Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi 2-son mtmda o’tkazilgan “Jajji go’zal” tadbir ssenariysi Qorako’l-2019 y


Download 0.76 Mb.
bet26/77
Sana17.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1527153
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77
Bog'liq
Aralash ssenariylar

O’yinning borishi: Bolalarga boshlovchi yurakcha shaklini beradi. Musiqa ostida yurakchani bolalar bir-biriga uzatadilar agar musiqa tugashi bilan yurakcha kimning qo’lida qolsa u bola boshlovchining savollariga javob berishi kerak. Misol: Bizning Vatanimiz qanaqa? (mehrli, sevimli, chiroyli, ajoyib, qadrli, yagona, quchli, qudratli, bepayon va h.k.)
Bola: Do’stlar mening yurtimniO’zbekiston deydilar.
Dong’i ketgan bo’stonni bog’i-bo’ston deydilar.
Bola:Osmoni keng beg’ubor, Shifobaxshdir havosi.
Dimog’larni chog’ qilur uning shodon navosi.
Bola:Chaman erur bog’lari, tog’liklari ulug’dir,
Qir-adir o’tloqlari gul-lolaga to’liqdir.
Bola: Tog’larida mevalar sharbat bo’lib pishadi,
Uzum, olma, behilar,yo’lingizga tushadi.
Bola: Bahorlari, yozlari, bir-biridan ortiqdir,
Mevali noz-ne’mati, xalqimizga tortiqdir.
1-Boshlovchi: Rahmat bolajonlar! Vatanimiz to’g’risida judayam chiroyli she’rlar bilar ekansizlar. Biz O’zbek avlodimiz, Biz bundan juda faxrlanamiz.
Bolalar Vatanimizni madh etuvchi ixtiyoriy raqslardan ijro etib beradilar.
2-Boshlovchi: Bolalar eshityapsizlarmi bizning shodiyonamizga kimdir kelmoqda.
Sho’x musiqa ostida davraga Shum bola raqsga tushib kirib keladi.
Shum bola: Salom bolalar! O’xooo judayam ko’p ekansizlarkuu. Sizlar bu yerda to’planib olib nimalar qilyapsizlar?
1-Boshlovchi: Xush kelibsan Shum bola! Sen qayerdan kelyapsan?
Shum bola: Men O’zbekistonimizning turli go’shalarida bo’lib sizlarning oldingizga kelib qolganimni bilmay qolibman. Musiqalaringizni eshitib shu yerga qarab kelaverdim.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling