Buxoro xonligi


Download 0.52 Mb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi0.52 Mb.
#1009660
  1   2   3
Bog'liq
Презентация (1)

BUXORO XONLIGI

Tuzuvchi. Kamolova Mahliyo

Òzbeksiton Milliy universiteti

Tarix(mamlakatlar va mintaqalar)

Shayboniylar bòyicha manbalar


M Shodiy.Fathnoma
K Binoiyni. Shayboniynoma
M Haydarni Tarixi Rashidiy
Ģ Xondamirni Habib us siyar
H T Buxoriyni Abdullanoma
Mahmud Ibn Valini. Bahl ul asror

Buxoro xonligida.Shayboniylar

  • Shayboniyxon halok boʻlgach, uning oʻrniga amakisi Koʻchkunchixon taxtga oʻtirdi. Biroq 1511-yilda Bobur Mirzo Samarqandni uchinchi marta egallaganida shayboniylar vaqtinchalik hokimiyatdan mahrum boʻlib qoldilar. 1512-yil 28-apreldagi jangda shayboniylar Bobur Mirzo bilan uning ittifoqchisi safaviylar qoʻshinini tor-mor qilib, Samarqand taxtini qayta qo`lga kiritdilar. Koʻchkunchixon 1530-yilgacha hukmronlik qildi. Koʻchkunchixondan soʻng taxtga oʻgʻli Abu Said (1530-1533) oʻtirdi. Undan keyin esa hukmdorlik Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning oʻgʻli Ubaydullaxon (1533-1540) qo`liga o`tdi. U 1533-yilda xonlik poytaxtini Samarqanddan Buxoroga koʻchirtirdi. Shu tariqa, Shayboniylar davlati Buxoro xonligi deb atala boshladi. 

Ubaydullaxon.Buxoro xonligi asoschisi

  • Ubaydullaxon Buxoroga otameros mulk deb qarar edi. Chunki Shayboniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sultonga bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etgan davlatiari endilikda Buxoro xonligi deb ataladigan boʻldi. Ubaydullaxonning tariximizdagi xizmatlari katta. Avvalo, u Ismoil Safaviy qoʻshinining hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahmi ularning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qoldi. Ubaydullaxon safaviylarga qarshi kurashda o'zining ma’naviy ilhomchisi Mir Arab taxallusi bilan mashhur bo'lgan din peshvosi Abdulla Sabroniy tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. U Ubaydullaxonning doʻsti ham edi. Ubaydullaxon safaviylar ustidan erishgan gʻalabasi tufayli Vatan mustaqilligini, xalq erkini va din-u diyonatini, or-nomusini saqlab qoldi. Ubaydullaxon bu g'alabani Mir Arabga bag'ishladi va 1533 -1536-yillarda Buxoroda uning nomi bilan mashhur madrasa qurdirdi. Mir Arab madrasasi hali-hamon ilm-ma’rifat oʻchogʻi bo'lib qolayotir. Tarixchi Hofiz Tanish al-Buxoriy bekorga: „ Uning davlati va xalofati zamonida Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro viloyati gullab yashnadi“. deb yozmagan edi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling