Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti "mexanika" kafedrasi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#204398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
qurilish mexanikasi

TAYANCHLAR VA ULARNING TURLARI. 

Inshootlarni  asos  bilan  biriktiruvchi  va  ularning  ko`chishini  cheklovchi 

qurilmalar tayanchlar deb ataladi. Tayanchlar fazoviy konstruktsiyalar hisoblanadi, lekin 

yassi sistema deb qaralayotgan inshootlarda tayanchlar ham ularning yassi tashkil etuvchi 

bo`laklari deb qabul qilinadi. Yassi sistema tayanchlari uch guruhga bo`linadi: 

1. 


Sharnirli qo`zg’aluvchan tayanch (1.6 – rasm a). Bunday tayanch kinematik 

nuqtai  nazardan  sistemaning  sharnir  A  markaziga  o`q  atrofida  erkin  aylanishiga  va 

gorizontal  ko`chishiga  imkon  beradi.  U  faqat  vertikal  ko`chishga  qarshilik  ko`rsatadi. 

Statik  nuqtai  nazardan,  bu  tayanchda  faqat  ko`chishga  qarshilik  ko`rsatilayotgan 

yo`nalish  bo`yicha  (vertikal)  reaktsiya 

A

R

hosil  bo`ladi.  Sharnirli  qo`zg’aluvchan 

tayanchlarning  sxematik  tasviri  1.6  –  rasmdagi  bir  tayanchli  bog’lovchi  sterjen    orqali 

ko`rsatilg

an. 

Bu 


tayanch –  

 

 



 

sterjen  absolyut bikr deb  

  

qaraladi.  



 

 

2. Qo`zg’almas  sharnirli  tayanch  (1.7  –  rasm,  a).  Bunday  tayanchlar  vertikal  va 



gorizontal  yo`nalishlarda  ko`chishlarni  cheklaydi.  Qo`zg’almas  sharnirli  tayanchlarning 

konstruktsiyasi  faqat  A  sharnir  markazidan  o`tgan  o`q  atrofida  sistemaning  erkin 

aylanishiga imkon beradi. Bu tayanchlarda, statik nuqtai nazardan sharnir A markazidan 

o`tuvchi 



A

R

 tayanch reaktsiyasi hosil bo`ladi. (1.7 - rasm). Uni vertikal 



A

V

 va gorizontal 



A

H

  tuzuvchilarga  ajratish  mumkin.  Qo`zg’almas  sharnirli  tayanchning  sxematik  tasviri 

1.7 – rasmda ko`rsatilgan. 

3.  Qistirib  mahkamlangan  tayanch  (1.8  -  rasm).  Bunday  tayanchlar,  kinematik  

nuqtai  nazardan  inshootning  qistirib  mixlangan  kesimining  chiziqli  va  burchakli 



ko`chishlariga  qarshilik  ko`rsatadi.  Qistirib  mahkamlangan  tayanchlarda,  statik  jihatdan 

vertikal va gorizontal tuzuvchilarga ajraluvchi reaktsiya kuchi bilan reaktiv moment hosil 

bo`ladi.  Reaktiv  moment 

A

M

qistirma  moment  deb  ataladi.  Bu  tayanchning  sxematik 

tasviri 1.8 – rasmda ko`rsatilgan. 

         Inshootga  qo`yilgan  tashqi  kuchlar,  uni  harakatlantirishga  intiladi,  lekin  bunday 

harakatlanishga  tayanchlar  yo`l  qo`ymaydi.  Natijada,  tayanchlarda  reaktsiyalar  vujudga 

keladi. Tayanch reaktsiyalarning  miqdori  va  yo`nalishini aniqlashda, tayanchlarni fikran 

olib  tashlab,  ularning  inshootga  ta`siri  V,  H  va  M  reaktsiyalar  bilan  almashtiriladi. 

So`ngra  tashqi  kuchlar  va  tayanch  reaktsiyalar  ta`siridagi  inshootni  muvozanatda  turgan 

sistema deb qarab, statikaning muvozanat tenglamalari yoziladi: 





.

0



,

0

,



0

M

Y

X

 

 



bu tenglamalarni echib, uchta noma`lum tayanch reaktsiyalarni topish mumkin. 

 

TASHQI YUKLAR VA ULARNING TURLARI 



Inshootga  ta`sir  qilayotgan  aktiv  tashqi  kuchlar  yuklar  deb  ataladi.  Yuklarni 

uchta asosiy gruppaga bo`lish mumkin.  

1.  Foydali  yuklar  —  inshoot  qabul  qilishi  lozim  bo`lgan  yuklar.  Bularga  misol 

qilib  odamlar,  asbob-uskunalar,  avtomobillar,  poezdlarning  og’irligi,  to`g’onlardagi 

suvning bosimi va shunga o`xshashlarni kiritish mumkin. Foydali yuklarning belgilangan 

miqdori normalar va texnik shartlardan olinadi. 

2.  Inshootlarning  og’irligi.  Inshootni  hisoblayotganda  foydali  yuklar  qatorida 

uning o`z og’irligini ham e`tiborga olish kerak. 

3.  Qor  va  shamol  (atmosfera)  yuklari.  Bu  yuklar  miqdori  mamlakatimizning 

territorial  tabiiy  sharoitlarini  va  inshoot  shaklini  hisobga  oluvchi  normalarda  berilgan 

bo`ladi. 

Inshootlarga ta`sir etuvchi yuqorida qayd etilgan yuklar sirtqi va hajmiy yuklarga 

bo`linadi.  Inshoot  sirtining  bir  qismiga  yoki  hammasiga  ta`sir  kilayotgan  kuchlar  sirtqi 

yuklar  deb  ataladi.  Inshootning  barcha  ichki  nuqtalariga  ta`sir  qiluvchi  kuchlar  xajmiy 

yuklar deb ataladi. Bu yuklar inshootning butun xajmi bo`yicha taqsimlangan bo`ladi. 

Yuklarning  qo`yilishiga  ko`ra,  ular  to`plangan  va  taralgan  (yoyilgan)  bo`ladi. 

Inshootning  o`z  o`lchamlariga  nisbatan  uning  juda  kichik  sirtiga  ta`sir  qiluvchi  kuchlar 

to`plangan  yuklar  deyiladi.  Bunday  yuklarga  ustunlar,  to`sin  va  sho`nga  o`xshash 

elementlarning  asoslariga  bo`lgan  bosimlari  kiradi.  Bu  bosimlar  uncha  katta  bo`lmagan 

yuzalar  orqali  uzatiladi.  Hisoblash  ishlarini  osonlashtirish  uchun  bunday  kuchlar  bir 

nuqtaga  qo`yilgan  deb  faraz  qilinadi.To`plangan  kuchlar  tonna  (t),  kilogramm  (kg)  yoki 

n’yuton (N), kilon’yuton (kN) hisobida o`lchanadi. 

Inshoot  sirtidagi  yuzaning  biror  qismiga  yoki  undagi  chiziqning  biror  qismi 

bo`yicha  ta`sir  qilgan  kuchlar  taralgan  (yoyilgan)  yuklar  deb  ataladi.  Masalan,  bino 

tomidagi  qor  bosimi  shu  tom  yuzasi  bo`ylab  yoyilgan  bo`ladi.  Binolarning  qavatlari 

orasidagi rigellar ustiga qo`yilgan  yuklar uning o`qi bo`ylab taralgan deb kabul qilinadi. 

Taralgan  yuklarning  intensivligi  inshootning  yuzi  yoki  uzunlik  birligiga  to`g’ri  kelgan 

miqdori bilan xarakterlanadi. Yuza bo’yicha taqsimlangan yuklar t/m

2

 yoki kN/m



2

 bilan, 


uzunlik  bo`yicha  taqsimlangan  yuklar  esa  t/m  yoki  kN/m  bilan  o`lchanadi.  Yuklarning 

intensivligi  uzunlik  yoki  yuza  bo`yicha  o`zgarmas  bo`lganda  ular  tekis  taralgan  yuklar 

deyiladi. 



Yuklar  ta`sir  kilish  vaqtiga  ko`ra  doimiy  va  muvaqqat  yuklarga  bo`linadi. 

Doimiy  yuklar  inshootga  doim  ta`sir  qilib  turuvchi  yuklardir.  Masalan,  temir  yo`l 

ko`prigining  o`z  og’irligi  doimiy  yuk,  uning  ustidan  o`tayotgan  poezdning  og’irligi  esa 

muvaqqat yuk bo`ladi. 

Yuklar  inshootga  ta`sir  kilish  harakteriga  ko`ra:  statik  va  dinamik  bo`ladi. 

Inshootga  yuk  asta-sekin  qo`yilib,  eng  katta  qiymatiga  etkazilsa,  u  statik  yuk  deyiladi. 

Inshootga kuch  statik ravishda ta`sir  etsa,  uning  qismlarida  hech  qanday  inertsiya  kuchi 

hosil bo`lmaydi. 

Agar  inshootga    qo`yilgan  yuklar  ta`siri  natijasida  uning  qismlarida  tezlanishlar 

hosil bo`lsa,  ya`ni  yuklar qisqa  muddat ichida  miqdor  yoki  yo`nalishi bo`yicha o`zgarib 

tursa, ular dinamik yuk deyiladi. 

Inshootga  ta`sir  qiluvchi  yuklar  qo`zg’almas  va  harakatlanuvchi  yuklar 

gruppasiga bo`linadi.  Qo`zg’almas  yuklar inshoot ustida doimo bo`ladi (inshootning  o`z 

og’irligi,  asbob-uskunalarning  og’irligi).  Harakatlanuvchi  yuklar  esa  inshoot  bo`ylab 

ma`lum yo`nalish va chegarada harakatlanadi. Ularga, masalan: poyezd, avtomobil’, kran 

va shunga o`xshashlarning og’irligi kiradi. 

Inshootlar  tayanchlarining  cho`kishi  va  tashqi  temperaturaning  o`zgarishi 

natijasida ham ularga ta`sir etuvchi qo`shimcha yuklar hosil bo`lishi mumkin. 




Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling