Mavzu: Biz kimning avlodimiz? "Insoniyatning qisqacha tarixi"


Download 160.66 Kb.
bet1/2
Sana04.01.2023
Hajmi160.66 Kb.
#1077109
  1   2
Bog'liq
Ilmiy maqolaga taqriz yozish


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti






Mavzu: Biz kimning avlodimiz? “Insoniyatning qisqacha tarixi”
Asariga taqriz
Tayyorladi: STRo’ 050-21 guruh Axmadjonov B.SH.
Qabul qildi: Gayubova K.A.
TASHKENT-2022
Biz kimning avlodimiz? “Insoniyatning qisqacha tarixi”
Asariga taqriz


Tarix bu o‘tmish voqealarining ketma-ketligi hamda ularning o‘zaro bog‘liqligini, rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Rivojlangan davlatlar darsliklarida bu bog‘liqliklar o‘quvchilarga o‘tiladi. Ammo bizning tarix kitobimiz quyidagicha (ko‘pchilikka tushunarli bo‘lishi uchun, asosan “O‘zbekiston tarixi”ni nazarda tutyapman) eramizdan avval: To‘maris, Shiroq, yunonlar istilosi, Spitamen; eramizdan keyin: turkhoqonligi, arablar kelishi, Beruniy, Ibn Sino kabi olimlar, so‘ng mo‘g‘ullar bosqini, Amir Temur davlati, keyin Temuriylar va Shayboniylar ziddiyati, xonliklar, shu bilan ruslar istilosiga o‘tib ketamiz. Bu voqealar va shaxslar faoliyatining bugungi kunimizga ta’siri haqida nechtamiz bilamiz? Masalan, men deyarli bilmayman, ammo bilgim keladi. Aniqrog‘i, biz tarixni voqealar va sanalar shaklida bilamiz, ularning rivojlanish qonuniyati, o‘zaro bog‘liqligi va bugunimizga ta’sirini bilmaymiz va bilishga urinmaymiz. Keling, savollar qo‘yaylik: barmoqlarimiz soni sakkizta bo‘lganda bugun sakkizlik sanoq tizimini qo‘llayotgan bo‘larmidik? Turkiston Muxtoriyati saqlanib qolganda bugun qanday davlatda yashayotgan bo‘lardik? Shayboniyzodalar shialar bilan urushmaganda bugun e’tiqodda shia bo‘larmidik? ChorRossiyasi va sovetlar o‘lkamizni paxtaga emas za’faron yetishtirishga yo‘naltirganda sanoat va infrastrukturamiz qanday holatda bo‘lardi? Shunga o‘xshash savollar. Faktlarni to‘plash, ularni tizimlashtirish va sabab-oqibat tarozisida o‘lchash hamda qonuniyatlarini aniqlash bu fanning xususiyatidir.



Kitob inson avlodining paydo bo‘lishi, jamoalarga to‘planib yashay boshlashi, o‘zaro munosabatlar, kognitiv inqilob (ya’ni inson bilimining oshib ma’lum bosqichga yetishi va buning vositasida jamiyatni o‘zgartirishi), agrar inqilob (odamzot ekin yetishtirishni o‘rganib o‘zini ta’minlay olgani), o‘zaro xabarlashuv imkoniyati tufayli birlashib yashashga intilishi, ilmiy inqilob, kapitalizm va boshqa masalalarga to‘xtaladi. Va bu jarayondagi birlamchi sabablarni sharhlashga urinadi. Hararining uqtirishicha, inson jamiki mavjudotlar hukmdoriga aylanishiga uning o‘zaro axborot almasha olish va birlasha olish qobiliyati sabab bo‘ldi (shu qobiliyat boshqa mavjudotda bo‘lganda hozir yer yuzining hukmdori u bo‘lardi). Harari deydiki, insonlar birlashgan barcha ijtimoiy tuzilmalar xoh kompaniya, xoh davlat, xoh din, xoh siyosiy partiya – barchasi xayol otmahsuliga (ruschada “mif” va “vimisel”, ya’ni “to‘qima”, “uydirma”, “ertak” ma’nosida tarjima qilingan. Men ayni so‘zni “xayol ot mahsuli” deb oldim, chunki bu yerda aynan mif-ertak so‘zi tushmaydi, ma’no ko‘proq “g‘oya”, “aqida” so‘ziga tortadi, nazarimda. Shunday bo‘lsa-da, dinni xayolot mahsuli deb atash islomiy aqidamizga zidligini eslatib o‘taman, e’tibor berish kerak nuqtalaridan biri shudir) ishonish oqibatida yuzaga keladi.


Kitob garchi ilmiy bo‘lsa-da, soda uslubda yozilgan. Hatto, rus yoki ingliz tilini yangi o‘rgangan o‘quvchi ham qiynalmasdan tushunadi. Muallif muayyan voqelikni ravshanroq tushuntirish uchun badiiylikka yaqin tasvirlardan foydalanadi, sarlavhalarni qiziqarli tanlaydi: “Odam va Havoning birkuni”, “Pejo afsonasi, “Ruhlar bilan muloqot”, “Urushmi tinchlik?” va hokazo.
Marksizmdan ma’lumki, Karl Marks kishilik jamiyatini beshta ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaga bo‘ladi. Bunday tasnifga u iqtisodchi sifatida ishlab chiqarish vositalariga egalik nuqtai nazaridan yondashadi. Harari “aql-idrokli odam” (Xomo Sapiyens) tarixini to‘rt davrga bo‘ladi: kognitiv inqilob (taxminan eramizdan avvalgi 70-12 ming yillar oralig‘i, bu davrda odamzod tasavvuri rivojlanib aqlini tanigan), qishloq xo‘jaligi inqilobi (taxminan er.av 12 asrdan to eramizgacha, bu davrda qishloq xo‘jaligi rivojlandi), insoniyatning siyosiy tashkilot va imperiyalarga birlashuvi (taxminan eramizdan to 1500 yillargacha) va ilmiy inqilob davri (1500 yildan hozirgacha ilm-fan taraqqiy toppish davri). Harari insoniyat tarixini bo‘laklarga ajratishda iqtisod emas, tabiiy fanlar, xususan, biologiya nuqtai nazaridan yondashadi, ya’ni odamni bir biologik tur deb qaraydi.
Harari o‘zaro bir-birini tanib munosabat o‘rnatib guruhga uyusha oladigan odamlar soni uzog‘I bilan 150 nafarga yaqin deydi. Guruhda odamlarsoni 150 nafardan ortsa, boshqarish murakkablashadi, yetakchi ularni adashtira boshlaydi. Xo‘sh, shundayekan, odamlar ming, mln kishilik birlashmalarga qanday uyushadi? Chunki ularni o‘zaro bir “xayolot mahsuli”ga ishonch birlashtiradi, deydi u. Bir-birini mutlaqo tanimaydigan ikki serb o‘zaro gaplashib ketishi mumkin, chunki ular serb xalqi, serb mamlakati va bayrog‘i borligiga shubha qilmaydi. Googlening ikki xodimi tanish bo‘lmasa-da, birgalikda samarali ishlaydi, chunki ular Google nomli kompaniya borligiga, uning aksiyalari va pullari mavjudligiga ishonadi. Ko‘rib turganingizdek, barchasini odamzot o‘ylab topgan xayolot mahsuliga ishonch birlashtiradi.
Kitobda nazariyalarga ko‘p erk berilgani uchun ishonchsiz tuyuluvchi joylari ham uchraydi. Muallif ba’zan o‘zidan avvalgi olimlarning fikrlariga “barchasi ertak” deb bepisand yondashadi. Ayniqsa, insonning odamsimon maymundan kelib chiqishi da’vosi insoniyat Odam Atodan tarqagan deb ishonuvchilarga yoqmasligi tabiiy. Ammo musulmon olimlar orasida Odam Ato birinchi jismoniy odam emas, undan avval ham odamlar bo‘lganligi, Odam Ato esa birinchi payg‘ambar va Yaratganning elchisi sifatida tanlanganligini aytuvchilar ham borligini (Rossiya Islom qo‘mitasi raisi Haydar Jamolning fikrini ko‘ring) unutmasligimiz kerak. Bu haqda turk tafsirchi olimi Mehmet Okuyanning ham qiziqarli fikrlari bor.
Mening
Download 160.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling