Buxoro psixologiya va xorijiy tillar universiteti s-1-22-guruh talabasi
Download 42.44 Kb.
|
Tarbiyachi va uning ish hujjatlari.htm
Pedagogning mutaxassis sifatida:
aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish; -pedagogik jarayon samaradorligini, o‘zining ishchanlik faolligini oshirish; -izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o‘zlashtirish; -ilg‘or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo‘lish; -faoliyatiga fan-texnikaning so‘nggi yangiliklarini samarali tatbiq etish; kasbiy va malakalarini takomillashtirish; ko‘nikma salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi. Pedagoglarning o‘z ustilarida izchil, samarali ishlashlarida faoliyatga loyihali yondasha olishlari qo‘l keladi. Ularning loyihali yondashuv asosida quyidagi modelni shakllantira olishlari maqsadga muvofiqdir. Pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo‘lishida o‘zini tahlil qila olishi ham ahamiyatli sanaladi. O‘zini o‘zi tahlil qilish pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o‘z amaliy harakatlari mohiyatining o‘rganilishidir. O‘zini o‘zi tahlil qilish orqali pedagog o‘zini o‘zi obyektiv baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Zero, pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo‘lishida ularning o‘z-o‘zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir. O‘zini o‘zi baholash (O‘O‘B) – shaxsning o‘z-o‘zini tahlil qilishi orqali o‘ziga baho berishi. O‘zini o‘zi baholash subyekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o‘ziga obyektiv baho berish, o‘zidan qoniqishni ta’minlaydi. O‘z-o‘zini baholash shaxsning qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita tayyorlash mumkin. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi pedagogning ham o‘zini o‘zi samarali baholay olishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo‘riqchisining vazifalari Yo‘riqchilarning majburiyatlari: -Maktabgacha ta’limga qo‘yilgan davlat talablari mazmunini bilishi; “O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonun va qarorlarni, Maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha talim muassasalarda jismoniy tarbiya va bolalar sportini rivojlantiriga oid me’yoriy hujjatlari, yo‘riqnomalari mazmunini bilishi maqsadga muvofiq. -Maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiyasi, bolalarni jismoniy tarbiyalashning nazariy va amaliy asoslarini bilishi; -Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasini yaxshi anglagan bo‘lishi; -Sport va ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini; -Zamonaviy va xalq o‘yinlari qoida va talablarini bilishi va ulardan ish jarayonida unumli foydalanishi lozim. Jismoniy tarbiya va sport yo‘riqchisining lavozim majburiyatlariga quyidagilar kiradi: a) har bir guruh uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jadvalini tuzadi, guruhlar yosh tarkibini hisobga olib tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazadi; b) kun davomida bolalarning harakat faolligini nazorat qiladi. Sport-sog‘lomlashtirish ishlarini olib boradi, shu maqsadlarda sport, sog‘lomlashtirish tadbirlari rejasini ishlab chiqadi; sog‘lom, jismonan baquvvat holda maktabga tayyorlash maqsadida bolalarga jismoniy mashqlar bajartiradi; jismoniy rivojlanishda orqada qolgan bolalar bilan alohida mashg‘ulotlar o‘tkazadi; v) bolalarning sog‘ligi va jismoniy holatini nazorat qiladi, tarbiyachilar va ota-onalarga bolalar sog‘ligini mustahkamlash, jumladan sport seksiyalari, to‘garaklar tashkil qilish bo‘yicha maslahatlar beradi, ularga metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi; g) mashg‘ulotlar paytida bolalar sog‘ligi va xavfsizligiga javobgardir, o‘zining kasbiy mahoratini, bolalar bilan ishlash metodik usullarini uzluksiz takomillashtiradi, maktabgacha muassasa xodimlari va ota-onalar orasida jismoniy tarbiya tashviqotini olib boradi. Download 42.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling