Buxoro tumani xalq ta’limi bo‘limi 21-umumta’lim maktabi


Download 34.28 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi34.28 Kb.
#1619308
  1   2
Bog'liq
giyohvandlik dars ishlanma


Buxoro tumani xalq ta’limi bo‘limi
21-umumta’lim maktabi
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Nasiba Ro‘ziyevaning
“Giyohvandlik – asr vabosi”
mavzusida 1 soatlik dars





2020-2021-o ‘quv yili


Maqsad:
a)o‘quvchilarga giyohvandlik va uning zararli oqibatlari haqida ma’lumot berish;


b)o‘quvchilarda sog‘lom, barkamol bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish;d)mustaqil,ijodiy fikrlay olish ko`nikmalarini shakllantirish.
Dars turi: yangi bilim va tushuncha beruvchi
Dars uslubi:guruhlarda ishlash
Dars jihozi: :rasmli ko‘rgazmalar,slayd, videotasvirlar, A-3 qog‘oz.
Dars rejasi:
I .Tashkiliy qism:
Salomlashish:
- O‘zbekda shunday so‘z bordir azaldan,
Hech qachon saloming qilmagin kanda.
Har ishning oxiri bo‘lar xayrli,
Hikmatga boy bo‘lar har ish o‘shanda.
Har qadamda qilgan savobimiz u-
Assalomu alaykum!
-Ustoz, sizga javobimiz shu:
Va alaykum assalom!
-Rahmat o‘quvchilar.
1. Davomatni aniqlash.
2. O‘quvchilar bilan kun yangiliklari haqida suhbatlashiladi.
1. Ma’naviyat deganda nimani tushunasiz?
2. Yaqinda qanday sana nishonlanadi?
3. Bu oy qanday oy?
Guruhlarga “Aqliy hujum” orqali bo’linadi. Bunda doira, kvadrat, uchburchak va zigzak geometrik shakllari orqali psixologik test o`tkaziladi va sinf “”Ishbilarmonlar””, “”Mas’uliyatlilar”, ”Mehnatsevarlar”, ”Tashabbuskorlar” nomli 4 guruhga bo`linadi.
II .Yangi mavzu bayoni
-Bugungi darsimiz mavzusi: ,,Giyohvandlik –asr vabosi”. Keling, mavzudagi so‘zlarga izoh bersak.
1.“Giyohvandlik” soziga dars davomida aniqlik kiritamiz. Asr, vabo nima?

-Javoblar uchun rahmat. Shu o`rinda yana bir tarixiy fakt: tarixda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan nom qoldirgan, dunyoning barcha boyligi qo`lida bo`lgan Aleksandr Makedonskiy vabo kasalligi tufayli vafot etgan.Giyohvandlikning mana shunday bir bedavo dardga o`xshatilishiga asos bor.Bunga bugun darsimiz davomida yana bir karra ishonch hosil qilamiz.Sinfimizdagi ijodkor o`quvchilar dars davomida mavzu asosida taassurotlarini o`z ijodlari bilan bayon etishlari mumkin.


Mavzuni mana bu maktubni tinglashdan boshlasak:
MAKTUB
Bolalar, bu so‘zlarni sizlarga aytib to‘g‘ri qilyapmanmi, yo‘qmi, bilmayman.Lekin boshimdan o‘tganlar boshqalarga saboq bo‘lishini xohlardim. Mening sizlardek vaqtim otamning ayni ishlari gullab-yashnagan paytga to‘g‘ri kelgan. Menda pul muammosi bo‘lmagan. Shuning uchun men hammaning diqqat markazida bo‘lganman. Mendagi xudbinlik o‘z tenqurlarimni mensimaslikka, ko‘proq kattalar bilan muloqot qilishga, o‘zimni ham kattadek tutishga undardi. Hali maktabni tugatmay o‘zimdan uch yosh kattalar bilan osh yeya boshladim. Endi men uchun maktab, sinfdoshlarim mayda odamlarday tuyula boshladi. Shunday oshlarning birida birinchi marta nasha chekib ko‘rdim. Avvallari sigareta chekkanligim uchun bu qiyin bo‘lmadi. Ertasiga kuni bilan lanj bo‘lib yursam-da, o‘zimning ulg‘ayib qolganimdan faxrlandim. Endi bu hol tez-tez takrorlana boshladi. Maktabni amal-taqal tugatdim. O‘qishga kirdim, lekin u yerdan haydaldim. Sababi intizomsizligim bo‘ldi. Otam tanishlarini ishga soldi. Ishli bo‘ldim. Lekin bu orada otamning ishlari orqaga ketdi-yu, mening erkaligim otamning tanishiga yoqmay qoldi. Beish qoldim. Men uchun shundagina pul muammosi boshlandi. Bu paytda beboshligim avjiga chiqqan-ukolga o‘tgan edim. Uning har biri uchun katta pul kerak edi. Ota-onamning nafaqasi esa bunga yetmasdi. Men uchun yashashdan bir maqsad qolgan edi: narkotik modda uchun pul topish. Buning uchun hech narsadan qaytmasdim.Birinchi marta onamning qimmatbaho tilla uzugini olib chiqib sotdim. Avvaliga uzukni kelinnnoyimdan ko‘rib, janjal qilgan oyim, men olganim oshkor bo`lgach, otamning yuragi kasalligini bahona qilib ishni bosdi-bosdi qildi. Keyingi o‘ljam akamning kuyovlik norka telpagi bo‘ldi. Qish kelib, telpak janjaligacha uydan ko‘p narsa yo‘qoldi. Tashvishga tushgan ota-onam uylantirsak, esi kirar ,deb shoshilinch to‘y boshladi. To‘y o‘tdi. Endi men uchun kelinning sarpolari pul topish manbayi bo‘lib qoldi. Har safar ketishga chog‘langan kelinni aldab-suldab onam olib qolardi. Men battar avjiga chiqardim.Bu orada farzandlik bo‘ldim, lekin bola nogiron edi. To‘rt oy kasalxonama-kasalxona yurib, oxiri, vafot etdi. Ayolim odamovi bo‘lib yurdi-da, bir kun uyidagilari bilan kelib,ko‘ch-ko‘ronini yig’ishtirib ketdi.Mening giyohvand moddaga mukkamdan ketayotganimni ko‘rgan onam meni 2-marta uylantirdi. Bunisining qaytib boradigan joyi, yaqinlari yo‘qligi sabab barcha qiliqlarimga chidadi. Ikkita farzandli bo‘ldim, har tugul, ular sog‘’ tug‘ildi. Lekin hali ham menda na otalik, na ro‘zg‘orboshilik mas’uliyati uyg‘onmagan edi. Bir kuni me’yorini oshirib og‘ir ahvolga tushib qolganimda akaxonlarim meni ko‘chaga tashlab ketishibdi. Militsiya,”Tez yordam” xodimlari meni uyga olib kelishganda, otamning yuragi chidamadi. Endi o‘ylasam, otamni infarkt emas, isnod o‘ldirdi. Fotihachilar qatorida turarkanman, hamma menga quturgan itga qaraganday qarardi, qo‘lini bigiz qilib ko‘rsatayotganday tuyulardi. Otam-onam mening dog‘imni ko‘tara olmadi. Dadamning hayitiga onamning hayiti ulandi.Ayolim meni majburlab kasalxonaga yotqizdi. U yerdan ikki marta qochib keldim. Har safar irodam yetishmasdi.Bu orada qizim chiqariladigan bo‘ldi. Sevgan yigitining onasi ,,Norkoman bilan quda bo‘lmayman deb jar solgach, o‘ziga o‘t qo‘ydi. Uni shifokorlar ming azob bilan qutqarib qolishdi, lekin gulday qizim men tufayli birov ko‘rsa, qo‘rqadigan ahvolga tushdi. Mana shu qizimning qismati mening ko‘zimni ochdi. O‘z ixtiyorim bilan ming o‘limni bo‘ynimga olib davolandim.O’g’lim aqlli, xuddi yetimday oyoqqa turdi.O’qishini tugatib, yaxshi ishga joylashdi. Ba’zan unga qarab o‘ylanaman. Uning kelajagi uchun nima qildim? Boshqalarning otasi o‘g‘li uchun uy soladi, mashina oladi, to‘y qiladi. Men nima qildim, nakomanning o‘g‘li degan tavqi la’natdan boshqa?!
Xotinim xavotirda, birovning uyiga sovchilikka borsam, qizimning taqdiri takrorlanmasmikan? Agar imkoni bo‘lsa, hayotimni yangidan boshlardim. Mahallada, ko‘cha-ko‘yda o‘z o‘rnimni topishni xohlayman.
Yoshim 46 da. Bunday hayotni orzu qilishga kechikmadimmi? Siz nima deysiz?

Download 34.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling