Buxoro tumani xalq ta’limi bo‘limi 21-umumta’lim maktabi


Download 34.28 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi34.28 Kb.
#1619308
1   2
Bog'liq
giyohvandlik dars ishlanma

III. Mustahkamlashi
Guruhlar muzokaraga chiqadi.
-Sizningcha, bu fojia sababchisi kim?
Guruhlar o‘z ishlarining taqdimotini tayyorlaguncha qo‘shiq yangraydi.(M.Mirzarahimovning “O`zingga shukur qo`shig`i)
Guruh taqdimotchilari o‘z ishlarini turli metodlar yordamida taqdim etadilar.
Masalan, “T”chizma, “Idrok xaritasi” , “Venn diagrammasi” yoki “SWOT” universal tahlil metodi o`quvchilarning o`z mustaqil fikrini ijodiy yoritib berishlari uchun yordam beradi.Guruhlar fojia aybdorini aniqlashda to`rt taraflama yondashadilar.:
1.O‘zi aybdor.
2.Otasi aybdor.
3.Onasi aybdor.
4.Atrofdagilar.
-Xulosa sifatida Yurtboshimizning bir hikmatlarini keltirishni joiz deb bildik:,,Loqaydlik bor joyda ma’naviyat eng ojiz nuqtaga aylanadi’’.
Arzimagan kichik xato ertaga fojiaga sabab bo‘lmoqda. Demak, shu xatoning nomi fojia, loqaydlik. Ogoh bo‘laylik, Giyohvandlik og‘u bo‘lib birodarlarimiz qonida oqmasin, yaqinlarimiz umrini barbod etmasin. Biz namoyish etmoqchi bo’lgan videotasvir biz loqayd qaraydigan, bezarar deb biladigan tamaki mahsuloti -nosvoy haqida.
-Keyingi tasvir qanchalik ayanchli bo‘lmasin, undan o‘zimizga tegishli ibrat olishimiz uchun zarur deb o‘yladim. Uni ko‘rish davomida olgan ma’lumotlaringizni daftarga qoralab borasiz.(giyohvandlik haqida videorolik beriladi)
-Videolavhadan olagan taassurotingiz qanday bo‘ldi?
-Ijodkor o’quvchilarimiz o‘z ishlarini yakunlagan bo‘lsalar o‘z ishlarini taqdim etadilar.(Ijodkor o‘quvchilar taqdimoti).
IV Yakuniy qism
-Hurmatli o’quvchilar, xalqimizda,,Birni ko‘rib shukur qil, mingni ko‘rib fikr qil,degan maqol bor. Yuqoridagi bahs-munozaradan so‘ng bugungi kunimizga bir nazar tashlaylik. Yoshlar doimo hukumatimiz diqqat markazida, yaratilayotgan barcha imkoniyatlar siz- yoshla uchun. Siz shu maqsadda qabul qilingan qaysi qaror va farmonlar bilan tanishsiz?

(Guruhlar javobi tinglanadi)


-Aziz o‘quvchilar, Biz mustaqil yirtimiz,Yirtboshimiz yaratib berayotgan imkoniyatlarga javoban a’lo o‘qishimiz, ezgu intilishimiz va yuksak ma’naviyatimiz bilan ,,labbay deb javob berishimiz kerak.( Yurtboshimizning yoshlarga qarata aytgan da’vati proyektor orqali namoyish etiladi).
- Aziz o`quvchim, siz bugungi darsdan qanday xulosa chiqardingiz?
-Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz!
-Bugungi darsni shu yerda yakunlab, guruhlarga navbat bersak. Ular hamkor guruhlar chiqishini baholaydilar. Marhamat.
(Guruhlar xulosasi tinglanadi).
-Aziz o‘quvchim! Yer sayyorasida bugungi kunda 7mlrd dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Shundan salkam 1mlrdi boshpanasiz. Shukrona keltiraylik. Obod mahallamiz, mustahkam oilamiz va mustaqil VATANIMIZ borligi uchun! 7mlrd. Aholidan salkam 1mlrd tengdoshingiz bugun ta’lim olish imkoniyatiga ega emas. Keng, yorug‘ xonalarda bepul ta’lim olayotganingiz uchun shukrona keltiraylik. Yer sayyorasidagi ba’zi davlatlarning urush iskanjasida ekanligini ko‘rganda, shukrona keltiring. Ota-onangiz sizni tongda maktabga xavotir bilan kuzatmaydi. Musaffo osmonimiz, munavvar tongimiz, mustaqil O‘zbekistonimiz borligi uchun shukrona keltiraylik! Shukronalik hisi bilan bugungi darsni yakunlaymiz. Bugungi mehnatingiz uchun rahmat! XAYR!
Download 34.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling