Buxoro viloyatidagi tarixiy joylar
Buxoro viloyatidagi tarixiy arxitektura obidalari ob’ektlarining turistik marshrutlari va infratuzilmalarini ishlab chiqish
Download 29.31 Kb.
|
Buxoro viloyatidagi tarixiy joylar
Buxoro viloyatidagi tarixiy arxitektura obidalari ob’ektlarining turistik marshrutlari va infratuzilmalarini ishlab chiqish
O'zbekistonda xalq xo'jaligini isloh qilishning asoslari iqtisodiyotni boshqarishni takomillashtirish tamoyillarini mukammal ishlab chiqish bilan bog'liq hisoblanadi. Bu yo'nalishda azaliy rivojlanib kelayotgan xalq xo'jaligi tarmoqlarini jadal yuksaltirish albatta birinchi navbatdagi vazifalardir. Endi jahon integratsiyasida faoliyat ko'rsatayotgan mamlakatimiz xalq xo'jaligi rivojiga dunyoda yangi iqtisodiy istiqbolli, samarali sohalarni kiritish zamon, vaqt talabidir. Bu yangi iqtisodiy tarmoqlardan eng muhimi turizm sohasidir. Jahon mamlakatlarida keskin rivojlanib borayotgan turizm mamlakat iqtisodiyotida eng serdaromad soha hisoblanadi. Shuning uchun ham O'zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat ahamiyatiga molik bo'lgan masaladir. Bu masalaning dolzarbligi shundaki, turizm bozorining xalqaro rivoji o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, hozirgi kunda bu bozor munosabatlarini bilish, turizmni rivojlantirish muammolarini to'g'ri aniqlashni talab qiladi. Chunki, xalqaro turizmni bilmasdan dunyo turizmi hamjamiyatiga, hamkorligiga qo'shilish va O'zbekistonda turizmni xalqaro va mahalliy darajada rivojlantirish qiyin kechadi. Xalqaro turizmni shuningdek, milliy turizmni rivojlantirishning asoslaridan biri esa turistik marshrutlarni ishlab chiqish va bu marshrutlarga turistlarni jalb qilish hisoblanadi. Puxta, qiziqarli ishlangan turistik marshrut turistlarni ko'plab jalb qiladi. Shuning uchun ham, turistik marshrutlarni mukammal ishlab bera oladigan malakali mutaxassislarga talab juda katta bo'lib bu kursni o'qitish, o'rgatish O'zbekistonda turizmni rivojlantirishdagi eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Buxoro — Markaziy Osiyoning qadimiy shaharlaridan bo'lib, Buyuk Ipak yo'lidagi eng yirik va mashhur savdo markazlaridan biridir. Shahar umumjahon tamadduni rivojlanishining eng muhim bosqichlari bilan chambarchas bog'liq bo'lgan o'zining ming yillar davomida shakllangan boy va noyob tarixi bilan madaniy-ma'rifiy va ma'naviy-diniy qadriyatlarning rivojlanishiga ulkan hissasini qo'shib kelgani bilan butun dunyoda shuhrat qozongan. Mustaqil rivojlanish davrida O'zbekistonning butun turizm tarmog'i kabi Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turistik salohiyatini targ'ib qilish, turizmning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish davlatning doimiy diqqat-e'tibori markazida turibdi. Bugungi kunda Buxoro viloyatida turizm industriyasi va unga yondosh infratuzilmani rivojlantirishda band bo'lgan turistik faoliyat sub'ektlari soni jadal sur'atlarda oshib bormoqda. Buxoro qadimgi va me'moriy jihatdan beqiyos shaharlardan biridir. 1997-yilda uning 2500 yillik yubileyi nishonlandi. Buxoro zardushtiylar davrida Buxxor - «ilmlar markazi» sifatida mashhur bo'lgan. Islomiyat davrida u «Buxoroyi Sharif» deb ulug'langan, «ubbatil islom» unvoni bilan sharaflangan. YuNESKO tomonidan Jahon madaniyat merosi xazinasiga kiritilgan. Buxoro zaminida Abu Nasr ibn Muammad Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abdullo Jafar Rudakiy, imom Buxoriy Bahouddin Nashbandiy singari buyuk allomalar, jaxonga mashur ko'plab insonlarga beshik bo'lgan. Buxoro Markaziy Osiyodagi Buyuk ipak yo'lida joylashgan va jahon madaniyatida, tarixida o'ziga xos qiyofasi, madaniy meros ob'ektlari, arxitektura yodgorliklari bilan ajralib turadigan eng qadimiy shaharlardan biridir. Buxoro shahri osmon ostidagi ulkan muzey, tirik kitobdir. Uzoq va buyuk ajdodlarimizning ko'plab avlodlari tomonidan o'ziga xos me'morchilik uslublarida barpo etilgan. Buxoro shaxri millatimiz iftixoridir. Ikki yarim ming yildan ko'proq vaqt ichida yaratilgan yaxlit arxitektura ansambllari Buxoro me'morchilik maktabining mevasidir. Buxoro shahrining me'morchilik tarixi uning g'arb tomonidan sharq tomoniga qarab davom yetadi. Sharq obidalari tarixi g'arbda Ark madaniy meros ob'ekti va Ismoil Somoniy maqbarasidan boshlansa, Poyi Kalon me'moriy ansabli, savdo rastalari - «toq» va «tim» lar, Labi Hovuz arxitekturaviy ansambli va boshqalar orqali borib Chor Minor madrasasiga taqaladi. Buxoroning arxitekturaviy ansambllari yuz yilliklar, ming yilliklar davomida shakllangan bo'lib, ular yagona rejaviy va ajm-fazoviy kompozitsiya bilan bog'liqdir. Xulosa Buxoro shahri va Buxoro viloyati turizm salohiyatini yanada rivojlantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish, betakror tarixiy-madaniy va me'moriy meros ob'ektlari bilan sayyohlarni keng tanishtirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va hududda zamonaviy turizm infratuzilmasining jadal rivojlantirishni ta'minlash, zamonaviy talablarga muvofiq ko'rsatilayotgan turizm, mehmonxona va transport xizmatlari ro'yxatini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida davlat dasturi ishlab chikilganligi (2017 — 2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish Dasturi) bu sohani o'rganish ustuvor axamiyatga egadir. Download 29.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling