Buxoro shahar


II. O’tgan mavzuni so’rash


Download 1.52 Mb.
bet3/3
Sana30.04.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1403852
1   2   3
Bog'liq
Копия Abdurahmonov Jahongir 8-sinf dars ishlanma

II. O’tgan mavzuni so’rash.
Uyga vazifa- Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar ustida ishlanadi, bunda turli- skanvord, klaster, mevali bog` kabi interfaol metodlardan foydalaniladi. Shu asosda o`tilgan mavzu bo`yicha o`quvchilarning bilim va malakalari baholanadi.
Guruhlar stol ustiga yoyilgan so`zlar orasidan ko`makchi yordamchi so`z turkumiga oid so`zlarni tanlab, “Klaster”tuzadilar.Qaysi guruh tez va to`g`ri bajarsa, g`olib sanaladi.

Chaynvord yordamida guruhlar olmosh so`z turkumi yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlaydilar.

M

E

N

E

G

A

SH

U

E

N

H

V

D

Z

S

I

Z

C

K

I

M

A

N

A

Q

A

CH

O

N

A

A

N

D

B

I

O`

Q

A

A

U

N

SH

R

YE

Y

T

U

A

1-guruh : kishilik olmoshlari- men, sen, biz, siz,u.
2-guruh : so`roq olmoshlari- kim?,nima?, qachon?, nega?,qanday?
3-guruh : ko`rsatish olmoshlari- bu, shu, ana, mana, o`sha.
Shartlarni birinchi va to`g`ri bajargan guruh a’zolariga “Rag`bat”kartochkalari berib boriladi.
O`tilgan mavzular yuzasidan guruhlarga umumiy savollar beriladi.
1. Yordamchi so’zlar deb nimaga aytiladi
2. Ko’makchilarning vazifasi
3. Sof ko’makchilar deb nimaga aytiladi?
4. Vazifadosh ko’makchilar deb nimaga aytiladi?
O`tilgan mavzu slaydlar yordamida xulosalanadi.




II. Yangi mavzu:
Yangi mavzu avvalida darslikda berilgan topshiriqlarga e’tibor qaratiladi. Bunda multimediya vositalariga murojaat qilinadi, shu bilan bir qatorda o`quvchilar sinf taxtasiga topshiriqni yozadilar.
1-topshiriq. Nuqtalar o’rniga qavs ichida berilgan yordamchi so’zlarni qo’yib, gaplar qatorini hosil qiling.
Men Pirimqul Qodirov ... Said Ahmad asarlariga qiziqaman. Saidiy borib qishloqning ruhini o’z ko’zi bilan ko’rgisi keldi,... borishga yuragi betlamas edi.
(goh... goh, yo... yo..., ba’zan... ba’zan..., na..., na..., bilan, va, ham... ham..., bir... bir...)
Yangi mavzu bayoni.(slaydlar yordamida)
Gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so’zlarga bog’lovchi deyiladi. Masalan: va, ammo, lekin, biroq, chunki, yo... yo..., dam... dam..., goh... goh... singari.

Bilan ko’makchisi ba’zan uyushiq bo’laklarni bog’lab kelganda bog’lovchi vazifasini bajaradi: Qalam bilan daftar oldim.
O’zaro tobe bog’lanuvchi so’zlarni bog’lab kelganda ko’makchi vazifasini bajaradi: Qalam bilan yozdim.

181-mashq. Nuqtalar o’rniga bog’lovchilardan mosini qo’yib, gaplarni ko’chiring.
1. O’rtoqlarim ... men uloqning tezroq boshlanishini kutmoqdamiz. (Abdulla Qodiriy) 2. Farzandlari galma-galdan xivichlarni bir yo’la sindirishga urinibdi, . . . hech biri buning uddasidan chiqa olmabdi. (Ertakdan) 3. O’zi balo tog’ining . . . ofat bulog’ining Boshida o’ltirarmish, Kun-u tun, yoz ham qish. (Hamid Olimjon) 4. O’ktam u yoq-bu yoqqa asta yurar, «Komila bu yerda biron ishga . . . majlisga o’ralashib qolmasaydi», deb xavotirlanardi. (Oybek) 5. — Sizga bir narsani ko’rsataman, . . . kinoga olmaysiz ! — dedi Islom. (Sh. Xolmirzayev)
Bog’lovchilar: va, yo, ammo, bilan, lekin.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.


1. Yordamchi so’zlar deb nimaga aytiladi
2. Ko’makchilarning vazifasi
3. Sof ko’makchilar deb nimaga aytiladi?
4. Vazifadosh ko’makchilar deb nimaga aytiladi?
5. Bog’lovchilar deb nimaga aytiladi?
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling