometrik o`zgarmas yoki o`zgaruvchan ekanligi bilib olinadi. Faqat geometrik o`zgarmas inshootlargina tashqi ywuklarni qabul kilib, ularga qarshilik ko`rsatishi, ya`ni, yuklar ta`sirida ishlashi mumkin.
Har qanday yassi jism yoki yassi jismlar sistemasining tekislikda olgan o`rnini to`la aniqlab beruvchi, bir – biriga bog’liq bo`lmagan geometrik parametrlar miqdori shu sistemaning erkinlik darajasi soni deb ataladi. Tekislikda olingan biror A nuqtaning ixtiyoriy qabul qilingan qo`zg’almas koordinatalar o`qiga nisbatan olgan o`rni ikkita koordinata A A y x , bilan aniqlanadi. Shuning uchun nuqtaning o`zi yotgan tekislikdagi erkinlik darajasi soni ikkiga teng bo`ladi. Har qanday geometrik o`zgarmas tekis sistema disk deb ataladi. Masalan: sterjen’, plastinka, balka va fermalarni disk deb qabul kilish mumkin. Tekislikdagi biror diskning koordinatalarning koordinatalar o`qiga nisbatan olgan o`rni uchta parametr x,y va AB
bilan aniqlanadi (1.10 - rasm). Demak, har bir disk o`zi yotgan tekislikda uchta erkinlik darajasiga ega bo`ladi. Diskning erkin harakatini,ya`ni erkinlik darajasini turli qurilmalar yordamida cheklash mumkin. Bitta erkinlik darajasini cheklovchi qurilma kinematik bog’lanish deyiladi. Bunga misol qilib, ikkita diskni bir – biri bilan bog’lovchi sterjenni ko`rsatish mumkin (1.11 – rasm, a). Bu sterjen’ ikkinchi diskning birinchi diskka nisbatan chiziqli ko`chishiga qarshilik ko`rsatadi. Ikki disk bir – biri bilan silindrik sharnir vositasida bog’langanda (1.11 – rasm, b) birinchi diskka nisbatan ikkinchi disk ikkita erkinlik darajasini yo`qotadi. Demak, silindrik sharnir ikkita sterjenga ekvivalentdir (1. 11 – rasm b). Inshootlarni hisoblash sxemalari, asosan geometrik
tekis elementlar (disklar) dan iborat bo`lgan kinematik zanjirlardan tuziladi. Bu disklar (elementlar) bir –biriga sharnirlar yordamida, erga esa tayanch sterjenlar orqali bog’lanadi. Bunday murakkab sistemaning erkinlik darajalari soni quyidagicha aniqlanadi. Sistemadagi disklar soni D bo`lsa, uning erkinlik darajasi soni 3 D bo`ladi, chunki har bir disk uchta erkinlik darajasiga ega. Bu disklar bir – biri bilan SH ta oddiy sharnirlar bilan bog’langan bo`lsa, sistemaning erkinlik darajasi 2 SH ga kamayadi, chunki har bir sharnir ikkita erkinlik darajasini yo`qotadi. Demak, murakkab sistemaning erkinlik darajasi soni W quyidagi ifodaga asosan topiladi: W=3D—2Sh—S T (1.1); bunda D—disklar soni, Sh—disklarni o`zaro bog’lovchi oddiy sharnirlar soni, St — tayanch sterjenlar soni.
Agar berilgan sistema uchun W>0 bo`lsa, sistema geometrik o`zgaruvchandir; W Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling