Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi 2-son mtmda o’tkazilgan “Jajji go’zal” tadbir ssenariysi Qorako’l-2019 y


- O.b. Bo’lmasa, navbatni 9-“B” sinf oquvchilariga beramiz. Ular bizga intermediya namoyish etishmoqchi. Qani ko’raylikchi. Intermediya


Download 0.76 Mb.
bet54/77
Sana17.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1527153
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77
Bog'liq
Aralash ssenariylar

2- O.b. Bo’lmasa, navbatni 9-“B” sinf oquvchilariga beramiz. Ular bizga intermediya namoyish etishmoqchi. Qani ko’raylikchi.
Intermediya
1- O.b. Qani, endi bizga kim qushlar ovozini o’xshatib bera oladi?
2- O. b. Marhamat, davraga.
Qushlar ovoziga taqlid.
1- O.b. “Qushlar bayrami”ni Xo’rozlar jangisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
2- O.b. Kimning xo’rozi g’olib kelishini birgalikda tomosha qilamiz.
Xo’rozlar jangi.
1- O.b. Mana aziz ustozlar, o’quvchilar tadbirimiz ham o’z nihoyasiga yetay deb qoldi. Biz bugun “Qushlar bayrami”ni o’tkazib, siz azizlarga qushlar haqida bir oz bo’lsa ham mehr uyg’ota olgan bo’lsak o’zimizni baxtiyor his etardik. Bugungi tadbirda faol ishtirok etgan o’quvchilarga minnatdorchilik bildirib qolamiz. Fan oyligida faol ishtirok etgan o’quvchilar 30 Aprel fan oyligining yopilish kunuda taqdirlanadilar.
2-O.b. Tabiatni asrab avaylash burchimiz ekanini hech qachon yodimizdan chiqarmaylik. E’tiboringiz uchun katta rahmat!
Qushlar osmonga uchirib yuboriladi.
Kitob bizning do’stimiz tadbiri
1-Boshlovchi: Assalomu-alaykum aziz mehmonlar hurmatli ustozlar, qadrli o’quvchilar.
2-Boshlovchi: Assalomu- alaykum aziz tengdoshlar “Kitob bizning do’stimiz” nomli adabiy kechaga xush kelibsizlar.
Mohidil: Bilimlar koni kitob,
Go`yoki nurli oftob.
Yaxshilik o`rgatadi
To`g`ri yo`l ko`rsatadi
Undan olamiz bilim
Hatto odob-u ta’lim
Bizga berilgan imkon
Bo`lamiz buyuk inson.
Zilola : Kitob go`yo xazina
Bilimlarning konidir
A’lochi o`quvchining
U oftobi jonidir.
Maqol, matal , rivoyat,
She’r, hikoya mujassam
Hayotda qoqilmaydi
Kitob o`qigan odam.
1-Boshlovchi : Kitoblar ham suhbatlashar ekanlar .Qani ularning suhbatiga quloq tutinglarchi
Sevinchxon: Kitob qilganda xitob
Kompyuterga berilib,
O`qimay qo`ydim kitob.
Bir kun tunda shivirlab,
Kimdir qilardi xitob.
Sezishmasin, deb meni,
Yumib oldim ko`zlarim.
Jim eshitib yotardim,
Kitoblarim so`zlarin.
“Lug`at” so`zini boshlar,
“Hikoyalar” bosh qashlar.
“Ertaklar” esnab yotar,
She’r kitobim gap qotar:
- O`qimasa egamiz,
Bu yerlardan ketamiz!
Kitoblar araz qilib,
Der:-zerikdik hammamiz.
Uyalib qoldim o`zim
So`ray desam kechirim,
Hech ovozim chiqmaydi.
Kitoblar eshitmaydi,
Birdan ko`tarsam boshim,
Yaxshiyam ekan tushim!
1-Boshlovchi: Qadimda ota- bobolarimiz kitobni qo’lga olganda avval ko’zlariga surtganlar. Keyin ochib o’qiganlar. Bu ularning “Bizga bilim berding, seni ko’z qorachig’iday asraymiz”-degan e’tirofi bo’lgan. Ajdodlarimiz kitobni muqaddas boylik deb bilganlar.
2-Boshlovchi: Qani bu borada kitobni o’zi nima derkan?
Sahnaga kitob tasvirini ko’targan o’quvchi kiradi.
Tanishaylik men kitob,
Asl bilimlarga kon.
Boylik beray behisob,
Bo’lsang agar qadrdon .
Meni yirtib , burdalab,
Kamaytirma varog’im.
Sendan yana bir talab
Iflos qilma hech yog’im.
1-Boshlovchi: Biz tarixan ulkan madaniyatga ega xalqning bilimi kuchli, ma’naviyati yuksak avlodimiz. Barkamollikka, komillikka erishgan “Najmiddin Kubro, Jamoliddin Manguberdi, Yusuf xos Hojib, A. Navoiy, A.Qodiriy, Cho’lpon” kabi go’zal qalb sohiblari ko`p kitob o`qiganlar.
2-Boshlovchi: “Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql - idrokning asosidir. ”Hayotni o’rgatuvchi murabbiydir. Degan edi buyuk sarkarda A. Temur bobomiz.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling