Buxoro psixologiya va xorijiy tillar institutining


Download 84.84 Kb.
bet10/10
Sana19.02.2023
Hajmi84.84 Kb.
#1214586
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boshlang\'ich ta\'lim

Abdulla Avloniy o‘z asarlarida «vatan» tushunchasiga ta’rif berib, uning ravnaqi uchun kurashish vatanparvar insonga xos xususiyat ekanligini quyidagicha qayd etadi: «Har bir kishining tug‘ilub o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sg‘on yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi - tuyg‘usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan – uyuridan ayrilsa, o‘z yeridagi kabi rohatda yashamas. Biz Turkustonliklar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi. Arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq cho‘llarini, eskumular shimol taraflarini, eng sovuq va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyod suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o‘z vatanlarini tashlab hijrat qilur edi».
Inson o‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanda orzu-umidlari, niyatlari, hayotiy intilishlari bilan o‘ziga yaqin bo‘lgan kishilar davrasida bo‘ladi, o‘zi ko‘nikkan turmush tarzi bo‘yicha kun kechiradi, bolalikdan o‘zi ko‘nikkan ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etadi, hayotining bir qismiga aylangan tilda so‘zlashadi va u shu muhitdagina o‘zini erkin his qiladi. Begona yurtlarda u o‘ziga tanish bo‘lgan, o‘zi ko‘nikkan muhitni topa olmaydi. Shu bois garchi iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatga safar uyushtirgan bo‘lsa-da, o‘z yurtini tezda sog‘inadi.


Huquqiy tarbiya
Huquqiy tarbiya o‘quvchilar o‘rtasida, fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. 1993-yil mart oyida e’lon qilingan «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi»da qayd etilganidek: «Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari Konstitutsiyani, davlat haqidagi ta’limotni, chunonchi, fuqarolik, oila, mehnat, xo‘jalik, ma’muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirishdan, bolalarni davlat qonunlarini yuksak darajada hurmat qilish, ularga so‘zsiz rioya etish, tartib va intizomni buzuvchilarga nisbatan murosasizlik ruhida tarbiyalash, xalqaro huquqning ahamiyatga molik masalalari, xalqaro tashkilotlar (BMT, Xavfsizlik Kengashi va hokazo) faoliyati haqida o‘quvchilarning umumiy tasavvurlarini shakllantirishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni bilan qabul qilingan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi” g‘oyalari jamiyat va shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish va uni rivojlantirish borasida qimmatli nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Huquqiy ta’lim va tarbiya o‘zaro bog‘liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish garovi hisoblanadi. Zero, huquqiy ta’lim o‘quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to‘g‘risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayoni bo‘lib, u izchil, uzluksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozim.
Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish huquqiy ta’lim va tarbiya jarayonining muhim bosqichidir. Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:

  • o‘quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar va ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berish;

-o‘quvchilarda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;

  • o‘quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish;

  • ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodxonlik, huquqiy masullik, huquqiy faollik, huquqiy e’tiqod va huquqiy salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash;

  • o‘quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy me’yorlar, qonunlarning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini to‘g‘ri baholash, harakat va harakatsizlikning qonuniy bo‘lishiga erishish, davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish, har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni tashkil etish)ni shakllantirish.

Milliy sharqona tarbiya me’zonlari


Oila – nikoh munosabatlarini, urug‘ ichi munosabatlari va urug‘lararo munosabatlarni tartibga solish zaruriyati bilan yuzaga keladi. Oila jamiyatning tayanchi, uning birinchi va birlamchi yadrosi, zarrasidir. Ongli oila bo‘lib yashash dunyodagi barcha maxluqot va jonzotlar orasida faqat inson zotiga xosdir. Oila tarixining Odam Ato va Momo Havodan boshlangani rivoyat qilinadi. Barcha muqaddas kitoblarda keltirilgan ushbu ko‘hna naql zamonaviy ilm-fan tomonidan ham o‘z tasdig‘ini topmoqda. Binobarin, muhabbat tarixi ham shu ko‘hna rivoyatga tutashadi. «Sevgi ham Odam Atodan qolgan inson qonida» deb yozganda shoir E. Vohidov haq edi. Genetika, biologiya fanlari qonunlariga ko‘ra, har bir insonning o‘zi bir olam, ular aslo biri birini takrorlamaydi. Ana shu biri ikkinchisiga o‘xshamaydigan odamlarning, ya’ni er va xotinning ixtiyoriy ittifoqidan oila deb ataluvchi yangi bir olam, bu olamda o‘z navbatida yana «yangi odam»lar – farzandlar vujudga keladi. Jamiyat shu tariqa barpo bo‘ladi, rivoj topadi, ijtimoiy taraqqiyot vujudga keladi. «Bola tug‘ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi». Shuning uchun ham, oila muammolari, unda yuritiladigan ta’limtarbiya masalalari azal-azaldan ilmu ijod ahlining diqqat-e’tiborini jalb etib keladi. Oila qanday barpo etilmog‘i lozim, uning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy asoslarini nima tashkil etadi, oila tarbiyasi qanday qonuniyatlar asosida vujudga keladi, singari savollar kishilik tarixining barcha davrlarida dolzarb masala bo‘lib kelgan, desak xato qilmaymiz. Oila, oilaviy tarbiya haqidagi tarixiy manbalarni quyidagi bosqichlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz:
birinchi bosqich – Markaziy Osiyoga islom dini kirib kelgungacha mavjud bo‘lgan ta’limotlar (yahudiylik, zardo‘shtiylik, buddaviylik, xristianlik);
ikkinchi bosqich – IX-XII asrlarda, ya’ni islom Uyg‘onish davridagi ta’limotlar (Qur’oni karim, hadislar, pandnomalar, mutafakkirlarning ta’limotlari: Forobiy, Beruniy, Ibn Sino);
uchinchi bosqich – XIV-XV asrlar, ya’ni Amir Temur va temuriylar davrida mavjud bo‘lgan ta’limotlar;
to‘rtinchi bosqich – xonliklar davridagi ta’limotlar (XVI-XIX asrlar);
beshinchi bosqich – Markaziy Osiyo Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan davrdagi ta’limotlar (XIX asr 60 yillarining oxiri va 1917 yilning oktyabr inqilobi davrigacha mavjud bo‘lgan ta’limotlar);
oltinchi bosqich – ittifoq davridagi ta’limotlar (1917 yil oktyabr inqilobidan 1991 yil avgust oyigacha mavjud bo‘lgan ta’limotlar);
yettinchi bosqich – Mustaqillik davri, ya’ni 1991 yilning sentyabr oyidan hozirgi davrgacha.
Shu jihatdan, millatimiz va xalqimizning 3000 yil avvalgi ko‘hna madaniyati va boy ma’naviyatidan saboq beruvchi, ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal ulug‘langan «Avesto» yozma yodgorligining ilg‘or g‘oyalari haqida alohida fikr yuritishga to‘g‘ri keladi. Zardo‘shtiylik dini ta’limoti bayon qilingan mazkur asarda dunyoni falsafiy idrok qilish, ma’naviy-ruhiy poklanish, inson ma’naviy-axloqiy olamiga chuqur kirib borish, inson burchi, go‘zallik va ezgulikni anglash singari masalalar bosh mavzu darajasiga ko‘tariladi.
«Avesto»da oila mustahkamligini saqlash, nikoh tartiblari, er-xotinning majburiyati, nikoh tuzish va bekor qilishning qonun-qoidalari batafsil ko‘rsatib o‘tiladi. Asarning maxsus boblarida Axura Mazda yoki Zardo‘shtning kelin-kuyovlarga da’vati, murojaatlari keltirilgan. Unda oila qurish, jufti halol tanlashda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik, ota-ona, keksalar maslahatiga quloq tutish kabi maslahatlar haqida ham qimmatli mulohazalar mavjud. Turkiy xalqlarga xos urf-odatlarga ko‘ra, nikoh meroslari qat’iy qonun-qoidalar asosida tashkil etilgan, marosim davomida oila, qarindosh-urug‘, oqsoqollar, keksa chol-kampirlar maslahati va yo‘l-yo‘riqlariga rioya etilgan. Zardo‘shtiylik tartib-qoidalariga ko‘ra, o‘z hayotini uylanmay yoki turmushga chiqmasdan o‘tkazish qoralangan. Masalan, agar balog‘at yoshidagi qiz ota-ona yoki jamoa ra’yidan yurmay, o‘zidan zurriyod qoldirishini istamay, qasddan turmushga chiqmay, umrguzaronlik qilib yursa, u qopga solinib, 25 darra kaltaklangan. Erkaklar esa, o‘n yetti yoshda uylanish huquqiga ega bo‘lgan. Agar erkak kishi zurriyod qoldirish qobiliyatiga ega bo‘lsa-yu, ammo uylanmasa, unga tamg‘a bosilib, badnom qilish maqsadida beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur etilgan. Kitobda qayd etilishicha, erkak kishi, eng avvalo, uylanish uchun moddiy va ma’naviy tomondan to‘q va baquvvat bo‘lmog‘i lozim, buning uchun o‘z vaqtida to‘yib ovqatlanishi zarur, aks holda erkak kishi o‘z xizmat va axloqiy burchlarini bajara olmaydi. «Avesto»da zardo‘shtiylikning oltin qoidalaridan biri – oila muqaddas sanalgani bois, boshqa ayrim sabablarga ko‘ra, masalan, ig‘vo, tuhmat, er-xotinning o‘zaro kelishmovchiligi, ota-ona bilan murosa-madora qila olmaslik kabi bahonalar bilan nikohning bekor qilinishiga yo‘l qo‘yilmagan. Turkiy xalqlarning yana bir yodgorligi «Irq bitigi»da ramziy lavhalarda oila hayotining turli manzaralari, baxt va baxtsizlik tushunchalari tahlil etiladi. Garchi, ba’zi manzaralar oddiy, sodda tuyulsa-da, lekin ularda qadimgi davr odamlarining oila muhitidagi ma’naviy-axloqiy prinsiplar aks etadi: «Ayol kishi kosa-piyola-larini tashlab o‘z yo‘liga ketdi, yana yaxshilab o‘yladi: kosa-piyolalarimni tashlab qaerga boraman, der, yana qaytib keldi, kosa-piyolalarini sog‘-salomat topdi, u sevinib, xursand bo‘lar, der, shunday bilinglar: yaxshidir bu». Kosa-piyolalar ayol kishining taqdiri, ro‘zg‘ori, oilasi ramzi, binobarin, ushbu parchada odamlar, xususan, ayollar sabr-toqatli bo‘lishga da’vat qilinmoqda. Ma’lum bir sabablarga ko‘ra o‘z oilasidan sovish, hatto undan voz kechishga intilish istagi sodir bo‘lishi mumkin. Biroq bu ayol uchun ham, oilaning boshqa a’zolari uchun ham, jamiyat uchun ham salbiy holat bo‘lib, uni oqlab bo‘lmaydi. Ayol kishining qadr-qimmati, burchi, jamiyatda tutgan mavqei, yaratuvchilik salohiyati, eng avvalo, oiladagi o‘rni bilan belgilanadi. Oilaviy hayot, oila tarbiyasining tarixiy asoslari haqida so‘z yuritganda, diniy qadriyatlar va xalq pedagogikasiga oid manbalar muhim ahamiyatga molik ekanligini alohida ta’kidlasa bo‘ladi. G‘oyat uzoq taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tgan XII asrlarda yangi kamolot pallasiga qadam qo‘ydi. Bu tarixiy davr Sharq Uyg‘onishi deb atalib, uning mohiyatini islom madaniyati tashkil etadi. Islom madaniyati (yoki ba’zi manbalarda islom mintaqa madaniyati) turkiy, eroniy va arabiy xalqlar yashagan ulkan hududda siyosiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy hamkorlikni vujudga keltirdi, xalqlarni bir-biriga tanitdi va yaqinlashtirdi. Ularga mansub bo‘lgan arabiy, forsiy va turkiy tillar o‘rtasida assimilyatsiya jarayoni yuz berib, tillarning lug‘at tarkiblarida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Fanda jahon ilmiy yutuqlariga suyangan yangi yo‘nalish va ta’limotlar vujudga keldi. «Bu yagona mintaqa madaniyatini birlashtirib turgan ichki bosh ma’naviy omil tavhid e’tiqodini borgan sari teranroq va mukammalroq tushunishga intilish edi». Shunday qilib, islom dini oilaviy munosabatlarning hayot haqiqatlariga, adolat tuyg‘usiga va insonparvarlikka asoslangan ma’naviy mezonlarini yaratdi, ayollarning oila va jamiyatdagi haq-huquqini belgiladi, bu borada, ayniqsa, uning onalik burchiga, bolalari uchun murabbiylik faoliyatiga yuksak e’tibor berdi. Qur’onda bayon qilinishicha, muslimalar ma’naviy jihatdan musulmon erkaklar bilan teng huquqqa ega bo‘lib, jismoniy jihatdan zaif bo‘lganliklari uchun aslo kamsitilmasliklari lozim. Chunki Alloh erkakni erlarga xos, ayolni esa, ayollarga xos xususiyatlar bilan yaratdi. Binobarin, ular o‘z tabiiy xususiyatlari hamda ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, o‘z jinsini ulug‘lab, boshqa jinsni mensimaslikka haqqi yo‘q. Aksincha, bu ikki jinsning o‘zaro bir-biriga hurmati, mehr-muhabbati Yaratganning o‘zi tomonidan buyurilgan amallardan bo‘lib, ahil va inoqlikda yashash, bir-birini sevishga da’vat etilgan. Bu haqda Qur’onning bir qator suralarida oyatlar keltiriladi: «Er o‘zlari va oilasiga taalluqli barcha narsalar to‘g‘risida doimo xotini bilan bamaslahat ish qilishi lozim, chunki ular so‘zsiz ravishda teng sherikdirlar» (3-sura, 159-oyat). «Alloh sizlarni onalaringiz qornidan biron narsa bilmagan holingizda chiqardi va shukur qilishingiz uchun sizlarga quloq, ko‘zlar va dillarni berdi» (16-sura, 78-oyat).2 «Erkaklar xotinlari ustida rahbardurlar. Bunga sabab Alloh ularning birovlarini birovlaridan (ya’ni, erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarfxarajat qilganlaridir. Bas, ibodat-itoatli va erlari yo‘qligida Allohning hifzu himoyati bilan (erlarining mol-mulklarini va o‘z iffatlarini) saqlovchi xotinlar yaxshi xotinlardir».3 Agar johiliyat davrida, ya’ni islomdan oldingi zamonlarda erkak va ayolning oila va jamiyatda tutgan o‘rni, roli haqida katta munozara va tortishuvlar bo‘lgani, ko‘pincha ayollar jinsiga past nazar bilan qaralganini eslasak, «Qur’on»da keltirilgan ushbu ilohiy hukmlarning naqadar katta ahamiyatga molik ekanini payqash qiyin emas. Yuqoridagi oyatlarda oiladagi er va xotinning shar’iy o‘rni belgilab berilgan. Shariat hukmiga ko‘ra, er birinchi navbatda oilaning barcha moliyaviy va ma’naviy masalalariga mas’ul bo‘lgan, shuningdek, uni turli-tuman xurujlardan himoya qiladigan shaxsdir. Ana shu burch va vazifalari evaziga hamda erkak zoti uchun fazilat hisoblangan tadbirkorlik, vazminlik, og‘irbosiqlik kabi xislatlari tufayli oilaning boshlig‘i er hisoblanadi, yaxshi xotin esa, iffat va diyonatli, o‘z erining xonadonini obod qiluvchi hamda unga bir umr sodiq bo‘lgan pok umr yo‘ldoshidir. Qur’oni karimda erkak va ayol o‘rtasida ba’zan noo‘rin bahs yoki kelishmovchiliklar sodir bo‘lishi mumkin. Oilaning jamiyatda tutgan o‘rni, oila tarbiyasi, otaona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek, oilaning pokligi va mustahkam bo‘lishiga oid qimmatli fikrlar hadislarda muhim o‘rin egallaydi: «Kimgaki Alloh taolo soliha xotin nasib etgan bo‘lsa, dinining yarmiga yordam qilibdi, qolgan yarmiga o‘zi taqvo qilsin». «Xotinlarning barakatlirog‘i uylanish xarajatlari yengilidir»; «Xotin kishi qovurg‘adan yaratilgan. Agar sen qovurg‘ani to‘g‘rilayman desang sindirasan, murosa qilu u bilan yasha»; «Xotin kishiga eng haqqi ko‘p kishi eridir, erkak kishiga eng haqqi ko‘p kishi onasidir»; «Agar bir shaharda loaqal bir ayol bir marta buzuqlik ko‘chasiga kirib haromi orttirsa, bu shahardan qirq yil fayzu barakat ko‘tarilib ketadi»; «Ayollarni faqat ulug‘ odamlar hurmat qiladi. Ularni faqat pastkash odam xo‘rlaydi».1 Ushbu hadislarda islom diniga xos insonparvarlik va adolat mezonlari namoyon bo‘ladi, nikohning ilohiyligi, oilaning muqaddasligi ta’kidlanadi, er va xotin o‘rtasidagi burch, poklik, iffat, o‘zaro bir-birini hurmat qilish tuyg‘ulari ulug‘lanadi. Biz bu purhikmat hadislarda millat, elat, til, mamlakat chegaralarini tan olmaydigan, umuminsoniy mezonlar bilan o‘lchanadigan ma’naviy boylikni ko‘ramizki, ular asrlar davomida oila deb atalmish tarbiya o‘chog‘ining dasturilamali, asosiy «darsligi» hisoblanib keldi. Hadislar xalq donishmandligi namunalari bo‘lib kelgan og‘zaki ijod namunalariga hamda o‘zbek xalq pedagogikasiga kuchli ijobiy ta’sir etib, ularni mazmunan boyitgan. Xalq donishmandligi va odobnomasining bu bebaho sohasi ma’naviy-ma’rifiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi. U xalqimizning ko‘p asrlik tajribalari, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ma’naviy, estetik, falsafiy va jismoniy barkamollik bobidagi qarashlari, fikr-mulohazalarini lo‘nda, ta’sirchan va mazmundor ifodalaydi. Xalqning oilaviy-maishiy hayot tarzi, axloq-odobga chorlovchi hayotiy yo‘l-yo‘riqlari, ibratli, mazmunga to‘liq og‘zaki ijod namunalari avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga o‘tib, takomillashgan chinakam badiiyat namunalari hamdir. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, xalq ijodkorlari nuqtai nazaricha, inson bu yorug‘ dunyoga yomon odam sifatida kelmaydi. Uning yomon yoki yaxshi odam bo‘lib shakllanishi oila tarbiyasi, mahalla-ko‘y, lo‘nda aytganda, jamiyatdagi mavjud muhit tufayli yuzaga keladi. Binobarin, bola avval boshdan to‘g‘ri tarbiya bilan voyaga yetishadi. Agar xalqimiz hayotidagi turli marosimlar, rasm-rusumlar, an’analarning tashkil etili shiga chuqurroq razm solsak, ishontirish, isbotlash, namuna ko‘rsatish, ta’sir etish, tasdiqlash kabi pedagogik usullar orqali barkamol insonni tarbiyalash pirovard maqsad qilib olinganiga ishonch hosil qilamiz. Hatto ana shunday turli-tuman izdihom, marosim, to‘y-to‘ychiqlarda ko‘pchilik bilan qilinadigan duo-yu fotihalarda ham katta tarbiyaviy maqsadlarga yo‘naltirilgan xohishiroda borki, ularning ta’sir kuchi g‘oyat kattaligini alohida ta’kidlash zarur bo‘ladi. Xalq donishmandligini namoyon etuvchi bu kabi xilmaxil janrdagi og‘zaki va yozma ijod namunalari qatorida mashhur hind masallar qomusi «Kalila va Dimna», Nizomulmulkning «Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», «Ro‘shnoyinoma», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk», Kaykovusning «Qobusnoma», Sa’diyning «Guliston», «Bo‘ston» kabi asarlari ham borki, ularda oila tarbiyasi ijtimoiy turmushning eng muhim masalalari sifatida talqin etiladi. Jumladan, «Kalila va Dimna»da majoziy, allegorik obrazlar vositasida hayotdagi salbiy ko‘rinishlarga qarshi o‘t ochiladi, insonparvarlik, aql-idrok ulug‘lanadi. Kishilik jamoasining qaysi bosqichi olib qaralmasin, xiyonat va jinoyat, pastkashlik, ig‘vo, fisq-fasod, zolimlik, munofiqlik inson zotini ulug‘lagan emas. Aksincha, bunday axloqqa zid nuqsonlar taraqqiyot yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lgan, jamiyatning tanazzulga yuz tutishiga sabab bo‘lgan. Masallar to‘plamiga yozilgan birinchi so‘z boshida (Ibn ash-Shoh al Forsiy nomi bilan mashhur bo‘lgan Behnud ibn Sahvoning muqaddimasi) ushbu buyuk asarni yaratgan afsonaviy faylasuf Beydabo shohga qarata shunday deydi: «Shohim, mening fikrimcha, insonni butun hayvonlardan yuqori qo‘ygan, uni dunyoning butun sirlaridan voqif etgan to‘rt narsa bordir: hikmat, aql, qanoat va adolat. Ilm tahsil etmoq, savod chiqarmoq va har narsani atroflicha tushuna bilmoq – hikmatga; tadbir, sabr, nazokat, marhamat – aqlga; hayo, oliyjanoblik, o‘zini qo‘lga olmoq va o‘zining haq-huquqini bilmoq – qanoatga; to‘g‘rilik, va’daga vafo, ezgu ishlar qilmoq va yaxshi xosiyatli bo‘lmoq – adolatga tegishlidir. Bu sifatlarning barisi bir odamda mujassam bo‘lsa, dunyodagi eng buyuk saodat ham uni gangitib qo‘ymaydi, eng katta baxtsizlik ham uni sarosimaga sola olmaydi». «Kalila va Dimna» ana shunday teran tarbiyaviy xulosalari, falsafiy umumlashmalari bilan asrlardan asrlarga o‘tib kelib, oila tarbiyasini shakllantirdi, yuzlab avlodlarning to‘g‘ri tarbiya topishiga ko‘maklashdi, minglab odamlar qalbiga ezgulik urug‘ini ekdi. Ziyolilar va hatto oddiy xalq o‘rtasida ushbu kitobning g‘oyatda mashhur bo‘lgani, masallar ichida masallardan iborat murakkab syujet qurilishi kitobxonlarda zavq-shavq uyg‘otib, ularni ma’naviy jihatdan boyitgani ham mazkur go‘zal hikmatlarning hayot masalalariga uzviy bog‘liqlik xususiyatlariga borib taqaladi. Ma’lumki, O‘rta asr Sharqining buyuk mutafakkirlari o‘zlariga qadar mavjud bo‘lgan barcha ilm-fan yutuqlarini o‘zlashtirib, deyarli hamma sohalarda ilmiy asarlar yaratdilar, bu bilan ham kifoyalanmay, mavjud ilmlarni tasnif qildilar, xorijiy tillardagi mashhur asarlarni arab, fors va turk tillariga tarjima qilish ishlari bilan shug‘ullandilar. Shunday xizmatlari bilan «yagona mintaqa madaniyati» deb atalishi mumkin bo‘lgan tarixiy yangi jarayonga asos soldilar. O‘z navbatida ushbu tarixiy jarayon boshqa xalqlar ilm-ma’rifatiga kuchli ta’sir etib, Uyg‘onish davri deb ataluvchi ulkan ma’rifatparvarlik davrining boshlanishiga asos bo‘ldi. Shuning uchun ham, biz Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Farg‘oniy kabi buyuk qomusiy olimlar asarlarida, ularning ilmiy-nazariy ta’limotlarida ta’lim-tarbiya masalalariga keng o‘rin berilganiga, chunonchi, tarbiya muammolariga jahon ma daniyati mezonlari bilan yondashilganiga guvoh bo‘lamiz. Jumladan, Forobiy (873-950)ning «Fozil odamlar shahri», «Baxt-saodatga erishish haqida ko‘rsatmalar», «Baxt-saodatga erishish haqida», «Fuqarolik siyosati», «Davlat arbobining aforizmlari» kabi asarlarida1 jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida falsafiy ta’limot yaratdi, inson jamoalarining jamiyatda tutgan roli, davlat va oila, ularni boshqarish haqidagi ilmiy bilimlar tizimini yaratdi. Uning fikricha, inson jamoalari va jamiyat kishilarning yashashi va kamolotga erishishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun intilishlari natijasida kelib chiqqan. Binobarin, inson yakka holda hech qachon asl ma’noda baxtli bo‘lolmaydi: «Har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi; u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoji tug‘iladi». Boshqa bir o‘rinda Forobiy oila, shaharni inson tanasidagi a’zolarga qiyoslab, bu a’zolarning tabiati, holati va harakatiga ko‘ra turlicha bo‘lsa ham, lekin yagona maqsad, ya’ni inson tanasi faoliyatini ta’minlash maqsadida o‘zining ma’lum ishini bajarishi haqida ma’lumot beradi. Demak, biror mamlakatda o‘nlab shaharlar, bu shaharlarning har birida yuzlab va minglab oila va xonadonlar yashashi tabiiy hol bo‘lib, garchi bu uy yoki shaharlar har xil, biri ikkinchisini takrorlamaydigan bo‘lishiga qaramay, ular o‘zaro birikib, shahar yoki mamlakatni tashkil etadilar hamda uni takomillashtiradilar.
Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda mustakil O’zbekistonning ijtimoiy buyurtmasi bulmish ijobiy sifatlar: milliy iftixor, vatanparvarlik, millatlararo mulokot madaniyati, milliy odob, vijdoniylik, iymon-e’tiqod, milliy istiklol mafkuraviy ongini rivojlantirish zarur. Ularning aksi bo’lgan salbiy sifatlar: milliy befarqlik, vatanfurushlik, xoinlik, manqurtlik, millatchilik, mahalliychilik, vijdonsizlik, mafkurasizlik kabilarga nafaqat uygotish darkor. Bu ishlarni bir-biri bilan uzviy boglab olib borish o’qituvchi-tarbiyachi tomonidan maxsus mezon qilib olinishi kerak. Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda o’quvchilarning yosh, aqliy imkoniyatlarini e’tiborga olinadi. Quyida boshlang’ich sinf o’quvchisining milliy tarbiyalanganlik ko’rsatkichlari va mezonlari qanday bo’lishini taxminiy namunasini keltiramiz. O’zbekiston – Vatanim mening. O’zbekistonning tabiiy, ma’naviy, jug’rofiy va milliy xususiyatini anglash; o’lkaning o’tmishini, hozirgi hayot va kelajagi haqida tushunchalarga ega bo’lish; O’zbekistonning, o’zbek xalqining qahramon farzandlari xizmatlarini bilish; O’zbekiston Davlat ramzlarini bilish. Milliy g’urur asoslari. O’zining o’zbek millatiga mansubligini anglash; «O’zbek xalqi» tushunchasining madaniy mohiyatini tushunish, o’zini o’z millatining farzandi deb bilib, milliy burchlarini anglash; ona tilini cheksiz sevish, shu tilda tug’ri so’zlash va fikrlash. Milliy odob. Avval salomlashib, keyin so’z boshlash; o’zbek xalqida «yaxshi», «yomon» deb baholanuvchi xulq namunalarini bilish, barchani «siz»lash, o’zidan katta va kichiklarni izzatlash, do’stlik burchlarni bilish; ustozlarni e’zozlash munosabati, uyat so’z, so’kinishga, odobsizlikka salbiy munosabat bildirish. Vijdoniylik. Biror ishga qo’l urishdan avval «Bu ishimga odamlar nima deyisharkan?» degan mulohaza va andishaga borish, rostgo’ylik, yaxshi xulq va yomon xulqning farqlarini tushunish, yaxshi xulqqa ijobiy, yomon xulqqa salbiy munosabatini bildirish, ko’nglidagi gapni ochiq aytishga o’rganish. Tarixning guvohlik berishicha, har bir xalq va millat o’zlarining eng ibtidoiy davridan, ya’ni urug’chilik davridan boshlab, o’zligini namoyon qilishiga, milliyligini saqlab qolishga va uni tobora rivojlantirib borishga harakat qilib kelganlar. Tarbiyaning bunday ko’rinishlari va uning o’ziga xos shakllari xilma-xildir. Shu o’rinda milliy qahramon Spitamenning vatanparvarlik yo’lida olib borgan mardonavor kurashlar yuqoridagi fikrimizga dalil bo’la oladi.
Ilm-fan mo’jizalar yaratgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Axmad Farg’oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqa ko’plab ajdodlarimiz qaysi zaminda yashamasin, qaysi tilda asarlar yaratmasin, o’z elini, urfodatlarini unutmaganlar, doimo «O’zbek» degan nomni ulug’laganlar. Milliy an’analarmizni o’rganishda Maxmud Qoshg’ariy va Yusuf Xos Xojib singari mashhur siymolar xizmatlari ham beqiyosdir. Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur, Abdulg’ozi Baxodirxon, Nodirabegim, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy kabi yorqin siymolarning sa’y-harakatlarini aytmaysizmi?! Haqiqatan ham, bu davr el-yurt tarixini, madaniyatini va san’atini o’rganishning oltin davrini tashkil etadi. Urf-odatlar, marosim va udumlar o’z-o’zicha boshqa xalqlar ma’naviyatidan ayricha taraqqiy etmagan qardosh-qozoq, qirg’iz, turkman, tojik va ozarbayjon xalqlarining ta’sirida yaratilgan, taraqqiy topgan. Tarbiya metodlari (usullar) – o’qituvchi- tarbiyachining oquvchilarga ta’sir ko’rsatish usullar, ularga ijobiy xulq-atvor ko’nikmalarii va malakalarini singdirish maqsadida ularning hayoti va faolyatini tarbiyaviy jihatdan to’g’ri tashkil etish yo’llaridiir. Aniqrog’i, tarbiya usuli deb tarbiyachining bolalarda axloq-odoob fazilatlarini tarkib toptirsh ta’sir etish yo’llariga aytiladi. Tarbiya usullari tarbiyaning maqsadi va mazmunidan kelib chiqib, komil inson shaxsini tarbiyalashga qaratilgandir. O’z-o’zini tarbiyalash bolaning doimiy ishi bo’lmog’i va uzluksiz davom etmog’i zarur. Chunki haqiqiy tarbiya bolani o’z kuch, layoqatlari va qobiliyatini ishga solishga undaydi, uning ideallarini, shaxsiy mulohazalarini, e’tiqodlarini tarkib toptiradi. Natijada bola shaxsini har tomonlama rivojlantiirishga qaratilgan tarbiyaviy jarayon o’z-o’zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Tarbiyaviy usullarni ularning vazifasiga qarab quyidag asosiy guruhlarga ajratish mumkin: Ijtimoiy axloqni tarkib toptirish va o’quvchilar faoliyatini yo’lga qo’yish usullari: o’rgatish ibrat-namuna, ishontirish, o’yin, musobaqalar. Bular yordamida o’quvchida axloqiy odatlar hosil bo’ladi. O’quvchilarning xulqida tarbiyaviy mazmunga muvofiq axloqiy nafosat, mehnat qilish odatlari qaror topib boradi. Bunday odatlar asosan faoliyat zaminida tarkib topadi. Demak, bola shaxsini ifodalaydigan ijtimoiy xulq odatlarini hosil qilish uchun uni faoliyatga jalb etish yo’li bilan ijtimoiy aloqalar sharoitiga qo’yamiz va uning shaxsiy xususiyatlarini belgilaydigan odatlar hosil qilamiz. Bu guruh usullariga vazifalar bir-birdan farq qiladigan juda ko’p yo’l va vositalar kiradi. Masalan, o’quvchiga sharqona urf-odat, tarbiyani o’rgatish, mashq qildirish, ibrat namuna, talab etish ishontirish, o’yin, jamoatchilik fikridan foydalanish shular jumlasidandir.
Bolalar tarbiyasida ibrat-namunaning ahamiyati kattadir. Namuna yoki ibrat usuli bolalardagi taqlidchanlikka asoslanadi. Taqlid boshqalarning xulq-atvorini, yurishturishini ongli yoki ixtiyorsiz ravishda takrorlash demakdir. Odatda bolalar o’zlarining yaqinlari, tevarak-atrofdagi kishilarning (ota-onalari, opa-akalari, muallimlari, kattalar, tengqurlari) xulq-atvorini va hatti-harakatlarini kuzatib boradilar, ularga taqlid qiladilar. Lekin ko’pincha bularning nimasi yaxshi-yu, nimasi yomon ekanini farqlay olmaydilar, ular o’zlari uchun ma’qul bo’lganlariga taqlid etadilar va qabul qiladilar. Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechirish uchun hamisha asos bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Mehnat – farovon va baxtli hayot kechirishning eng asosiy sharti bo’lganligi sababli hamma fuqarolar uchun majburiydir. Mehnat odamlarning biror maqsad uchun sarflagan vaqti, aqliy va jismoniy kuchi yoki zarur faoliyatidir. Mehnatsiz yashamoq mumkin emas. Ota-bobolarimiz asrlar davomida mehnatni ulug’lab kelishgan, o’zlari sidqidildan mehnat qilishgan. Bizga ulardan meros bo’lib qolgan barcha xazinalar – ilmiy-badiiy kitoblar, turli xildagi san’at asarlari, me’morchilik obidalari va boshqa narsalar ana shu mehnatning mahsulidir. Jahon fanining rivojiga bebaho hissa qo’shgan al-Xorazmiy, Ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur singari bobokalonlarimiz mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqlarni qo’lga kiritishgan va yoshlarni ham mehnatni sevishga, mehnatsevar bo’lishga chaqirishgan. Shu boisdan jahondagi barcha xalqlarning maqollarida bo’lgani kabi o’zbek maqollarida ham mehnat va mehnatsevarlik g’oyasi markaziy o’rinlardan birini egallaydi. «Suvsiz hayot bo’lmas, mehnatsiz rohat», «Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan», «Oltin o’tda chiniqar, odam – mehnatda», Mehnat bilan suyagi qotgan, mehnat tufayli izzatu hurmat ko’rgan har bir ota-ona o’z farzandlarining ham halol mehnat bilan yashashini, mehnati bilan el-yurt oldida sharaf topishini xohlaydi. Har qanday yumush, jumladan, idish-tovoq yuvish, uyhovlilarni supurish, mol-xollarga qarash, tomorqa, qurilish, ta’mirlash ishlarida qatnashish ham mehnatdir. Ota-onalar bolalarining kelajagini o’ylab, ularni ilk yoshlaridan mehnatga solib chiniqtirib boradilar. To’g’ri tarbiyaning eng ta’sirli, eng samarali usuli ham mehnatdir. Ota-onalar bolalarining mehnatiga hamma vaqt ham muhtoj bo’lavermaydilar, lekin bolani yoshligidan ishga o’rgatish, mehnatga ko’niktirish zimmalaridagi burch ekanligidan shunday yo’l tutadilar. Oilada ota-onalar o’z farzandlarining mehnatsevar, tejamkor va ehtiyotkor kishilar bo’lib yetishishlarida o’zlari namuna bo’lishlari kerak. Bu tarbiya ishlari uchun juda muhim omillardan sanaladi. Bolalarda mehnatga bo’lgan qiziqish va ehtiyoj ancha barvaqt paydo bo’ladi. Maktabga kelgan o’g’il va qizlarda esa muayyan mehnat ko’nikmalari tarkib topgan bo’ladi. Bu ko’nikmalar maktabdagi ta’lim [1-30] va tarbiya ta’sirida yanada mustahkamlanadi. O’quvchilarning jismoniy mehnatga nisbatan ijobiy munosabatlarini tarbiyalashda mehnat turlari va ilg’or mehnat kishilari haqida suhbatlar o’tkazish, ishlab chiqarish korxonalariga, zavod va fabrikalarga, dala, bog’ va chorvachilik, parrandachilik fermalariga ekskursiyalar uyushtirish, mehnat ilg’orlari haqida ocherk va hikoyalardan o’qib berish; mehnatni ulug’lovchi ertak va maqollardan foydalanish; o’quvchilarning o’z ota-onalari kasbi, ularning ishlari haqida suhbatlar uyushtirish singari tadbirlardan foydalanish yaxshi natijalar beradi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Bugungi kunda milliy tarbiya an‘analari oilaviy hayotimizda muhim mezonga aylanganmog’i darkor. Ayniqsa, oilada milliy tarbiyani yoshlarga singdirishda dastlab miliy odobni (avval salomlashish, keyin so’z boshlash, yaxshi va yomonni ajratish, kattalarga hurmat va kichiklarni izzatlash, ustozlarni e‘zozlash kabilarni), milliy g’urur asoslarini (o’zbek millatiga mansubligini anglash, O’zbekiston-Vatanim mening tuyg’usini chuqur anglash), vijdoniylik (andishali bo’lish, rostguylik, yolg’on gapirmaslik, yaxshi va yomon xulqqa o’zining to’g’ri fikrini bildirish) kabilarni tarbiyalash, o’qtirish, ularni axloqiy Nizomga aylantirish milliy tarbiyamizni yanada ravnaq toptiradi va kelajagimizni yuksaltiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mavlonova R., Raxmonqulova N., Normurodova B. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. - T.: Tib-kitob, 2010 y.
2. Ishmuxammedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Tarbiyada
innovatsion texnologiyalar. - T.: Fan va texnologiya, 2010 y.
Xoliqov A. A. X-72 Pedagogik mahorat. Darslik / A. A. Xoliqov; 0 6zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. - Т.: «IQTISOD-MOLIYA», 2011, -420 b.
Foydalanilgan veb saytlar.
Org.uz
Edu.uz
Arxiv.uz
Download 84.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling