Buxoro viloyati Shofirkon tumani 4 – son
Download 26.15 Kb.
|
Muxriddin dars ishlanmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning maqsadi: a)ta’limiy
- Darsga qo’yilgan talablar
- O’tilgan mavzuni takrorlash
- Yangi mavzu bayoni” ILTIJO
- V. Darsni yakunlash
Buxoro viloyati Shofirkon tumani 4 – son umumiy o’rta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Tilovov Muxriddinning “Dunyoning ishlari” qissasi mavzusida DARS ISHLANMASI 2018-2019-yil Mavzu: “Dunyoning ishlari”qissasi Darsning maqsadi: a)ta’limiy: mavzu bo’yicha ilmiy ma’lumot berish; b)tarbiyaviy: Ona – ulug’ zot tushunchasini singdirish; d)rivojlantiruvchi: o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Dars uslubi: tushuntirish, suhbat; Dars turi: ma’ruza Dars jihozi: O’.Hoshimov asarlari darslik,plakat, taqdimot, tarqatma material; Dars shiori: Adabiyotga e’tibor – kelajakka e’tibor! Darsga qo’yilgan talablar: -o’zaro hurmat; -fikrni erkin va ravon ifodalash; -o’zgalar fikrini tinglash va hurmat qilish; -adabiy til me’yorlari asosida gapirish. Darsning borishi:
Tashkili qism: -salomlashish; -davomatni aniqlash; -sinf ozodaligiga e’tibor berish; -o’quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish. O’tilgan mavzuni takrorlash: O’. Hoshimov qachon va qayerda tug’ilgan? A. Qahhor nazariga tushgan asari qaysi? Hikoyalarini ayting. Qaysi qissalari bor? Adib qalamiga mansub romanlar qaysi? Pyesalarini ayting. Adib qachon vafot etgan? Yangi mavzu bayoni” ILTIJO Oyi, men keldim... Eshityapsizmi, oyi, men yana keldim... Qarang, oyi, tag'in ko'klam kirdi. Esingizdami, har yili bahor kirishi bilan sizni dalaga olib chiqardim. Siz charaqlagan oftobni, tiniq osmonni, ko'm-ko'k maysalarni ko'rib quvonardingiz. Esingizdami, nevarangiz terib kelgan boychechaklarni ko'zingizga surtib, «omonliq-somonliq» qilardingiz... Bugun... o'zingizning ustingizdan boychechak o'sib chiqibdi... Yo'q, yo'q, oyijon... Yig'layotganim yo'q. Bilaman, men yig'lasam, siz bezovta bo'lasiz. Hozir... hozjr o'tib ketadi. Mana, bo'ldi... Ertalab-chi, oyi, yomg'ir yog'di. Qattiq yomg'ir yog'di. Siz bahor yomg'irini yaxshi ko'rardingiz... Keyin oftob chiqib ketdi. Qarang, oftob charaqlab yotibdi... Esingizdami, siz menga oftob to'g'risida cho'pchak aytib bergan edingiz. O'sha oftob charaqlab yotibdi... Ko'ryapsizmi... Esingizdami, oyi, ukamga alia aytardingiz. Men allaning ohangiga mast bo'lib uxlab qolardim. O'sha beshikda men ham yotganman. Allangizdan men ham orom olganman. Nima qilay, oyi, men alia aytishni bilmayman. Qabringizni silab qo'ysam orom olasizmi... Mana, oyijon, mana... Yo'q, yo'q, yig'layotganim yo'q. Hozir, hozir o'tib ketadi. Esingizdami, oyi siz bir marta, atigi bir marta, o'shandayam hazillashib: «Meniyam kitob qilib yozsang-chi, o'g'lim» degandingiz. Men: «Sizning nimangizni kitob qilaman, oyi?» degan edim. Xafa bo'lmang, men ham hazillashgan edim. Mana o'sha kitob. Yo'q, uni men yozganim yo’q. Uni siz yozdingiz. Men uni qog'ozga tushirib, odamlarga tarqatdim, xolos. Men uni dunyodagi hamma onalar o'qishini xohlayman. Bilaman, dunyodagi hamma onalar yaxshi. Shundoq bo'lsayam, ularning hammasi Sizga o'xshashini xohlayman… QARZ Bir kuni gapdan gap chiqib, aka-ukalar oyimga hazillashdik: Har oy pensiya olasiz. Shuncha pulni qayoqqa qo'yayapsiz? Sandiqqa bosyapsizmi? Sandiq qatta, bolam? — deb kuldi onam. — Qarzlarim bor. O'shanga beraman-da. Akamning qovog'i osildi. — Qarz? Hali birovdan qarz ham olasizmi? — E, sanga nima, bolam! Mening ishimga aralashib nima qilasan? Keyin gap boshqa yoqqa aylanib ketdi. Bu suhbatni butunlay unutib yuborgan edim. Qaysi kuni ertalab hovlida aylanib yursam, qo'shni-mizning yetti yashar qizchasi Nilufar chiqib qoldi. Oppoq bantik taqib, atlas ko'ylak kiyib olibdi. Ha, Nilu, yasanib olibsan, mehmonga ketyapsanmi? — dedim erkalab. Bugun man tug'ildim, — dedi u qop-qora ko'zlarini pirpiratib jilmayarkan. Iya, yubilyar ekansan-da, shoshmay tur-chi, hozir. Uydan bir hovuch konfet olib chiqdim. — Mana, o'rtoqlaring bilan ye. Nilufar kattalardek jiddiy bosh chayqadi: — Men shokolad yemayman. Tishim tushgan. — Keyin yana o'sha jiddiy ohangda qo'shib qo'ydi: — Bultur poshsha buvim menga tufli olib beruvdilar. Tug'ilganimda, — qizcha o'ylanib qoldi. — Keyin-chi, Bahoga uch oyoqli velosiped, Baxtiga ko'ylak... Qo'limdan konfet tushib ketdi. ”Dunyoning ishlari» qissasi eng ezgu, eng samimiy tuyg'ular haqida, eng e'zozli zot — ona to'g'risida hikoya qiladi. Onaning qanday inson ekanligini yaxshi bilamiz. U insonga hayot beradi, yuvib-taraydi, tarbiyalaydi. Ona uchun eng to'tiyo narsa, o'g'ilmi-qizmi, uning farzandi. Ona o'z farzandi uchun hamma narsaga, hatto jonini qurbon qilishga ham tayyor. Shuning uchun bo'lsa kerak, ona haqida behisob she'rlar to'qilgan, dostonlar, katta-katta asarlar bitilgan. Kichik maqollardan tortib, muborak hadislarimizgacha ona madh etiladi, e'zozlanadi. O'tkir Hoshimovning bu asari har biri o'ziga mustaqil sujetli hikoyalardan tashkil topgan. IV.Mustahkamlash: “Dunyoning ishlari” asari qaysi janrda yozilgan? Ushbu asarga Said Ahmad qanday ta’rif beradi? “Qarz” hikoyasi qahramonlari kim? “Haqqush” hikoyasi mazmunini ayting. “Gilam paypoq” hikoyasi mazmunini ayting. “Dunyoning ishlari” qisasining umumiy mazmunini aytib bering. V. Darsni yakunlash: faol o’quvchilarni baholash VI. Uyga vazifa: mavzu yuzasidan insho yozish. Download 26.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling