Buxoro shahrini yoshini aniqlash borasida amalga oshirilgan tadqiqotlar hason o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda
Download 82.65 Kb.
|
Buxoro vohasida o’rta asr shaharlari (2)
1.2. Ilk o‘rta asrlarda Buxoro vohasi.
Narshahiyning «Buxoro tarixi» asarini sharofati bilan biz poytaxt Buxoro va boshka katta bo’lmagan voxa shaharlari to’g’risida ancha ma’lumot olamiz. Bu asardan tashkari boshka manbalarda bu voxada shuningdek, Paykent, Romiton, Tavavis va Vardana kaba shaharlar borligi kayd etilgan. Buxorodan sung ikkinchi urinda Paykent bo’lib, yirik savdo dukonlari bo’lgan. 20 ga iborat bo’lgan Shahriston, qaysiki ikkita ichki devor bilan to’silgan. Romiton qadimda voxa markazi sifatida kayd etilgan. Arablar boskini davrida, u mustakil siyosiy birlik sifatida faoliyat olib borib, Buxorodan aloxida Qutayba bilan shartnoma tuzgan (Tabari II s 1198) Bir xildagi kishlok yonida joylashganligi Romiton uchun shaharchasi koldiklari uning katta – kichikligi bilishiga anik guvoxlik bera olmaydi. Qishlok bilan egallagan markaziy qism baland to’rtburchak qo’rg’on (sitadel) tepaligidan (140x165m) iborat bo’lib, yarmida katta beshburchak istehkom – shahriston (5ga) dan iborat, shuningdek undan janub g’arb va sharqda joylashgan uchta tepalik (rabod qoldiqlari) dan iborat. Ikkita meridional kuchalar shaharlarni uchta to’g’ri bo’lakka bo’lib turgan. Yukoridagilardan shunday xulosa kilish mumkinki, arablar davriga kadar Romiton kaysidir davrda voxaning 1 chi shaharlaridan bo’lib, va Termiz, Axsiket va Chag’oniyon singari bir katorda turgan. X asr arab geograflari Buxoro voxasida 30 ga yakin shaharlarni aytib utadilar. Buxoro voxasidagi shaharlar soni katta Xorazm viloyatidan ustun turganligani bilish mumkin. Al–Istaxri keltirilmagan shaharlar nomi Narshahida uchraydi. (Afshina, Iskejket). VIII-X asrdagi kupchilik shaharlar, extimol dexkonlarning mustaxkamlangan rezidensiyalari bo’lgan bo’lib, voxa xayotidagi muxim rolni uynamagan bo’lishi mumkin. Boshka tomondan esa, Narshahiy, kupgina kishloklarni aytib utib, lekin Magkan va Bemijkent to’g’risida ogiz xam ochmagan. Al – Istaxri va Al – Muqaddasi bo’lar haqida ma’lumot berib o’tgan (hatto Muqaddasiyning ta’kidlashicha, Magkak – rabod bilan birgalikdagi katta shahar) Al – Muqaddasiy Buxoro haqida anik ma’lumotga ega bo’lganligini, shaharga uxshash Sharcha va Iskejketlarni qishloqlari qatoriga qo’shib o’tadi. Buni shuningdek, Narshaxiy xam e’tirof etib utadi. Baribir xam, Narshahiy tufayli, biz Buxoro shaharlari to’g’risida bir muncha ma’lumotga ega bo’lamiz. Yigirmata shaharlardan 6 tasining joylashgan urnini va 3 tasi ko’hna shahar sifatida ma’lum. Lekin mana shu 9 ta joydan 5 tasi – Zandana, Vardana, Afshona va G’ijduvon to’g’risida uning shahar tadqiq etilmagani, katta – kichikligi aniqlamaganligi va faqat ularning kayerda joylashganligidan tashkari, hyech narsa bilmaymiz. Arxeologik tadkikotlar natijasida, voxaning g’arb tomonida olib borilgan fakat bitta shahar – Varaxsha saqlangan. Qolganlari esa obodlashgan qismda joylashganlar. Buxoro shahri VIII asrlarda voxaning yirik shahri xisoblanmagan. Keyinchalik, IX asrda Buxoro rivojlanib boradi. X asrda Buxorodan sung voxadagi eng yirik shahar – Tavavis xisoblanib, lekin shahar shunchalik vayron bo’lganki, hatto shahristonning taxminiy kattaligini xam ulchab bo’lmagan. Rabot fakat Zandana va Magkanda mavjud bo’lgan. Romitanda xam rabotning bo’lganligini, shahardan 250 m janubda devor koldiklari saklangan, bu Varaxshada xam mavjud. Yukorida aytib utilgan voha shaharlari ichida, dexqonlarning iste’hkom rezidensiyalari nafaqat rabod, balki shahristoniga xam ega bo’lganlari bor. Siyosiy mavqyeilari yo’qolib borgach, bu shaharchalar qishloqlarga aylanib borgan. Buxoroga ma’muriy jixatdan buysunuvchi beshta shahar voxadan tashqarida joylashgan. Bulardan biri Farobr bo’lgan, qolganlari esa So’g’d va Buxoro o’rtaligida joylashgan. XII asrda Buxoroning ba’zi bir shahar va qishloqlari karovsiz yemirila borilgan. Varaxsha va Poykend xam, voxaning g’arbiy cheka xududlari qurib qisqarib borgach shaharlar urnini yangilari – G’ijduvon, Vobkent kabilar egallab borganlar. Buxoro sharqning mashxur kadimgi shaharlaridan biridir. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, Buxoroga eramizdan avvalgi I ming yillik urtalarida asos solingan uning nomi ilk o’rta asr Xitoy manbalarida turlicha – An, Ansi, Ango, Buxo, Buku, Buxe, Buxaer, Buxala, Buxuala, Fuxo, Puxuala kabi nomlar bilan atalgan. Bu atamalardan avvalgi uchtasi Buxoroning xitoycha nomlari bo’lsa, keyingilari «Buxoro» suzining xitoy tilidagi talaffuzidair. O’rta asr arab manbalarida esa Buxoro, Numijkat, Navmichkat, bumichkat, (yangi Qo’rg’on) Al – Madina as – sufriya (mis shahar) Madinat at tujor (Savdogarlar shahri), Fohira (Faxr-li shahar) kabi nomlar bilan tilga olingan. Vuxoro atamasi sanksretcha «buxoro» suzining turk mugulcha shakli «buxor» (ibodatxonadan) kelib chikgan deb taxmin kilingan. Keyingi tadkikotlarda bu atama so’g’dcha «bag’» (tangri) xamda «oro» (jamol) suzlaridan iborat bo’lib «tangri jamoli» degan ma’noni anglatadi, degan fikr ilgari surilgan. Buxoroning islomga kadar bo’lgan siyosiy tarixi xususidagi ma’lumotlar mil. av. VII – VIII asrlar Bilan chegaralanadi.VI – VIII asrlar boshida Buxorxudotlar xokimligi poytaxti bo’lgan Buxoro 709 yilda arablar tomonidan bosib olinadi. Mil.av. I ming yillik urtalarida, mil. av. IV – III asrlarga oid madaniy katlamlar Buxoro arki va Shahristoni xududdidagi kazishmalar va stratigrafik xududlarda aniklangan. Shuningdek, yunon tarixchilari Arrian, Flaviy xam Buxoroni tilga olganlar. Spitamen ittifokchilar izlash maksadida Bagi yoki Gabi – so’g’d yerlari xamda – massagetlar urtasidagi chegaraga kushinlari Bilan yetib borgan. Bu so’g’d yerlari chekkasida bo’lib, Buxoro joylashgan uringa muvofik keladi. Salavkinlar davrida bu yerda nima bo’lganligi noma’lum. Birok, Buxoro voxasi keyinrok, ehtimol, Yeftidam davrida (m. av. 230-200) Yunon – Bakteriya davlati tarkibiga kiradi. Bunga Buxorodan topilgan tangalar guvoxlik beradi.milodning dastlabki asrlarida Buxoro voxasi Katta Ansi (Parfiya) ga vaseal tarzida ikki yirik tobe o’lka: Gi va kichik Ansi bo’lganligi numizmatik ma’lumotlar asosida xulosani tasdiklaydi. Kichik Ansi bevosita, Buxoro mulki xisoblangan. Milodning IV asri ikkinchi yarmida Buxoro voxasining vaziyati uzgaradi. Bu birinchi navbatda, sosoniylar ta’sirining kuchayishi bilan bog’liqki, oldingi ellinizm ramzlari yo’qoldi – taxtiravonda o’tirgan Gerakl tavsviri urnini sosoniylarni o’tli mexrobi – (otashdon) egallaydi. Mil. IV asr boshlarida Buxoro voxasida ung tomonida xukmdorning o’ngga qaragan boshi tasvirlangan, orka tomonida esa utli mehrob va hukmdor nomi, unvoni yaxshi o’qiladigan so’g’d yozuvli kumush tangalari chikarilgan. V.A. Livщisning fikricha, hukmdorning ismi eroncha bo’lib, otlik degan ma’noni anglatadi. Mil. VII asridan oldingi davrga mansub bo’lgan Shimoliy xonadonlar tarixi – Beyshi va Suyshu (VII) manbalariga kura, Buxoro voxasida xududida bo’lgan eng yirik ulka An deb atalgan. Suyshu (Suy sulolari tarixi) ma’lumotiga kura Buxoroda ikkita ulka mavjudligini aytadi. Mazkur manbaga kura, Andan (Buxoro) yuz li (taxminan 45 km) g’arbda Bi o’lkasi joylashib uning podshoxi bo’lmagan va An davlatiga bo’ysungan. Bu o’lkani Poykand bilan taqqoslash mumkin. Ma’lumot juda kiska bo’lsada, birok u har ikkila ulka urtasida kandaydir ziddiyat mavjudligiga va Buxoroning bir ulkasi ikkinchi ulka ustidan uz xukmronligini urnatganligi ishora kilinadi. VII-VIII asr Buxoro xukmdorlari haqida arab – fors va xitoy manbalarida ancha kup ma’lumotlar keltirilgan. Xuroson noibi Ubaydulloh binni Ziyod davrida (673 – 674) boshlangan va Said binni Usmon va Salom binni Ziyod davrida (680 - 683) davom ettirilgan arablarning buxoroga harbiy yurishlari vaktiga kelib, Boxoro voxasida bir kancha mustakil tumanlar joylashgan. Buxor – xudotlar sulolasi tomonidan boshkariladigan Buxoroning uzi: fors Shahzodasi Shopur avlodlari – vardanxudotlar hukmronlik kilgan. Vardana, Karmana va savdogarlar shahri poykand. Mamlakat arablar tomonidan fath etilgandan so’ng, bo’larning bari Buxoroga qo’shib yuborilgandan so’ng, bu tumanlar uz mustakilligini yo’qotli. Numizmatik dalillar bu davrda Buxoro vohasida o’z tangasini zabt etish xukukiga ega bo’lgan mustakil tumanlar bo’lganligidan guvoxlik beradi. A. Naymarkning taxminiga kura, nisbatan yakinda topilgan va ung tomonida yirtkich hayvon, orqa tomonida nasroniylar xochi tasvirlanganbir kancha jez tangalar jez tangalar Vardona xukmdorlari tomonidanzarb etilgan. Ayni vaktda yirtkich xayvon – xoch tasvirli tangalardan tashkari, bo’g’u – xoch, qo’y – xoch tangalarini topishga muyassar bo’lgan A. Musakayevaning fikricha, ularning bari Varaxshaga taaluqlidir. Qutayba ayrim ma’lumotlarga kura, 88–707 yili, boshka ma’lumotlarga karaganda, 90–709 buxorxudotlar bilan shartnoma tuzgan. Uning shartlari buyicha Buxoro har yili 210 ming dirxam (kumush tanga) tulab turishi poytaxt shahristonidagi uylarning yarmini istilochilarga bushatib berishi va ularni yem – hashak hamda yokilgi bilan muntazam ta’minlab turishikerak bo’lgan. Buxoro Arkida Qutayba birinchi Jome masjidini barpo etdi. Ark yakinida esa hayit namozi ukiladigan masjid kurdirdi.shunisi e’tiborga sazovorki, Qutayba ibn Muslim kofirlarning hujum xavfi borligidan musulmonlarga xayit namozlarga kurol bilan kelishni buyurdi (vaxolanki, umuman namoz ukishga kurol bilan kelish nojoiz) Qutayba islomni kabo’l kilgan Tug’shodani taxtga utkazish bilan Buxoroda kadimiy maxalliy sulolar xokimiyatini saklab koldi. Uning fukorolaridan ayrimlari fakat islomga kirishdi Xurosonga Ashras ibn Abdullox as – Sulamiy (727 – 729) noiblik kilgan davrida bu yangi dinga kiruvchilar okimi jadallashdi. U musulmonlardan solik olmaslikka va’da berdi, natijada so’g’diylarning ko’pchiligi islomga kirishdi va xazinaga mablag’ tushishi deyarli to’xtadi. Shudan keyin Amras soliq solishning ilgarigi usuli tiklash tug’risida farmon chikardi, bu xol 728 yil so’g’diylarning qo’zg’aloniga sabab bo’ldi. Ular ilgarigi e’tikod qilgan dinlariga qaytishdi turklarni yordamga chakirib, Buxoro voxasi bilan birgalikda, deyarli butun So’g’dni zabt etishdi. Fakat kelasi yilgina arablar Buxoroni kaytarib olishga muvoffik bo’lishdi. 747 yilda Abu Muslim boshchiligida Ummaviylarga Karshi keng kulamda harakat boshlandi. Bu harakat 749 yili Golibona yakunlandi, buning natijasida, xalifalikda xokimiyat tepasiga yangi – Abbosiylar sulolasi keldi. Deyarli usha vaktni uzidayok (133/750-751) Buxoroda Alilardan (ya’ni xalifa Ali avlodlari) Sharik ibn Shayx al – Maxri 30 mingdan ziyod murid tuplab Abbosiylarga Karshi kuzgalon kutardi. Buxoroning barcha axoli uni kullab – kuvvatladi. Abu Muslim unga Karshi lashkar yuborib, buxoro bir oydan kup davom etgan kamaldan sung, Buxoro kulga olinib unga ut kuyildi, shahar uch kun yondi, asirlar shahar darvozasiga osildi. Shundan sung, Abu muslimning uzi xam uzok yashamadi. 755 yilda xalifa saroyida uldirtirildi. Birok Markaziy Osiyoda uning muridlari ko’p bo’lib, ular orasida Muqanna lakabli Xoshim ibn Haqim xam bor edi. U Movarounnahrda kuplab tarafdorlar tuplab, 776 yilda butun So’g’dni komiga olgan ommaviy harakatga boshchilik kildi. Usha yili Buxoroning Narshah qishlog’ida va Numichkatda, ya’ni Buxoroning uzida, Muqanna tarafdorlari kuzgalon kutarishdi. 806-810 yillarda butun Movarounnaxr isyonchi amir Rafe ibn Lays kuliga utdi. Uni Xuroson noibiningogir zulmidan va poraxo’rligidan g’azablangan so’g’diylar faol qo’llab – quvvatladi. 