Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutining


Download 84.84 Kb.
bet6/10
Sana19.02.2023
Hajmi84.84 Kb.
#1214586
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boshlang\'ich ta\'lim

Mehnat tarbiyasi.
Mehnat va mehnat tarbiyasi inson kamolotining asosi, hayot manbai, umr mazmuni hisoblanadi. Mehnat tarbiyasidan ko‘zlangan maqsad, avvalo, mehnatning mohiyatiga, mazmuniga teran nigoh tashlamoq, muayyan xulosa chiqarmoqdan iboratdir. Mehnat qilayotgan kishi o‘zi bajarayotgan ishning natijalarini ko‘rsa, his qilsa, o‘sha natijalardan qoniqsa, rohatlansagina mehnat tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Halol mehnat - kishi hayotining mazmunini tashkil qiladi. Donolarimiz: «Mehnat-mehnatning tagi rohat», «Bugungi ishni ertaga qo‘yma», «Daryo suvini bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar», «Ishlagan – tishlaydi, ishlamagan – kishnaydi», «Mehnatdan qo‘rqma, minnatdan qo‘rq», «Odamning husni – mehnatda», «Oltin o‘tda bilinar, odam – mehnatda», «Xazina g‘oyibdan emas, mehnatdan», «Halol mehnat-yaxshi odat, berur senga saodat» deb bejiz aytmaganlar. Buyuk alloma Bahovuddin Naqshbandning «Dil ba yoru dast ba kor» hikmati bugungi kunda ham o‘z qadrini, qimmatini yo‘qotmagan. U kishi talabalarni madrasaga qabul qilish paytida «Biror kasbing bormu?» deb so‘rar ekanlar. Hunarsiz kishi o‘qishga qabul qilinmagan. Uning fikricha: «Agar kishi hunarli bo‘lsa, u bilimini haqiqatga bag‘ishlaydi, o‘z mehnati bilan kun kechiradi, bordiyu, kasbi bo‘lmasa, bilimini kun kechirishga sarflaydi, halol mehnatni unutadi». Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mehnatsiz kelgan boylik har qanday kishini, har qanday oilani buzadi, har qanday muqaddas narsani qadrsizlantiradi. Mehnat jarayonida kishilarda do‘stlik, birodarlik, jamoa bo‘lib ishlash, madaniyat, barcha tarbiyaviy sifatlar shakllanadi, kamol topadi. Eng muhimi, mehnat muhtojlikdan, bekorchilikdan, yurak siqilishidan, axloqiy buzilishdan saqlaydi. Mehnat orqali inson o‘zini, o‘z qadrini biladi, uni el-yurt ulug‘laydi. Mehnatsevar kishining porloq siymosi o‘g‘il-qizlari, nabiralari, yoru do‘stlari, hamkasblari, shogirdlari qalbida hamisha yashaydi. Ota-bobolarimiz bola tarbiyasida eng avvalo uni mehnatga o‘rgatishga, kasb-hunarga qiziqtirishga alohida e’tibor berishgan. Farzandlarini layoqati, qobiliyatiga qarab tarbiyalaganlar, o‘zlari namuna bo‘lganlar. Bu vazifalarni amalga oshirishda ota-ona, ustoz va murabbiy, keng jamoatchilik o‘z mehnatlarini ayamasliklari, ayniqsa, maktab o‘quvchilarida mehnatga va mehnat ahliga to‘g‘ri munosabatni shakllantirishdagi mas’uliyatni chuqur his qilishlari kerak. O‘quvchilarning qiziqish va imkoniyatlarini o‘z vaqtida payqab, ularga maslahatlar berib, to‘garaklarga jalb qilish orqali hayotga tayyorlashlari nihoyatda muhimdir.

Download 84.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling