Buxoro viloyati sharoitida zaxkashlarni tozalash texnika va texnologiyalarini takomillashtirish
1. KIRISH
Buxoro viloyatida tabiiy bug‘lanish yuqori, viloyat hududi nisbatan past joylashgan. Bu esa viloyat sug’oriladigan maydonlarining meliorativ holatini yomonlashuviga olib keladi. Ma’lumki yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda zaxkash va zovurlarning o’rni kata. Shu sababli zaxkash va zovurlarning doimiy ishlashini ta’minlash texnik soz holatda saqlash lozim. Zovurlardan foydalanish jarayonida ularning sirtiga ayrim o'tlar o'sadi, tubida esa cho'kindilar cho'kib, loy qatlamini hosil qiladi, bular esa zovurning ko'ndalang kesimini kamaytirib, undan unumli foydalanishni chegaralaydi. Ushbu o't va cho'kindilar ko'rsatilgan muddatlarda tozalanib turilishi zarur. Mamlakatimizda qurilgan va ishlatilayotgan zovurlarni tozalash ishlari, asosan bir cho'michli draglayn va gidravlik ekskavatorlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bugungi kunda viloyat sharoitida zaxkashlarni tozalash texnika va texnologiyalarini takomillashtirish sohaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Buxoro viloyati O’zbekistonning janubi-g`arbida joylashgan. Qizilqum cho’li Buxoro viloyati hududining katta qismini egallaydi. Viloyatning umumiy maydoni – 39 400 kvadrat kilometr. Viloyat tub kontinental, quruq iqlimga ega. Viloyat aholisi taxminan 1 543,9 ming kishiga teng, shundan qariyb 68 foizi qishloq joylarida, 32 foizi shaharlarda yashaydi. Viloyat 11 ma’muriy tumanlardan iborat. Viloyatning ma’muriy markazi – Buxoro shahri bo’lib, uning aholisi taxminan 263 400 kishidir. Viloyatning boshqa yirik shaharlari – G`ijduvon, Romitan va Kogondir.
Buxoro viloyatining sug’oriladigan yerlari saxro mintaqasiga xos bo’lib, qadimdan sug’oriladigan o’tloqi allyuvial, o’tloqi-sahro va o’tloq-taqirli, o’tloqi-botqoq tuproqlar keng tarqalgan. Yuqorida keltirilgan tuproq turlarining maydoni 1- jadvalda keltirilgan.
Buxoro viloyatining sug’oriladigan xududida tarqalgan tuproq turlari va maydoni
1.1-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |