Buxoro viloyat Qorovulbozor tuman 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi


Yig‘ilish raisi: B.Mamatova


Download 48.59 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi48.59 Kb.
#1581334
1   2   3
Bog'liq
Bayoonnoma (2)

Yig‘ilish raisi: B.Mamatova

Mavzu: Romb va trapetsiyaning yuzi.




  • Maqsad:


  • Ta’limiy- O`quvchilarga romb va trapetsiyaning yuzi, uni hisoblash formulasi, formulalarni masalalar yechishdagi tadbiqi haqida tushunchalar berish.


  • Tarbiyaviy - O`quvchilarga chizmalar chizish orqali go`zallik, chizmalar yordamida shakllarni, bir-biridan farqlash tushunchasini singdirish. Arxitektorlik, muhandislik, hunarmandlik kasblariga mehr uyg`otish.


  • Rivojlantiruvchi – mustaqil masalalar yechish, chizmalarni tog’ri chizishga o’rgatish orqalii o’quvchilar malaka va ko’nikmasini rivojlantirish.


  • Dars turi: ma’ruza asosida (yangi bilim beruvchi).


  • Dars uslubi: noan’anaviy, musobaqa, kichik guruhlar bilan ishlash.


Darsning jihozi: darslik, kerakli ko’rgazmalar, kompyuter, videoproyektor, elektron ko’rgzamalar, slaydlar,AKT




Darsning tarkibiy qismlari

(bosqichlari)


Ajratilgan vaqt

(reglament)

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi


3 daqiqa

3

O'tgan mavzuni takrorlash


5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish


20 daqiqa


5

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa


6

O'quvchilarni baholash

3 daqiqa

7

Uyga vazifa


2 daqiqa






  • Darsning borishi:


  • Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlab jurnalga qayd etish va sinf o’quvchilarini darsga tayyorgarligini tekshirish.


  • O’quvchilarni ikki guruhga ajratib, ularni nomlash


  • Romb. 2) Trapetsiya .
  • O’quvchialrga darsni musobaqa tarzida tashkil etilishini tushuntiriladi, ularning olgan ballari jamlab borilib, g’olib guruh aniqlanishi haqida tushuntiriladi.




  • O’TILGAN MAVZULARNI MUSTAHKAMLASH:
  • 1-guruh romb haqida barcha bilgan tushuncha va xossalarini aytadi, 2-guruh esa xuddi shunday trapetsiya haqida aytadi.




  • Masalan quyidagi savollarga javob aytishi mumkin:



  • 1-guruh uchun.
  • Romb nima?


  • Romb diagonallarining xossasini ayting.


  • Rombning balandliklari qanday bo’ladi?


  • Rombning diagonallari qanday uchburchaklar hosil qiladi?


  • Rombning burchaklari haqida ayting.


  • Romb chizing, uning oerimetri haqida ayting.




  • 2-guruh uchun.
  • Trapetsiya nima?


  • Trapetsiyaning qanday turlari mavjud?


  • Trapetsiya balandligi qanday bo’ladi?


  • 3 xil ko’rinishdagi trapetsiya chizing.


  • Trapetsiya diagonallarini chizing va tushuntiring.


  • Trapetsiyaning o’rta chizig’i haqida ayting.





Ikkala guruhlarga bajarish uchun bittadan masala beriladi:





  • 1-masala. Parallelogrammning bir tomoni 8 sm va perimetri 40 sm ga teng. Agar 8 sm li tomonga tushirilgan balandlik 6 sm bo’lsa, boshqa balandligini toping.





  • 2-masala. Teng yonli uchburchakning asosiga tushirilgan balandli 5 sm, yon tomoni 7 sm va perimetri 22 sm bo’lsa, Uchburchak yuzini toping.

    Teorema: Trapetsiyaning yuzi uning asoslari yig`indisining yarmi bilan balandligining ko`paytmasiga teng.

    Har ikkala guruhdan o’quvchilar doskaga chiqib, masalalarni yechadilar:




  • Uyga vazifa:
  • 24;26;28;30;32;42 masallarni yechish.


  • Formulalarni va teoremani yod olish, isbotlash.


  • Kartondan trapetsiya va parallelogrammning chizmasini, maketini yasash.



Download 48.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling