Buxoro tarixi va arxeologiya kafedrasi
Kurs ishi mavzusining o’rganilish darajasi
Download 0.49 Mb.
|
Ahmadaliyev Kamron- markaziy osiyo(2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning maqsadi
Kurs ishi mavzusining o’rganilish darajasi. Ma’lumki, o’z davrida Markaziy Osiyo eng yirik aholi punktlaridan biri bo’lgan. Lekin, uzoq yillar davomida iqtisodiy, siyosiy va madaniy omillar tufayli tadqiqotchilarlarning e’tiboridan chetda qolgan.
Mazkur yodgorliklar sovetlar davrida G. Chayld, V. Masson, V. Sarianidi, M. Dyakonov, A. Kabırov, A. Asqarov, U. Rahmonov kabi tadqiqotchilar tomonidan u yoki bu darajada o’rganilgan . 2 Lekin mazkur tadqiqotlarning aksariyatida Markaziy Osiyo tarixiga umumiy, ya’ni kompleks ravishda yondashilmaganligi ajablanarlidir. Masalan ingliz olimi G. Chayldning Markaziy Osiyo shaharlari ilmiy izlanishlarida paydo bo‘lish masalasi Qadimgi Sharq arxeologiyasining bir bo‘lagi sifatida qaralgan bo‘lsa, M. Dyakonov, tadqiqotlarida Markaziy Osiyo shaharlashish jarayo- niga asosiy e'tibor qaratilgan.3 Lekin mazkur manzilgohlar tarixini o’rganishda rus olimi V. Masson tadqiqotlarini qayd etmaslik noto‘g‘ri bo‘ladi. Mazkur olim Marka- ziy Osiyo shaharlashishi va vujudga kelish jarayoni, uning hududiy xususiyatlari, aholining joylashuvi, mashg‘ulotlari, moddiy va ma'naviy madaniyati haqida kengroq ma’lumot berganligi bilan xarakterlidir4. Tadqiqotning maqsadi: Kurs ishi mavzusining asosiy maqsadi, mavjud manbalar yordamida Ilk o’rta asrlar Markaziy Osiyo shaharlari va ularni rivojlanishi va hududlarda joylashgan yodgorliklarni kompleks tarzda o‘rganishdan iborat. Tadqiqotning vazifasilari: Mavzuning maqsadidan kelib chiqib, muammo ilmiy yechimini izlashda quyidagi ilmiy vazifalarni amalga oshirishni ko`zda tutilgan: Markaziy Osiyo hududidagi ilk dehqonchilik va shaharsozlik madaniyatining vujudga kelish jarayonlari tarixini o‘rganish; Markaziy Osiyo shaharlari tipologiyasini tadqiq etish; O’rta Osiyo hududida joylashgan Buxoro va Samarqand shaharsozlik tarixini mavjud arxeologik va moddiy manbalar asosida tadqiq etish; O‘rta Osiyo hududidagi ilk shaharsozlik madaniyatining vujudga kelishga doir ilmiy xulosalar chiqarish. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling