Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutining


Download 84.84 Kb.
bet4/10
Sana19.02.2023
Hajmi84.84 Kb.
#1214586
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boshlang\'ich ta\'lim

Axloqiy tarbiya.
Axloq – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, insonlarning o‘ziga, oilasiga, do‘st-birodarlariga, jamoa a’zolariga va tabiatga bo‘lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi xulq, odob qonun-qoidalari majmuasidir. Ana shu xulq, odob qonun-qoidalarini o‘quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish uchun ko‘rsatilayotgan ta’sir axloqiy tarbiya deb nomlanadi. Demak, axloq kishining oilaga, mehnatga va jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Musulmon axloqining asoslari mazmunan boy va rang-barang ko‘rinishlarda o‘zligini namoyon etadi. Markaziy Osiyo xalqlari axloqshunoslik sohasida eng boy tajribaga egadirlar. Qur’oni karimdagi va Hadisi shariflardagi axloqqa oid ibratli maslahatlar, hikoyatlar asrlar davomida ota -bobolarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf-odatlar, ma’naviyatimiz durdonalari – Forobiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Sa’diy Sheroziy va boshqa siymolar, olimlar, yozuvchilarning axloq haqidagi fikr-mulohazalari hali hozir ham o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmagan, o‘sha hikmatlar yoshlarimiz tarbiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ochiq ko‘ngillik, millatidan, qat’i nazar odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lish va o‘zaro yordam tuyg‘usi - kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning me’yori hisoblanadi. O‘zbeklar diyoriga, o‘z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlariga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat -ehtirom – O‘zbekistan aholisiga xos fazilatlardir. Amir Temur Axloqi husniya – yaxshi xulqlar egasi bo‘lgan. U oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ishga tayinlashda ham, vazifasidan ozod etishda ham shoshma-shosharlik va adolatsizlikka yo‘l qo‘ymagan, balki yetti o‘lchab bir kesgan. Imom Al-Buxoriy «Axloqning yaxshi bo‘lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik-mana shu to‘rt xislatni Olloh Taolo senga bergan bo‘lsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo‘lsang ham, zarari yo‘qdir»-degan edi. Demak, barkamol inson tarbiyasining yetakchi bo‘g‘inini tarkibiy qismi - axlokiy tarbiya-insoniy sifatlarni yaratuvchi, shakllantiruvchi mukammallikka erishtiruvchi vositadir. Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdir. Yaxshi xulklarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurg‘on kitobdir. Xuddi shu ma’noda axloq kishining xulq-atvorida, e’tiqod-iymonida, yurish-turishida, kundalik turmushida, fikr-mulohazasida, mushohada va muloqotida ko‘rinadi. Axloqli inson o‘zini qattiq hurmat qiladi, unda ichki intizom kuchli bo‘ladi. Musohib ko‘ngilga qarab gapiradi, kishining dilini og‘ritmaydi, tashqi muomalasi bilan uning qalbini yashnatadi, muloqot odobiga rioya qiladi. Yuqoridagi fikrlar shundan dalolat beradiki, jamiyatimizning kuchi fan-texnika taraqqiyoti, moddiy boyligimiz bilan bir qatorda ma’naviy boyligimiz, hayotimiz ma’nosi bo‘lmish axloqiy kamolotdadir. Ularga befarq bo‘lmasligimiz, yoshlarimizni odamiylikka chorlashimiz lozim. Oilada, maktabda, jamoat joylaridagi har bir hatti-harakat axloq nuqtai nazaridan go‘zal bo‘lsin, kishining qalbiga rohat - farog‘at baxsh etsin. Bunday xislatlarni tarbiyalovchi o‘qituvchi-tarbiyachilar esa ana shunday ezgu niyatli kasb bilan shug‘ullanayotganliklaridan faxrlansinlar.

Download 84.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling