Buxoro viloyat Qorovulbozor tuman 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi


Download 48.59 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi48.59 Kb.
#1581334
  1   2   3
Bog'liq
Bayoonnoma (2)


Buxoro viloyat Qorovulbozor tuman 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
,,Aniq fanlar” metodbirlashmasining 3-sonli yig‘ilish
B A Y O N N O M A S I
05.01.2023
Yig‘ilish raisi: B.Mamatova.
Qatnashdi: 6 nafar metodbirlashma a’zolari.

Kun tartibidagi masalalar:

  1. Metodbirlashma a’zolarining 2022-2023- o‘quv yili 2-choragida amalga osirgan ishlari muhokamasi va 3- chorakda amalga oshiriladigan vazifalarni belgilash.

  2. 2021-2022- o‘quv yili davomida metodbirlashma tomonidan o‘tkaziladigan fan olimpiadasi natijalari ,ochiq darslar va tadbirlar jadvalini taqsimlash .

  3. Tuman olimpiadasining saralash bosqichining yakunlari: yutuq, xato va kamchiliklarni muhokama qilish.



Eshitildi:
1-masala yuzasidan metodbirlashma rahbari B.Mamatova so‘zga chiqib 2022-2023- o‘quv yilining 1-choragida metodbirlashma a’zolarining amalga oshirgan ishlari, yutuq va kamchiliklari, darslarning qay tartibda tashkil etilayotganligi, bugungi kun zamonaviy o‘qituvchining oldida turgan qator vazifal haqida gapirib o‘tdi. So‘ng esa 1- chorak yakuni bo‘yicha matematika va informatika fanining o‘zlashtish hisoblari (1-ilova) a’zolar e’tiboriga havola etildi va fan o‘qituvchilari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamaga tashlandi. Kundalik.comda yo‘l qo‘yilgan xatolar gapirildi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda 2- chorak uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish rejasi ishlab chiqildi.

Qaror qilindi:


  1. O‘qituvchilar tomonidan 2- chorakda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar bartaraf etilsin. O‘zlashtirish ko‘rsatgichlari yanada yaxshilansin.

  2. 2- chorak uchun barcha fan o‘qituvchilari puxta tayyorgarlik ko‘rishsin.


2-masala yuzasidan metodbirlashma rahbari B.Mamatova so‘zga chiqib 2022-2023- o‘quv yili o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ochiq darslar va tadbirlar haqida gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng a’zolari Z.Navro’zova va F.Ismailova o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda yil davomida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ochiq darslar va tadbirlar rejalashtirib olindi.

Qaror qilindi:

  1. Yil davomida o‘tkaziladigan ochiq darslar va tadbirlar ro‘yxatini tuzish va uni o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlash metodbirlashma a’zosi Yu.Astanayeva zimmasiga yuklatilsin.


3-masala yuzasidan metodbirlashma rahbari B.Mamatova so‘zga chiqib 2022-2023- o‘quv yili uchun matematika va informatika fanidan o‘tkazilgan tuman saralash olimpiadasi yakunlari bo‘yicha gapirib o‘tdi. Unga ko‘ra maktab olimpiadasiga, 10-sinflar o‘rtasida Rajabboyev Kamronbek, 11-sinflar o‘rtasida Aynazarov Sanjar viloyat bosqichida ishtirok etdilar.. Metodbirlashma a’zolari tomonidan kerakli o’quvchilar uchun tavsiyalar berildi.

Qaror qilindi:

  1. 2022-2023- o‘quv yili uchun matematika fanidan o‘tkazilgan maktab saralash olimpiadasi va tuman va viloyat bosqichiga puxta tayyorgarlik ko‘rish matematika fani o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilsin.



Download 48.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling