Buxoro viloyati Maqola Munozara lotin/кирилл Mutolaa Tahrirlash Manbasini tahrirlash Tarix Asboblar Vikipediya, ochiq ensiklopediya Buxoro viloyati Бухоро вилояти
Download 161.54 Kb.
|
Buxoro viloyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxoro viloyati Бухоро вилояти
- Aholi
- Maydoni 39 400 km² Vaqt mintaqasi
- Buxoro viloyati
- Hududiy boʻlinishi
- Qishloq xoʻjaligi
Buxoro viloyati Maqola Munozara lotin/кирилл Mutolaa Tahrirlash Manbasini tahrirlash Tarix Asboblar Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buxoro viloyati — Oʻzbekiston Respublikasining 12 viloyatlaridan biri. Oʻzbekiston viloyatlari ichida chegarasining kattaligi boʻyicha Navoiydan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Buxoro viloyati hududi asosan Qizilqum choʻlida joylashgan. Janubi-sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shimoli-gʻarbda Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shimol va sharqdan Navoiy viloyati, janubi-sharqda Qashqadaryo viloyati, janubi-gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 39,4 ming km2. Aholisi 2.000.255 kishi[1] (2022). Buxoro viloyati tarkibida 11 qishloq tumani: Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshkoʻ, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorakoʻl, Gʻijduvon, 11 shahar (Buxoro, Galaosiyo, Vobkent, Gazli, Kogon, Olot, Romitan, Shofirkon, Qorakoʻl, Qorovulbozor, Gʻijduvon), 3 shaharcha (Jondor, Zafarobod, Yangibozor), 121 qishloq fuqarolar yigʻini bor. Buxoro viloyati aholisining etnik tarkibi asosan oʻzbek, rus, fors (eroniylar), turkman, tojik, ukrain, koreys, tatar va boshqalar tashkil etadi. Markazi - Buxoro shahri. Tabiati Buxoro viloyati hududining relyefi aksariyat geomorfologik xususiyatlariga koʻra birmuncha murakkab tekisliklardan iborat. Eng baland joyi Quljuqtov tizmasi. Quljuqtov bilan Zarafshon daryosi vodiysi oraligʻida Oyoqogʻitma botigʻi joylashgan. Buxoro viloyatida quyidagi relyef koʻrinishlarini ajratish mumkin: Alohida ifodalangan past togʻlar, platolar (Quljuqtov, Tuzkoy togʻi, Jarqoq, Saritosh); Tekis yuzali plato va qirlar (Qorakoʻl, Dengizkoʻl, Uchbosh, Qoraqir); Daryo va koʻl yotqiziqlari bilan qoplangan va shamol taʼsirida vujudga kelgan akkumulyativ tekisliklar; Alohida ifodalangan berk botiqlar (Qoraxotin, Oyoqogʻitma, Dengizkoʻl); Yassi yuzali vohalarda balandligi 5-15 m li tepalar uchraydi. Togʻlar asosan silur, devon, toshkoʻmir, boʻr, paleogen, neogen davrlari jinslaridan tuzilgan. Tekislik va qumliklar toʻrtlamchi geologik davr tabiiy omillari taʼsirida oʻzgargan. Foydali qazilmalardan Setalantepa, Jarqoq, Gazli, Uchqirda gaz, Kemachi, Zikri, Oʻrtabuloqda neft-gaz hamda grafit konlari, ohaktosh, bentonit (gilmoya), granit konlari topilgan. Buxoro viloyatida juda koʻp mineral suv zaxiralari aniqlangan. Quljuqtov, Qoraxotin, Jingʻildi, Oyoqogʻitma botigʻi atroflaridan topilgan suvlardan xoʻjalikda qisman foydalaniladi. Viloyat seysmik jihatdan 7 balli, faqat Gazli shahri atrofi 9 balli zilzila zonasiga kiradi. Iqlimi keskin kontinental: yozi issiq, uzoq, quruq; iyulning oʻrtacha harorati 28-32°, qumliklarda 60-70° gacha koʻtariladi. Yanvarning oʻrtacha harorati 0° dan −2° gacha yiliga 90-150 mm yogʻin tushadi. Asosan bahor va qishda yogʻadi. Vegetatsiya davri 220 kun. Buxoro viloyatining asosiy suv manbai — Amu-Buxoro mashina kanali. Quyimozor, Toʻdakoʻl, Shoʻrkul suv omborlarining ahamiyati katta. Bundan tashqari vohalar atrofida zovur va oqova suvlar tashlanadigan Dengizkoʻl, Qoraqir, Katta Tuzkon va Devxona kabi koʻllar mavjud. Buxoro viloyati boʻyicha obikor yerlarning 94,4 % turli darajada shoʻrlangan. Choʻl zonasida kam chirindili qoʻngʻir tusli sur, qumli ishgandan soʻng, oziq-ovqat sanoatida tashkiliy va iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Hududiy boʻlinishi Boʻlinishi: Olot (1), Buxoro (2), Vobkent (11), Gʻijduvon (3), Jondor (4), Kogon (5), Qorakoʻl (6), Qorovulbozor (7), Peshkun (8), Romitan (9), Shofirkon (10)
Sanoati Korxonalar ilgʻor texnologiya bilan jihozlandi. Yangi qadoqlash liniyalari, Buxoro, Gʻijduvon, Qorakoʻl, Vobkent shaharlarida Germaniya texnologiyasiga asoslangan non sexlari ishga tushirildi. „Buxoroteks“ aksiyadorlik jamiyatining filiallari Gʻijduvon, Vobkent, Qorakoʻl va Olotda ishlab turibdi. Buxoro pillakashlik fabrikasi va uning filiallarida pilla qayta ishlanmoqda. Buxoro trikotaj kiyimlar fabrikasida erkaklar, ayollar va bolalarning ustki va ichki kiyimlari ishlab chiqariladi. Buxoro tikuvchilik fabrikasi, Buxoro va Gʻijduvon poyabzal fabrikasi, Shofirkonda Turkiya bilan hamkorlikda qurilgan „Vardanzi“ tikuvchilik qoʻshma korxonasi, „Qorakoʻl“ aksiyadorlik jamiyati qoshida Gretsiya bilan hamkorlikda „Omega-Sitora“ qoʻshma korxonasi ishga tushirildi. Mahalliy sanoat korxonalaridan Buxoro „Zardoʻz“ aksiyadorlik jamiyati, Gʻijduvon kulolchilik sexi, Gʻijduvon va Shofirkondagi gilam toʻqish fabrikalari, Kogon paxta titish fabrikasi, Romitan toʻqimachilik fabrikasi, tikuvchilik, kashtadoʻzlik, miskarlik, zargarlik, kosibchilik va 20 dan ortiq gʻisht zavodlari ishlab turibdi. Paxta tayyorlash punktlari, quritish, tozalash sexlari, paxta tozalash zavodlari bor. Paxta tolasi yangi uskuna va texnologiyalar asosida jahon andozalariga muvofiq ishlab chiqarilmoqda. Buxoro uysozlik kombinati, Kogon ohak zavodi, Quyimozor va Kogon yigʻma temirbeton buyumlari zavodlari, Italiya bilan hamkorlikda qurilgan koshinlar ishlab chiqariladigan „Minokor“ zavodi, Buxoro temirbeton zavodi bor. Gazavtomatika ishlab chiqarish birlashmasida qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligi Buxoro viloyati iqtisodiyotining asosini qishloq xoʻjaligi (paxtachilik, gʻallachilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik) tashkil etadi. Viloyat dehqonchiligida sugʻoriladigan yerlar (tomorqa yerlar bilan birga) 273,7 ming ga, partov yerlar 14,2 ming ga, choʻl yaylovlari 2764, 6 ming ga, Paxta 129 ming ga, makkajoʻxori 857 ga, donli ekinlar 81,2 ming ga, sholi 200 ga, pomidor 2741 ga, sabzavot-poliz ekinlari 9,3 ming ga, lavlagi 116 ga, kartoshka 2967 ga, yem-xashak ekinlari 15,9 ming ga, shu jumladan, beda 7,1 ming ga, bogʻlar 18,2 ming ga, tutzorlar 5,9 ming ga, Buxoro viloyati da 236 shirkat uyushmasi va jamoa xoʻjaligi, 4162 fermer xoʻjaligi, 41 xoʻjaliklararo korxona, 5 parrandachilik fabrikasi mavjud (2001), Chorvachilik Buxoro viloyatining rivojlangan tarmogʻi boʻlib, qoramolchilik, qoʻychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik va parrandachilik rivojlangan. Ayniqsa, Buxoro qorakoʻllari mashhur. Buxoro viloyatining barcha tizimdagi xoʻjaliklarida 428 ming qoramol, shundan 184,7 ming sigir, 750 ming qoʻy, 64 ming echki, 3 ming yilqi, 2,8 ming tuya, 771 ming parranda mavjud (2001). Viloyatda ipak qurti ham boqiladi. 10 ta oʻrmonchilik xoʻjaligi boʻlib, asosiy oʻsimliklari saksovul, cherkez, qandim. Qorakoʻl oʻrmon xoʻjaligida esa dorivor oʻsimliklar ham yetishtiriladi. Transporti Buxoro viloyatidan magistral temiryoʻli oʻtgan. Eng katta temiryoʻl stansiyasi — Kogon. Viloyat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllarining umumiy uzunligi 9820 km, shu jumladan qattiq qoplamali yoʻllar 4655 km (2000). Asosiy avtomobil yoʻllari: Buxoro-Toshkent, Buxoro-Urganch-Nukus, Buxoro-Turkmanobod (Chorjoʻy) va Buxoro-Termiz yoʻnalishlari. Aeroport bor. Taʼlimi 2000/2001-oʻquv yilida viloyatda 528 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 325,2 ming oʻquvchi, 25 gimnaziyada 5700 oʻquvchi taʼlim oldi. 1998-2001-yillarda 14 kasb-hunar kolleji va 5 akademik litsey qurib topshirildi. 14 kasb-hunar kollejida 2400 oʻquvchi oʻqiydi. 2001-2003-yillarda viloyatdagi mavjud 10 texnikum va 24 hunar-texnika bilim yurtlari kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga aylantiriladi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyun qarori). Viloyatda 3 oliy oʻquv yurti bor: Buxoro davlat universiteti, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyam instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti. Ularda 9800 talaba taʼlim oladi (2001). Buxoro shahrida Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy tadqiqot institutining Buxoro filiali (1928-1994-yillarda Buxoro paxtachilik tajriba stansiyasi) faoliyat koʻrsatmoqda. Viloyatda Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzey-qoʻriqxonasi (uning 6 filiali bor), 450 ommaviy kutubxona, 148 klub, 210 madaniyat uyi, 7 madaniyat va istirohat bogʻi, 15 badiiy havaskorlik jamoalari bor. Buxoro shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi viloyat kutubxonasi (1921) respublikadagi nufuzli kutubxonalardan sanalib, unda noyob qoʻlyozmalar mavjud. Buxoro viloyatida 2 ta teatr bor. Sadriddin Ayniy nomidagi musiqali drama va komediya teatri toʻngʻich oʻzbek professional teatrlardan biri. 1921-yil havaskorlar guruhi asosida tashkil qilingan. Buxoro viloyat qoʻgʻirchoq teatri 1982-yil tashkil qilingan. Buxoro viloyatidan Olim Xoʻjayev, Hikmat Latipov, Saʼdixon Tabibullayev, Lutfulla Nazrullayev, Nazokat Neʼmatova, Aminjon Akobirov, Razzoq Hamroyev kabi yirik sanʼatkorlar; Domla Halim Ibodov, Ota Jalol Nosirov, Otagʻiyos Abdugʻaniyev, Levina Hofiz, Sattor Yarashev, Oʻlmas Rasulov, Muxtor Ashrafiy, Mutal Burhonov, Mustafo Bafoyev singari xalq hofizlari va kompozitorlari. Maryam Yoqubova, Tesha Moʻminov, Baxtiyor Ixtiyorov, Ahmadjon Shukurov singari xalq artistlari yetishib chiqqan. Download 161.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling