Buxoro viloyatidagi tarixiy joylar


Buxoro viloyatidagi obidalar


Download 29.31 Kb.
bet2/5
Sana21.04.2023
Hajmi29.31 Kb.
#1368142
1   2   3   4   5
Bog'liq
Buxoro viloyatidagi tarixiy joylar

Buxoro viloyatidagi obidalar

Buxoro shahri sharqning mashhur qadimiy shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Buxoroga miloddan avval VI asrda asos solingan. Zarafshon daryosining quyi oqimida joylashgan Buxoro shahri va uning atrofidagi yerlar qadimda nihoyatda xushmanzara — hayvonot va oʻsimlik dunyosi betakror, koʻl va oqar suvlarga boy boʻlib, tarixchi Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ asaridagi maʼlumotlar buni tasdiqlaydi.
Shahar yoshi aniqlashga doir tadqiqotlar
Shuningdek, shaharning yoshini aniqlash maqsadida butun Buxoro vohasi boʻylab, chunonchi yirik arxeologik yodgorliklar — Poykend, Qoʻrgʻoni Vardonze, Romitan, Varaxsha, Xoja Boʻston, Qoʻzimontepa, Oqsochtepa va boshqa shahar harobalarida keng arxeologik qazishmalar olib borildi. Arxeologik tadqiqotlar jarayonida Buxoro xususidagi yozma manbalarda keltirilgan maʼlumotlar bilan arxeologik topilmalar qiyoslanib, quyidagicha xulosaga kelindi. Zarafshon daryosining quyi oqimidagi dastlabki manzilgohlar jyoz davri (miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmi) dayoq vujudga kelib, ular sinchli yarim yertoʻlalardan iborat boʻlgan (qurib qolgan Mohondaryo tarmogʻi mintaqasida olib borilgan tadqiqotlar buni tasdiqlaydi); miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Zarafshon daryosining yirik tarmogilari deltalari joylashgan yerlarda mustahkamlanmagan manzilgoxlar paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi 4-asrda esa Buxoro arki qurilajak hudud baland mudofaa devori va keng xandaq bilan oʻrab olinib, uning etagida uchta mustahkamlangan manzilgoh joylashgan (bu xil manzilgohlar miloddan avvalgi 1-ming yillik boshidan Oʻrta Osiyoning dehqonchilik qilinadigan viloyatlariga xosdir). Mazkur manzilgohlardan biri Firobdiz, ikkinchisi Navmichkat, uchinchisi Buxoro deb atalgan. Keyinchalik bu uch manzilgoh oʻzaro birlashib va toʻxtovsiz taraqqiy etib borib, kattagina shaharga — Buxoro vohasining savdohunarmandchilik va maʼmuriy markaziga aylangan.
Qadimgi davr va Ilk oʻrta asrlar
X asr tarixchisi Muhammad Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ asarida oʻz aksini topgan mahalliy mifologik anʼanalar shaharning qadimiy qismi — Ark qalʼasiga asos solinishi qahramonlik eposlari bahodirlari Siyovush yoki Afrosiyob, yaʼni Alp Er Toʻngaga bogʻlab, shu tariqa olis-olis zamonlarga mansub tarzda rivoyat qilinadi. Biroq, vohadagi Vardonze, Romitan, Varaxsha kabi istehkomlar va Poykenddek bir tijorat shahri — Buxoro shahridan ham qadimiyroq, deb hisoblab kelinadi.
Buxoro vohasidagi hukmdorlardan biri — Asbar tangasi. VI—VII asr boshi.
Buxorodan topilgan tangalar bu yerda savdo-tijorat aloqalari va tovar-pul munosabatlari taraqqiy etganidan guvohlik beradi. Tangalarga qarab, bu yerda hukm surgan sulolalar almashinuvi, hukmdorlar ismlari, unvon-martabalar nomlanishi, sulola alomatlari — tamgʻa va boshqa tasvirlari oʻzgarib borishini aniq-tiniq kuzatish mumkin. Biroq shahar hududida Salavkiylar hukmdori Yevtidemning dirhamlariga taqlidan zarb etilgan xazina 1937-yili topilgan xolos.
Shahristonga asos solinishi
Buxoro qalʼasidan sharq tomonda 3 yoki 4 nafar dehqonning (oliy zamindor toifaning) oʻziga xos mustaqil qalʼa-istehkomlari (koʻshklari) negizida asta-sekin shaharning oʻzi — Shahriston shakllanib bordi (maydoni 28—30 gektar). Shahristonga asos solinishi esa Abruyning zulmi tufayli Buxorodan Turkiston va Tarozga koʻchib ketgan buxorolik dehqonlarning iltimosi bilan 560—580-yillarda qoʻshinlari bilan shaharga kelgan turk hukmdori Sheri Kishvar nomi bilan bogʻliq holda talqin etiladi.
Buxoro namozgohi.
Buxoro namozgohi — Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Shaharning janubiy chekkasida, qoraxoniylar sulolasining yozgi qarorgohi o’rnida barpo etilgan. (1119) Masjid pishiq g’ishdan oddiy qilib qurilgan. Atrofi baland devor bilan o’ralgan. XVI asrdagi ta’mir davrida masjid binosiga tutashtirib 3 toqili va ustunli peshayvon qurilgan.Tarhi to’g’ri to’rtburchak bo’lib, 3 asosiy xonadan iborat.O’rtadagi murabba tarhli xona yassi gumbaz bilan, yonlaridagi xonalar balxi gumbaz bilan yopilgan.Asosiy xonaga peshtoq, yonidagi xonalarga dalon-yo’lakdan kirilgan. Peshtoqqa Qur’ondan ko’chirilgan oyatlar bitilgan.
Buxoro namozgohi me’morligida mehrob va uning atrofiga ishlangan koshinkori bezaklar alohida ajralib turadi. Unda Buxoro me’morligi va bezak san’atining an’analari o’z ifodasini topgan.
Abdulazizxon madrasasi (Buxoro, 1652)-Buxoro xoni Abdulazizxon II qurdirgan. Me’mori Mimxoqon ibn Xo’ja Muhammadamin. Madrasa tuzilishi oddiy. To’rtburchak hovlining har tarafida peshtoqli ayvon bor. Ayniqsa, tashqi peshtoq sirkor parchin bilan qoplangan. Ichki gumbazlar bezagiga ganch muqannas, islimiy naqshlar va zarhal bezaklar qo’llanilgan.
Ismoil Somoniy maqbarasi
Maqbara IX-X asrlarga oid. Bu yerga dafn qilingan Ismoil Somoniy Buxoroda Somoniylar davlatiga asos solgan yirik siyosiy arbob hisoblanadi. U 848 yil Buxoro shahrida tug'ilgan. 874 yilda Buxoro hokimiga noib, 888 yildan esa butun Movarounnahrga hokim bo'lgan. Ismoil Somoniy markaziy hokimiyatni mustahkamlash siyosatini olib borib, turli yerlardan ulamolar, adiblar, usta va hunarmandlarni Buxoroga to'plagan. Madaniyat rivojiga katta hissa qo'shgan. Bag'dod xalifalaridan ibrat olib, o'ziga ulkan maqbara qurdirgan.
Chor Bakr me'moriy majmuasi
XVI- XX asrlar. Nufuzli Xojagon urug'ining boshlig'i Xoja Ismoil tomonidan Buxoroning tashqarisidagi Sumitxon qishlog'ida "Chor Bakr " (to'rt Bakr) nomi bilan mashhur bo'lgan qabristonga asos solindi. Unda asosan (Imom Bakri Sa'd, Imom Bakri Tarxon, Imom Bakri Homid va Imom Bakri Ishoq) oilaviy qabrlarning ihotalari va ularning ortida dafn etilganlarning sag'analari mavjud. 1560-1563 yillari umumiy uyg'unlikdagi uchta imoratdan iborat majmua qurilgan. Xonaqoh va masjidning old tomonlari deyarli bir xil peshtoqlar bilan ajralib turadi. Lekin ularning rejasi va hajmdor qurilishi bir-biridan farq qiladi.
Masjidi kalon (Buxoro, 15-16-asrlar)-eski masjid qoldiqlari o’rnida qurilgan. Masjid to’g’ri to’rtburchak tarhli. Hovlining to’rt tomoni ravoqli galereya, 288 gumbazli, g’ishtin ustunlarga tayangan. Masjidning yeti ustuni bor. G’arbiy devoridagi naqshinkor mehrobda usta Boyazid Puroniy nomi saqlangan.



  1. Download 29.31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling