Buxoro tarixi va arxeologiya


Geografik atamalar, o‘simlik hamda hayvon nomlari to‘g‘risida


Download 299.55 Kb.
bet5/11
Sana18.06.2023
Hajmi299.55 Kb.
#1597388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ozod O`lkashunoslik kurs ishi 22.05.2023

Geografik atamalar, o‘simlik hamda hayvon nomlari to‘g‘risida.
“Devonu lug‘otit turk” leksikasi toponimika uchungina emas, balki umuman til tarixi, dialektologiya uchun bitmas — tuganmas xazina. “Devon”da hozirgi vaqtda keng iste’molda bo‘lgan so'zlami ham, shaklan biroz o'zgargan atamalar hamda hozirgi vaqtda butunlay ishlatilmaydigan so'zlami ham uchratish mumkin. Biz geografik atamalami bir necha guruhga bo‘lamiz. o‘zbek adabiy tilida keng ishlatiladigan atamalar: aziz tog‘, ariq, o ‘ngir, qir, ang'iz, qayir (qumli yer), qoq (qoq-ko‘lmak suv), bulut, sag'iz tuproq (sog‘ tuproq), batig‘ (daryo va boshqalarning chuqur joyi; ilgarilari cho'kma deb atalgan), yar (jar), qo‘rum (qoya parchalari), burun (tog‘ burni, dengiz yoki kolga kirib borgan kambar yer), suvlag‘ (suvloq), oqin (sel), qishlag' (qishlanadigan joy, hozir ma’nosi o‘zgarib qishloq shaklini olgan), balchiq, уaylag ‘ (yozda turiladigan joy); yayyoz (hozir ma’nosi o‘zgargan-yaylov), yig'och (yog'och-uzunlik o`lchovi), yut (yaxmalak, yutchilik), soy, qoya, tupu (tepa), qorayog‘ (neft), qari6 (o'lchov birligi), о`у (chuqur yer); quzuq-quduq va hokazo. Asosan joy nomlari tarkibida qolgan atamalar: art — dovon, tog` tepasi (Og‘ochart, Oqart, Qizilart, Qayinart, O‘tizart, Ko'gart, Qizart, Qumart), baliq-shahar (Beshbaliq, Yangibaliq), o'kuz-daryo, yoz, yozi-cho‘l (Yozyovon, Sariyoz, Qizilyoz), tom-devor, kend, ken-shahar, qo‘rg‘on, qishloq, ulush-ulus, qishloq, shahar, qarshisaroy, qasr (Qarshi, Katta Qarshi, Kichik Qarshi, Qarshilik, Qarshiyon), tuz yer — tekis, yer (Tuzbel, Kattatuz), kechik (Yettikechuv, Toshkechuv), chimgan — o‘tzor, chimzor (ehtimol Chimyon cho‘qqisi shu so‘zdan olingan), bo'ktir — bo'ktar, tog‘ etagi va hokazo. Ba’zi bir atamalarning ma’nosi butunlay o‘zgarib ketgan. Mahmud Qoshg`ariyning yozishicha, ilgarilari amirlarning mollari boqiladigan ko‘katzor maydon, shuningdek, atrofi ihota qilingan har bir joy qo‘rig‘ deyilgan. Hozirgi vaqtda butunlay haydalanmagan yer qo‘riq deyiladi. Biroq ba’zi bir shevalarda, chunonchi, Zomin, Jizzax, G'allaorol va Forish tumanlarida daryo yoqalaridagi bo‘liq o'tlami qo‘riq deyishadi. Mevalarni urib ketadigan qattiq sovuq “Devon”da ushik deyilgan. Bunday sovuq geografik adabiyotda qora sovuq deb kelinadi. ”Devon”da hozirgi o‘zbek tilida ishlatilmaydigan atamalar ham bor: bo'ynak — tog‘ bo'yni, o‘trug' — orol, saqig‘ — sarob, esin —shamol, turug‘ — tog‘lardagi qal’a, turar joy, qug'ush — tarnov, chig‘ir — tor yo‘l kabi. Bu so‘z “Bobumoma”da ham uchraydi. Hozirgi vaqtda shevalarda qorga tushgan iz chiyir deyiladi. Xulosa qilib aytganda, “Devonu lug'otit turk”dagi geografik atamalar sinchiklab o'rganilishi kerak. Chunki ular ko'pgina toponimlaming etimologiyasi uchun “kalit” bo‘lib xizmat qilishi mumkin. “Devon”da qaraqan (qarag‘an), anduz (andiz), alma, almila (olma), arpag‘an, burchaq (lo‘viya), sarmusaq (sarimsoq), apshan (yavshanshuvoq), yilg‘un (yulg'un), yandaq (yontoq), qaramuq kabi o'simlik nomlari keltirilgan. Mahmud Qoshg`ariy davridan buyon ularning shaklida deyarli o'zgarish bo‘lmagan. Ayni paytda qazin (qayin), charun (chinor), avya (ayva — behi), yag‘aq (yong'oq), armut (Navoiyda —umrud, Radlovda-urmud), olmurut (nok, nashvati), azriq (ayrih) ajriq, egir, igir — iyir singari o‘simlik nomlari esa fonetik o'zgarish yoki metateza (harflarning o‘rni almashishi) bilan yetib kelgan. Aruk (eruk) bir necha mevali o'simlikning nomi bo'lgan: sariq aruk —o‘rik, qora aru — olxo'ri, tulug (ehtimol, tuklik) aruk — shaftoli; Asarda ishg‘un, ushg'un, qashg‘un — ravoch, jag‘mur hamda jamg'ur —sholg'om (uyg‘ur va qirg‘iz tillarida chamg'ir — turp, rediska), turma —turp, sarig( turma—sabzi (Mahmud Qoshg`ariy arg‘ular sabzini ”kizri”, o‘g‘uzlar “kashur”, “gashir”deydilar deb yozadi) kabi o‘simlik turlari izohi ham keltirilgan. Ammo ba’zi bir o‘simlik nomlariningizohida chalkashlik borga o‘xshaydi. Masalan, so‘kso‘k nima uchundir “yulg‘un daraxti” deb izohlangan. Aslida so‘kso‘k yulg'un emas. Birinchidan, “Devon”da yulg'un so‘zi ham bor. Ikkinchidan, qavs ichida “yaxshi yonadigan yog‘och” deb izoh berilgan. Demak, so‘kso‘k — saksovul Navoiyda ham so‘kso‘k so‘zi saksovul ma’nosida uchraydi. Xorazmda saksovulni hozir ham so‘kso‘k deyishadi. Qorako‘1 tumanida So‘kso‘k degan qishloq bo‘lgan. Tavilqu so'ziga “qizil tol” deb izoh berilgan. Tovilg'i tol emas, buta. Bobur “tovilg'idan qushlarga qafas va tirgaz (kamon o‘qi) qilinadi”, deb yozgan. Bir xil o‘simliklaming nomi butunlay o'zgarib ketgan. Masalan, bug'doy, tariq, umuman g‘alla ekinlari tarig` deyilgan. Jenshenning qadimiy turkiy nomi bo`lgan-sig‘un o‘ti (Navoiyda suyqun), Mahmud Qoshg`ariy o‘simlik nomidan kelib chiqqan toponimni ham keltirgan: “Ar-ar daraxti-qora archa, Qashqarda bu nomdagi ikkita qishloq bor”. Bundan tashqari har bir o'simlik nomi toponimga aylanishi mumkin. Chunonchi, tol, terak, o‘rik, olma, sarimsoq, yulg‘un, chinor singari o'simliklardan nom olgan toponimlar juda ko‘p uchraydi. “Devon”da o‘simlik nomlariga qaraganda hayvon nomlari ancha ko‘p. Arslon, lochin, qulon, kirpi (tipratikon), qarg‘a, burga, tilku (tulki), quzg'un, qarsaq (tulkining bir turi), tartar (qush), tavishg'an (quyon), qoy-qoyin, qoraqush, bars (qoplonning bir turi), it, to‘ng(iz, o‘q yilon (o‘q ilon), atan (axta tuya) kabi hayvon nomlari hozir ham shu shaklda talaffuz qilinadi. Ko‘pgina hayvon nomlari hozirda boshqacharoq talaffuz etiladi: tishak (ikki yoshli qo‘y), hozir-shishak, chebish folti oylik uloq)-chivich, chazan hozir chayon, chafli-chovli, qatir-xachir, qo‘tuz-qo‘tos, qo'ch, qo'chngar-qo‘chqor, azig‘-ayiq, azg‘ir-ayg'ir, taqag'u-tovuq, qirqoy-qirg‘iy, sig’ir-sigir, eshkak, eshyak-eshak, qashg‘alaq-qashg'aldoq va hokazo. “Devon”da bir qancha hayvonlarning eski, turkiy nomlari keltirilgan. Jumladan, yag‘an-fil, kish-sobol, tegin-olmaxon, inak-sigir, bulan-los, sanduvach-bulbul, chabaq7-mayda baliq va hokazo. Hayvon nomlarining izohlarida ham ba’zi bir chalkashliklar bor ko‘rinadi. Chunonchi, o‘qlug‘ kirpi-“tipratikonning juda katta xili” deyilgan, holbuki u “jayra” bo‘lishi kerak. V.V.Radlov lug'atida o‘qlug‘ kirpi -“jayra” deb izohlangan (turkman tilida ham jayra shu nom bilan ataladi). Bug‘ra II tomning 386-betida “nor tuya” deyilsa, I tomning 196-betida “erkak hayvon” deyilgan. Ular so‘zi “erkak kaklik deb, ularlig‘ tog‘ esa ”kakligi ko‘p togi” deb talqin qilingan. Aslida “ular”-kaklik emas, balki tog‘ kurkasi. I tomning 319 betida qoraqush-“burgut”, III tomning 240-betida esa -“qirg‘iy” deyilgan. Burgutning bir turi qoraqush deyiladi, lekin qirg'iyni qoraqush deyish xato. I tomning 344-betida sug‘ur-“echkemar” deyilsa, 455-betida sug'ur-“mushuk kattaligida hayvon” deb izohlangan. II tomning 210-betida qaz, ya’ni g‘oz “o'rdak” bo'lib ketgan. Bunday misollarga qaramasdan, “Devon”ko'pgina hayvonlarning qadimiy turkiycha nomlari etimologiyasini aniqlashda katta manba bo'la oladi.

Download 299.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling