Buxoro viloyati Shofirkon tumani xalq ta'limi bo'limiga qarashli


Download 10 Kb.
Sana14.09.2023
Hajmi10 Kb.
#1678127
Bog'liq
ommalashtirish 2022 Nordona Bayonnoma ko\'chirma


Buxoro viloyati Shofirkon tumani xalq ta'limi bo'limiga qarashli
22-sonli maktabining 3 – sonli
Pedagogik kengashi bayonnomasidan
KO'CHIRMA
2022 yil 10-yanvar 22- maktab Majlislar zali
Rais: maktab direktori: G’.Safarov
Kotiba: A.Salimova
O'IBDO': U.Barotov
Qatnashdi: Maktabning __ nafar pedagogi
Qatnashmadi __nafar, ___nafari sababli
KUN TARTIBI:
Maktabda jamoa orasida o'z bilimi, iqtidori qobiliyati va yaratuvchanligi bilan o'rnak ko’rsatgan Hayitova Nordona Saydullayevna - ingliz-tili fani o'qituvchisining ishlarini maktab miqyosida ommalashtirish to’g'risida.
ESHITILDI:
Kun tartibiga qo'yilgan masala yuzasidan o’quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari U.Barotov so'zga chiqib, ijodkor izlanuvchan, talabchan jamoatchi o'qituvchilarning ilg’or ish tajribalarini maktab miqyosida ommalashtirish hamda tuman va viloyat bosqichlariga tavsiya etishni aytib o’tdi. Shuningdek, o'qituvchilar o'rgangan ilg’or tajribalarni darslarda qo'llaydigan, natijaviyligi sinalganligini takidladi. O'qituvchining darsda va sinfdan tashqari barcha o'quvchilar bilan birgalikda hamohang ishlaydigan jonkuyar va zamonaviy o'qituvchi ekanligi haqida hamkasblar fikr yuritdi. Metodik kengash raisi tomonidan tumanda o'qituvchilar o'tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etishi va tumandagi sho'ba kengashlarida faol ishtirok etishi uchun o'z zimmasiga yuklatilgan barcha topshiriqlami namunali bajarayotganligi yuzasidan asoslar taqdim etdi.
Umidjon Barotov o'quv ishlari bo'yicha direktor o’rinbosari: Fanlararo integratsiya bugungi kunning asosini tashkil etmoqda. O'zaro bog’liqlik ta’lim jarayonida o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishga erishish vositasigina emas, balki aniq pedagogik vazifalarni shakllantirish, bilimlar, malakalar munosabatlar asosida fan tizimlarini belgilashda muhim omillardan biridir.
Tillayev Sherzod Axtamovich oliy toifali ingliz tili fani o’qituvchisi,metod birlashma rahbari: O’quv fanlari dastur va darsliklarida uzviylik va uzluksizlikning ta'minlanishi o'quvchilarning fan asoslarini puxta o'rganishla dars alohida ahamiyat kasb etsa, fanlarning aloqadorlik, ijtimoiy ahamiyatini yanada oshiradi. Fanlararo bog'liqlik ta'lim sifatini oshirishga, darslarning qiziqarli, mazmunli, tushunarli noan'anaviy bo'lishiga xizmat qiladi. Hayitova Nordona Saydullayevna har bir darsda zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, o'quvchilar bilimini oshirish uchun har bir darsda ko'rgazma tarqatmalardan unumli foydalanadi.
Yig'ilishda maktab rahbariyati va jamoasi tomonidan bildirilgan fikrlarni e’tiborga olib, maktabning ingliz tili fani o'qituvchisi Hayitova Nordona Saydullayevnaning ishlarini maktabda ommalashtirish va tuman metodik kengashiga taqdim etilish masalasi bir ovozdan ma’qullandi.
Yuqoridagi fikr mulohazalar asosida pedagogik kengash yig'ilishi
QAROR QILADI :

  1. Maktab OTIBDO’ U.Barotovning tajribali o'qituvchilarning ilg'or ishlari yuzasidan bildirgan fikr mulohazalari ma'lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Shofirkon tumani xalq ta'limi bo'limiga qarashli 22-sonli maktabining ingliz-tili fani o’qituvchisi Hayitova Nordona Saydullayevnaning ilg'or tajribalari maktab miqyosida ommalashtirilsin.

Pedagogik kengash raisi: G’. Safarov


Kotiba: A.Salimova
Download 10 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling