- Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning poytaxt sifatidagi nufuzi har tomonlama oʻsdi. Ubaydullaxon oʻz davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. U Hirotni ishgʻol etgan Eron qoʻshinini bir necha marta magʻlubiyatga uchratgan edi. Ayni paytda, u mamlakat ichkarisidagi siyosiy tarqoqlikka barham berdi
Великая Бухара - 1556-yilda Navroʻz Ahmadxon vafot etgach, Abdullaxon II darhol Karmana va Shahrisabzda o’z hukmronligini tikladi. Muhammad Islomning koʻmagi bilan esa Buxoro taxtini egalladi va uning poytaxt maqomini qayta tikladi. Markaziy hokimiyatga boʻysunishni istamagan Samarqand, Toshkent, Sayram, Turkiston va Fargʻona qilich kuchi bilan boʻysundirildi. Biroq raqiblarining taxtga yoshi katta shayboniy o4tirmadi-ku, deb qilishi mumkin boʻlgan ta’nalariga o4rin qoldirmaslik uchun bir oila doirasida boʻlsa-da, dastlab amakisi Pirmuhammad Ini, uning vafotidan soʻng esa otasi Iskandarxonni taxtga oʻtqazdi. 1583-yilda otasi vafot etgach, Abdullaxon II rasman xon deb e’lon qilindi. Shu tariqa, Abdullaxon II Movarounnahrda oʻz hokimiyatini toʻla oʻmatdi. Shuningdek, Xuroson tarkibidagi, lekin shayboniylar qoʻlida qolgan Balx, Maymana, Badaxshonda markaziy hokimiyatga qarshi koʻtarilgan isyonlarni bostirdi. Safaviylarga qarshi olib borilgan kurash natijasida Xurosonning sharqiy qismi egallandi. Binobarin, butun Movarounnahr, Xorazm va Xurosonning sharqiy qismigacha boʻlgan hududlar yagona hukmdor qoʻli ostida birlashtirildi. Shu tariqa, Abdullaxon II ning jasoratli kurashi natijasida XVI asr oxirida Buxoro xonligi markazlashgan ulkan davlatga aylandi. Bunday ulkan natijaga buyuk Amir Temurdan keyin Abdullaxon II erisha oldi, xolos. Rossiyada bu davlatga nisbatan bekorga „Великая Бухара (Buyuk Buxoro) iborasi qoʻllanilmagan edi.
Ashtarxoniylar.sulolasi - Joniylar – 1601—1757-yillarda oʻzbek davlatchiligini boshqargan sulola. 1601-yil ashtarxoniylardan Boqi Muhammad Buxoro hokimiyatini qoʻlga olgach, shayboniylar sulolasi hukmronligi tugatilgan. Ashtarxoniylar Joʻjixon naslidan boʻlib, XIV asrning 80-yillaridan boshlab Astraxon (Ashtarxon, Hoji Tarxon) va uning atrofidagi yerlar, xalqlar ustidan xukmronlik qilgan. Buxoroga koʻchib kelgan. Buxoro xoni Iskandarxon (1563—1583) qizi Zuhrabegimni uning oʻgʻli Jonibek sultonga bergan. Jonibek sulton Zuhrabegimdan uch oʻgʻil (Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad) koʻrgan. Din Muhammad Abdullaxon II (1583–98) zamonida Niso va Abivard hokimi boʻldi. Abdulmoʻminxon oʻldirilgandan keyin (1599) amir va ruhoniylar Jonibek sultonni xon taxtiga koʻtarmoqchi boʻldilar. Lekin, Jonibek bundan voz kechdi. Shunda ular uning katta oʻgʻli Din Muhammad nomiga xutba oʻqitdilar. Ammo u Buxoroga borayotib yoʻlda halok boʻldi. Oxiri taxtga Jonibek sultonning oʻrtancha oʻgʻli Boqi Muhammad oʻtqazildi. Shundan boshlab Buxoro xonligi Ashtarxoniylar qoʻliga oʻtdi
Do'stlaringiz bilan baham: |