809 yilda xalifa Xorun ar – Rashid unga Karshi katta kushin yubordi va Buxoro qamal qilindi. Mudofaa Rafe ibn Laysning ukasi boshchilik kildi. Nixoyat, shahar xzabt etilib, Bashir asirga olinib, xalifaning buyrugiga kura katl kilindi. Arablar fatxi, Markaziy Osiyo, jumladan, Buxoro tarixida muxim burilish davri bo’ldi. Har kanday istilo singari, ayniksa uzok vaktga chuzilgan bu fath, ham tolonchilik, yong’in vayronagarliklar, kuplab so’g’diylar halokati yoki qullikka aylantirilishi bilan birga kechdi. Arablar So’g’dga ilgari na siyosiy va na diniy birlik nimaligini bilmagan yagona islom dinini olib keldi. Uzok vakt karshilikka va noxush xolatlarga duch kelgan islom bu yerda asta – sekin chukur ildiz otabordi. Shu bilan birgalikda islomdan avvalgi ko’pgina an’analarga o’z ahamiyatini yo’qotmadi, ulardan ayrimlari xanuz yashab kelmokda. Arablar kelishi bilan buxorxudot tangalari namunasida kumush tanga ishlab chikarish davom etdi. Lekin ikkala davr tangalari urtasidagi fark shundaki, endigi tangalar draxma emas, dirxam deb atalgan va ularda paxlaviy va so’g’d yozuvlari barobarida, odatda kiska arab yozuvlari bitilgan. Buxoro o’zining uzok tarixi davomida faol kurulish va kayta kurilishni bir necha boskichini boshidan kechirdi. Kadimgi davr inshoatlari zamonlar utishi bilan vayronliklar va yangi kurilishlar ostida kolib kup asrlar madaniy koldiklar bilan qoplangan. Me’morchilik taraqqiyoti VI-VII asrlar Buxoro so’g’di obidalarida yaqqol aks etgan. O’sha davr shaharlari uncha katta bo’lmasada, ulardagi turmush tarzi yuksak bo’lgan. Bu jihatdan Buxoro ham o’ziga xosdir. Uning dastlabki antik davr o’zagi vayrona holga kelgan qal’a devorlari qoldiqlari ustiga urilgan yangi istehkom bilan o’raldi hamda ilgarigi qala-ko’handiz Arka –shoh o’rdasiga aylantirildi.unga kiraverishda keng maydon – Registon barpo yetildi,uning atrofida shaharning o’zi–shahriston shakllandi. Arkda mudofaa inshootlari va aslahaxonalardan tashqari, devonxona, xazina, qamoqxona joylashgan. VII asrda buxoroxudot Bidun barpo qilgan saro kompozisiya markazini tashkil yetgan. Saroy, chamasi, ancha oldingi yumshoq qatlamlar to’shalmasi ustida qurilgani sababli bo’lsa kerak bir necha bor buzilgan; nihoyat, qatlam ostiga, Narshahiyning yozishicha, «tarhiga ko’ra Katta Ayiq yulduzini yeslatuvchi» mustahkam qoziqoyoqlar qo’yilgach, Saroy behavotir bo’lgan va XII asrgacha saqlanib kelgan. Shahriston markazida savdo–hunarmandchilik ko’chalari bo’lib,ularning har ikkala chetiga do’kon va ustaxonalar qurilgan, ularning ortida turar joylar bo’lgan. Shahriston tashqarisidagi Jo’yi Mo’liyonning sug’oriladigan yerlarida bog’ va qo’shiqlar barpo yetilgan.Arablar fathidan keyin shahar tashqarisida mahalliy feodal – kashkashonlar saroylari qad ko’targan.Chamasi,bo’lar , ilk o’rta asr Markaziy Osiyosi uchun xos bo’gan qo’shklardirki, ular dalalar o’rtasida balandroq sahnda ko’p xonali qo’rg’onlar tarzida bunyod yetilgan. Narshahiy malumotiga qaraganda, uning davrida Buxoro viloyatida yetti yuzga yaqin ana shunday qo’shklar bo’lib , ularning talaygaina qismi tashlandiq ahvolda edi Poykand. Mil. av. IV-III asrlarda chegara istekomi sifatida Buxoro so’g’dining Eron bilan chegaradosh yerida kadimgi Poykand shahri bunyod etilgan. Keyinchalik Buyuk Ipak Yo’lining Poykand orkali o’tishi kal’ani shaharga aylanishiga sabab bo’ladi. Poykand haqidagi ma’lumotlar arab – fors jo’g’rofiy olimlar: At – Tabariy, Ibn – al – Xordodbex, Ibn Fakix, Firdavsiylar kitoblarida, Muhd Narshahiyning «Tarixi Buxoro» saqlanib qolgan. Poykand haqidagi ayrim ma’lumotlar o’rta asr Xitoy yilnomasida xam keltirilgan. 1896 yil topograf N.F.Sitnyakovskiy tomonidan XI asr o’rtalarida yuk bo’lib ketgan. Poykand harobalari haqida dastlabki xabarni beradi. 1913 yilda L.A. Zimin tomonidan shaharchaning ilk kadimshunoslik tadkikotlari boshlanadi. 1939-1940 yillarda esa shaharchani Ermitaj (A.Yu. Yakobovskiy) va O’zkomstaris (V.A. Shishkin) olimlari o’rgangan. Shaharchada muntazam kazilmalar va tadkikotlar XX asrning 80 yillarida O’zFA Arxeologiya inst-ti olim jamoasi tomonidan Ermitaj mutaxassislari ishtirokida utkazildi. Ko’p yillik qadimshinos tadkikotlar natijalari 1996 yilda chop etilgan «Poykand shaharchasi» monografiyasida o’z aksini topdi. Shaharcha turli vaktda mansub bir kancha kismlardan iborat. Shulardan kadimiysi 90x90m ulchamidagi ark xisoblangan. V asrda arkni dastlabki istehkomlariga shimoliy shark tomonidanyangi devorlar kurilgan bo’lib, ular tirqishsimon shinaklar bo’lgan turtburchak minoralar bilan mustaxkamlangan. Turli kadimshunos tadkikotchilar shaharchadagi ilk katlamlarni, ya’ni IV-V asrlardan tortib XV asrgacha bo’lgan davrni kamrab olgan. 1900-2000yillarda olib borilgan kazilmalar jarayonida arkda uchta yonib ketgan xona topildi. Ulardan biri, ya’ni «Naqshu nigorli xona» nomini olganida buxorxudotlar xazinasi va yashirib kuyilgan qurol – aslaha omborxonasi topildi. Qurol – aslaha bilan birgalikda, muhr nishonli osma sopol yoriqlar buxorxudotlarning kumush tangasi, sopol idish topildi. Xonalar VII-VIII asr boshida kurilgan deb taxmin kilinadi. VIII asrga oid dorixona binosi noyob topildik xisoblanadi. Qadimshunoslar suyuklikni tozalash va haydash uskunasidan bo’lgan urta asr retort (kimyoviy tajribada ishkiluvchi noksimonnaychali idish) xilidagi maxsus kimyoviy idishlar alembiklar, mum qoldiqli, muolajada ishlatiladigan mis tovoqcha, arab yozuvli nishtarlarkuplab tanga va boshka buyumlartopilgan. Binoning tarxi to’rtburchak shaklida bo’lib asosan, ikkita ketma ket joylashgan katta xona va ular ichidagi bir necha bo’linmalardan iborat. Arxeologlarning fikricha, kata xonalarning biri kimyoviy uslubda dori – darmonlar tayyorlashga muljallangan bo’lib, ikkinchisida dorilar, dorivor xomashyolar va idish – anjomlar saqlangan. Xonalarning biridagi bo’linmada zinapoyali keng supa joylashgan bo’lib, unda extimol kelgan kasallarga tibbiy yordam kursatilgan, boshkacha aytganda, bu bo’linma «ambo’latoriya» vazifasini bajargan bo’lishi mumkin. Dori tayyorlaydigan xonaning ostida uzunligi 6,3 metrli yertula xam bo’lib, u tayyor dori darmonlarniva turli xil buziluvchi maxsulotlarni saklashda uziga xos «sovutgich» vazifasini bajargan. Poykent dorixona binosi xozircha Zarafshon vohasida topilgan shu xildagi yodgorliklarning yagona timsolidir. Hozirda Poykent shaharchasida tutash xududda shaharcha tarixi muzeyi tashkil etilgan. Download 82.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling