Buxoro viloyati Qorako’l tumanidagi 2-son mtmda o’tkazilgan “Jajji go’zal” tadbir ssenariysi Qorako’l-2019 y


Maftuna: Bugun ertalab sog`-salomat uyg`ongan bo`lsangiz siz dunyodagi 330 million insondan baxtliroq ekansiz. Zulfizar


Download 0.76 Mb.
bet56/77
Sana17.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1527153
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77
Bog'liq
Aralash ssenariylar

Maftuna: Bugun ertalab sog`-salomat uyg`ongan bo`lsangiz siz dunyodagi 330 million insondan baxtliroq ekansiz.
Zulfizar:Agar bugun siz tanangizda og`riqlarsiz uyg`ongan bo`lsangiz, ayni damda siz 1 milliard odamdan baxtli ekansiz.
Dilnura: Agar siz urush tahlikasiz , xavf xatarsiz kun kechirayotgan bo`lsangiz, 500 million insondan baxtli ekansiz.
Durdona: Muzlatgich va javoningizda oziq-ovqat , egningizda kiyimingiz va tunda yotishga uyingiz bo`lsa dunyodagi 3 milliard inson bugun sizga havas qiladi.
Og`abek: Cho`ntagingizda yoki hisob raqamingizda pulingiz bo`lsa , dunyodagi omadi kulgan
1 milliard insonlardan birisiz.
Abdulloh: Ota-onangiz yoningizda , oilangiz ahil bo`lsa, siz dunyodagi juda noyob insonlar qatorida o`z o`rningizga egasiz.
Munibaxon:Siz ushbu so`zlarni tinglayotgan bo`lsangiz, siz judayam baxtlisiz, chunki siz ozod va obod O`zbekistonda yashamoqdasiz.
1-Boshlovchi: Hurmatli o’quvchilar yuqoridagi fikrlarni tinglab sizni kitobga bo’lgan mehringiz, tinchlikni qadrlash haqidagi fikrlaringiz yanada oshdi degan fumiddamiz. Shu narsaga doimo amal qiling. O’qib o’rganayotgan kitoblarimizni ko’z qorachig’idek asrab, avaylab saqlaylik. Bu kitoblardan kelajak avlodlar ham foydalansinlar. Gurux raqsi.
2-Boshlovchi: Mana hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar, qadrli bolajonlar, ilm sari yetaklovchi kitob haqidagi ushbu tadbirimiz ham o’z nihoyasiga yetdi. Sizlarga aytar so’zimiz shuki, kitobni seving, butun umr u bilan do’st bo’lib qoling. U insonni saodat sari yetaklovchi mashqdir.
Aziz qatnashchilar ushbu tadbirdan o’zimizga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni oldik shundaymi,sizlar ham shunday tadbirlarda ishtirok etishlaringizni va kutubxonamizdagi mavjud bo’lgan badiiy adabiyotlarni muntazam o’qib borishlaringizni tavsiya qilamiz.Keyingi tadbirlarimizda uchrashguncha sog’-omon bo’linglar.


Qalamidan oltin dur to’kilgan shoir …
( M.Yusuf tavalludining __ yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan badiiy –adabiy kecha)
Sahna bayramona bezatilgan. Sahna to’rida shoirning portreti. Turfa xil bukletlar va shoir qalamiga mansub kitoblar stol ustida . O’quvchilar maktab formasida.
1 – boshlovchi : - Umr nima. Umr aslida bir yumaloq tugmacha yo’l,
Tugmadan sal kattaroq yo yana bir nimacha yo’l.
Beshigimning oldidan qabrim oldigacha yo’l,
Men ketarman bir kuni, navolarim zorim qolur…
2- boshlovchi: - Men ketarman qolmagay tilla taxt-u ko’shklarim,
Menga bu dunyoda chin keltirdi baxt qo’shiqlarim.
O’zbegim uyida yangrar hamma vaqt qo’shiqlarim,
Yod bo’lib aytganlarim, elimda alyorim qolur.
1-boshlovchi: - Assalomu alaykum aziz mehmonlar va muhtarama ustozlar!
2-boshlovchi: - Assalomu alaykum qalbi she’riyatga oshno tengdoshlar!
1-boshlovchi: - Biz sizlarni ,, Qalamidan oltin dur to’kilgan shoir “ nomli tadbirimizga xush ko’rdik!
2-boshlovchi: - Biz so’zimiz boshida ,, Men ketarman bir kuni navolarim qolur” deya bejizga ta’kidlamadik. Darhaqiqat, hayotligidayoq o’ziga haykal o’rnata olgan olovqalb shoir M.Yusuf o’zidan dilga xush yoquvchi navolar qoldirdi.
1-boshlovchi : - Bugungi badiiy kechamiz ham O’zbekiston xalq shoiri M.Yusuf tavalludining 61 yilligiga bag’ishlanadi. She’riyat kechamizga xush kelibsizlar!
2- boshlovchi: - O’zbek adabiyoti shunday chamanzorki, uning bo’stonida gul ko’p, chechak ko’p. Bu bo’stonda bir-biriga o’xshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta-qayta bo’y cho’zaveradi.
1-boshlovchi: - M.Yusuf ham ana shunday betakror, otshzabon shoirlardan biri edi.
2-boshlovchi: - Samimiy she’rlari ohangrabo qo’shiqlariga aylanib har bir o’zbek xonadoniga kirib borgan lirik shoir M.Yusuf XX asr o’zbek adabiyotida so’nmas yulduz bo’lib har bir dillarga porladi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling