Buxoro viloyati Maqola Munozara lotin/кирилл Mutolaa Tahrirlash Manbasini tahrirlash Tarix Asboblar Vikipediya, ochiq ensiklopediya Buxoro viloyati Бухоро вилояти


Download 161.54 Kb.
bet4/4
Sana19.06.2023
Hajmi161.54 Kb.
#1604375
1   2   3   4
Bog'liq
Buxoro viloyati

Meʼmoriy yodgorliklari
Buxoro viloyati qadimiy davr, ilk va oʻrta asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklarga juda boy. Hozirgi vaqtda Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzey-qoʻriqxonasi hisobida 997 tarixiy yodgorliklar mavjud. Turondagi eng qadimgi yodgorliklardan biri sanalgan Buxoro hukmdorlarining qarorgohi — Buxoro arki (miloddan avvalgi I asr) bugungi kungacha saqlangan. Shahar yonidagi Fathobodda Sayfiddin Boharziy maqbarasi (XIII asr), Bayonqulixon maqbarasi (XIV asr), Buxoro tumanidagi Sumiton qishlogʻida Chorbakr ansambli (XVI asr), Hazrat bobo masjidi (XVIII asr), amirning yozgi qarorgohi — Sitorai Mohi Xosa saroyi (XIX-XX asrlar), Vobkent tumanida Vobkent minorasi (XII asr), Chashmai Ayyub hazirasi (1208), Xoja Mahmud Anjir Fagʻnaviy maqbarasi (XIII asr), Abdurahmon Vali maqbarasi (XIV asr), Vobkent hammomi (XVI-XVII asrlar), Toshmasjid (XVI-XVII asrlar), Soʻfidehqon xonaqosi (XVII-XVIII asrlar), Jondor tumanida Varaxsha shahar xarobalari (VII asr), Mahmud Tarobiy dahmasi (XIII asr), Qizbibi majmuasi (XV asr), Kogon tumanidagi Qasri Orifonda Hazrat Bahouddin majmuasi, Abdulazizxon xonaqosi va Dahmai Shohon (XIV-XVI asrlar), Hazrat Mir Kulol maqbarasi (XIV asr), Kogon shahrida Temiryoʻlchilar (sobiq Amir) saroyi (XIX-XX asrlar), Peshkoʻ tumanida Xoʻjam Bandi Kushod va Xoʻjam Said Poʻlat maqbaralari (XVIII-XIX asrlar), Romitan tumanida Xoja Ali Romitoniy — Xojai Azizon va Xoja Muhammad Boboyi Samosiy maqbaralari (XIV asr), Mulla Mir Hakim xonaqohi, Shofirkon tumanida Vardonze shahar yodgorligi (VI-VII asrlar), Hazor Hyp dahmasi (VIII asr), Xoja Orif Revgariy — Mohitobon maqbarasi (XIII asr), Qorovulbozor tumanida Boʻzachi va Qorovulbozor sardobalari (XVII asr), Qorakoʻl tumanida Poykend shahar xarobalari (VIII asr). Shoburhon ota maqbarasi va masjidi, Gʻijduvon tumanida Abduxoliq Gʻijduvoniy — Xojai Jahon (XII asr) masjidi va maqbarasi, Ulugʻbek madrasasi (XV asr), Toshmasjid va Dehqonbobo xonaqosi (XV-XVI asrlar), Xoja Soktare masjidi (XVII asr), Chorsu masjidi (XVIII-XIX asrlar) kabi noyob meʼmoriy obidalar saqlangan. Shuningdek, Buxoro vohasida Raboti Malik karvonsaroyi va Malik sardobasi (XI asr), Karmana shahrida Mirsaid Bahrom maqbarasi (X-XI asrlar), Qosim Shayx xonaqohi (XVI asr) mavjud. Bu tarixiy yodgorliklarda Sharq meʼmorlik anʼanalari oʻzaro uygʻunlashib ketgan. Oʻzbek xalqi tomonidan ikki ming yil mobaynida bunyod qilingan bu obidalar ajdodlarimizning boy isteʼdodi va badiiy mahoratidan, katta yaratuvchilik qudratidan dalolat beradi[2].
Manbalar


 [https://www.buxstat.uz/uz/ „BUXORO VILOYATI RAQAMLARDA (2022- YIL YANVAR-SENTABR HOLATIGA)“]. Qaraldi: 19-yanvar 2023-yil.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



[yashir]

  • k

  • m

  • t

Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy boʻlinishi







Viloyat huquqiga ega shahar

Toshkent • Xiva • Shahrisabz







Respublika

Qoraqalpogʻiston







Viloyatlar

Andijon • Buxoro • Jizzax • Qashqadaryo • Navoiy • Namangan • Samarqand • Surxondaryo • Sirdaryo • Toshkent • Fargʻona • Xorazm







Fargʻona viloyatiga qarashli eksklavlar

Jangail • Chong-Kara • Shohimardon • Soʻx







[koʻrsat]

  • k

  • m

  • t

Uzbekistan Buxoro viloyati








Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Turkum:

  • Oʻzbekiston viloyatlari

  • Buxoro viloyati

  • Buxoro viloyati tumanlari

  • Buxoro viloyati shaharlari

  • Buxoro viloyati hokimlari

  • Buxoro viloyatida tugʻilganlar

  • Buxoro viloyati futbol klublari

  • Buxoro viloyati yodgorliklari

  • Buxoro viloyati madrasalari

  • Bu sahifa oxirgi marta 19-Yanvar 2023, 10:34 da tahrir qilingan.

  • Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi boʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda qoʻshimcha shartlar amal qilishi mumkin (batafsil).

  • Maxfiylik siyosati

  • Vikipediya haqida

  • Masʼuliyatdan voz kechish

  • Mobil versiya

  • Dasturchilar

  • Statistika

  • Cookie bayonoti







Quljuqtov — Navoiy viloyatidagi togʻ. Qizilqumdagi qoldiq togʻlardan biri, Janubiy Qizilqumning chekka qismida. q. nisbatan past togʻ boʻlib, eng baland joyi 785 m. Geologik jihatdan Quljuqtov paleozoy davrining ordovik vulkanogen terrigen va qisman, karbonat jinslaridan hamda silur, devon, quyi karbon davrlarining karbonatli, oʻrta va yuqori karbonning vulkanogen-terrigen yotqiziqlaridan tashkil topgan. Yuza qismi paleozoy davrining granit, alevrolit kabi jinslari bilan qoplangan. Iqlimi keskin kontinental. q. quruq va issiq iqlim sharoitida ekzogen jarayonlarga koʻproq duch kelgan, natijada yemi-rilib pasayib qolgan. Uning shimoliy yon bagʻri qiya va koʻplab quruq oʻzanlar bilan kesilgan. Bahorda bu oʻzandan qisqa muddat suv oqadi. Iyulda eng yuqori temperatura 48°, yanvarda eng past temperatura —28,5°. Yillik oʻrtacha temperatura 15,2°. Yillik yogʻin 104 mm. Foydali qazilmalardan oltin, grafit, volfram va boshqa bor. Togʻ etaklarida qumloq tuproq va mustahkamlangan qum uyumlari mavjud. Shuvoq, boyalich, soy etaklarida esa yulgʻun uch-raydi. Hayvonlardan qoʻshoyoq, tulki, chiyaboʻri, kaltakesak, toshbaqa, charx ilon, koʻzoynakli ilon, togʻ etaklarida yumronqoziq yashaydi. q. va uning etagidagi yerlardan chorvachilik uchun yaylov sifatida foydalaniladi.

Download 161.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling