Buxoro shahrini yoshini aniqlash borasida amalga oshirilgan tadqiqotlar hason o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda


Mavzuning o‘raganilganlik darajasi


Download 82.65 Kb.
bet2/9
Sana15.06.2023
Hajmi82.65 Kb.
#1483389
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Buxoro vohasida o’rta asr shaharlari (2)

Mavzuning o‘raganilganlik darajasi. Buxoro vohasining qadimgi davr tarixini o‘rganishda hududda olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning ahamiyati beqiyos. Vohadagi Poykent, Varaxsha yodgorliklarini arxeologik o‘rganish XX asr birinchi yarmida boshlanib, hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. L.A.Zimin, V.A.Shishkin, A.R.Muhammadjonov, J.Mirzaahmedov kabi olimlar tomonidan olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida yodgorliklarning voha ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotida egallagan salmoqli o‘rni aniqlanib, to‘plangan ma’lumotlar ilmiy jamoatchilik hukmiga havola etildi. Shuningdek, bronza davriga oid Zamonbobo yodgorligi Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasining a’zolari Yahyo G‘ulomov va Ahmadali Askarov tarafidan o‘rganilib, Buxoro vohasining janubiy-g‘arbiy qismida ibtidoiy madaniyat izlari mavjudligi aniqlandi. Qo‘lga kiritilgan ushbu ilmiy yutuqlarning talabalar diqqatiga havola etilishi, ularning qadimgi mahalliy madaniyat to‘g‘risidagi bilim va tasavvurlarini kengaytiradi.
Buxoro tarixini tadqiq qilish natijasida amalga oshirilgan akademik nashrlar Buxoro tarixining biror bir jihatini chuqur ochib berishga qaratilganligi bilan ilmiy ehtiyojlarni qondirsa-da, keng kitobxonlar, qiziquvchilar, havaskor tarixchilar, ayniqsa talabalar tafakkuri va ilmiy imkoniyatlariga muvofiq keladigan nashrlarni tayyorlash zaruriyati hamon o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishimizda tanlangan mavzu “Buxoro vohasida o‘rta asr shaharlari” bo‘lib, bunda asosiy maqsad o‘sha davrga oid shaharlar haqida yetralicha ma’lumot to‘plash kerak bo‘ladi, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun oldimizga quyidagi vazifalarni belgilab olamiz:

Ishning tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat boʻlib, ishning umumiy hajmi 49 betni tashkil etadi. Ishda 30 ta manbadan iborat adabiyotlardan foydalanilgan bo‘lib, shulardan 5 tasi internet saytlaridir.



Download 82.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling