Buxoro xonligi va amirligining ijtimoiy siyosiy tizimi Reja


Buxoro xonligining ijtimoiy tuzumi


Download 28.5 Kb.
bet2/5
Sana22.06.2023
Hajmi28.5 Kb.
#1646929
1   2   3   4   5
Bog'liq
Buxoro xonligi va amirligining ijtimoiy siyosiy tizimi

Buxoro xonligining ijtimoiy tuzumi
Buxoro amirligida oldingi asrlardagidek feodal yer egaligining uchala shakli ham, ya'ni davlat yer egaligi (amlok), xususiy yer egaligi (mulk), vaqf yer egaligi to'la saqlanib qolgan edi. Yer egaligining asosiy shakli bo'lgan davlat yer egaligi maydonida dehqonlar ishlagan. Ular xazinaga xiroj va boshqa soliqlar to'lab turishgan. XVII asrdan boshlab yerga ishlashning tanho ko'rinishi keng tarqalgan edi. Tanhodor yerning egasi bo'lib, uning huquqi yerda ishlayotgan dehqondan soliq olish bilan cheklanardi. Suyurg'ol qilib berilgan yerlar ham tanhoning bir ko'rinishi hisoblanardi.
Bu davrda xususiy yer egaligi (mulk) ancha kengaydi. U ikki qismga bo'lingan bo'lib, uchdan ikki qismi davlat yeriga, uchdan bir qismi xususiy mulkka (mulki hurri xolis) ajralgan. Shuni alohida ta'kidlash Icerakki, renta solig'i (xiroj, mavlud, jihod - favqulodda soliq) nafaqat rjavlat yerida, balki mulk yerida ham oshib bordi. XVIII asr boshiga Icelganda arairlik soliqni oshirish yoki yangi soliq turini joriy qilishdan ham qo'rqib qoldi. Jamoa tuzumi qoldig'i hisoblangan dehqon jamoalari tugatilib, yangi ijtimoiy guruh ijarachi dehqonlar shakllana bordi. Shunday qilib, bu davrda yerga egalik va boylik yirik zodagonlar va ruhoniylar qo'lida to'plana bordi.
Buxoro amirligida soliq turlaridan eng ko'zga ko'rinarlisi xiroj edi. Xiroj hosilning ma'him qismini natural holda, ya'ni mahsulot bilan to'lanadigan soliq turi hisoblanardi.
XIX asr boshlariga kelib shahar va shahar atrofi yerlaridan xirojning ma'him qismi pul ko'rinishida undirila boshlangan. Bu davrda Buxoro I'mirligi soliq tizimida XVI-XVIII asr birinchi yarmiga nisbatan alohida o'zgarish ko'zga tashlanmaydi. Qonunlashtirilgan yer solig'idan tashqari dehqonlar zimmasiga har bir tanob bog' yoki poliz yeriga alohida soliq - tanob puli, bedazorlarga alaf puli solinardi. Bu soliqlarning miqdori yer maydoniga ko'ra turlicha bo'lardi.
XIX asrning 50-yillari oxirida, Amir Nasrullo (1826-1860) davrida bu soliqlarga o'zgartirishlar kiritildi. Ya'ni, polizlarga yangi soliq - qo'sh puli belgilandi. Bunda qo'shga qo'shiladigan va mavsumda ma'lurn yer maydonini hayday oladigan har bir juft ho'kiz hisobga olinardi.
Boshqa soliqlar orasida zakot deb atalgan davlat solig'i (soliq solinadigan narsa qiymatining qirqdan bir ulushi miqdorida) eng muhim soliq edi. Chorvachilik hududlarida qoramoldan zakot mahsulot bilan olinardi. Bundan tashqari to'la, daloli, suv haqi, puli taxta joy, yaksara, nimsara kabi soliq turlari ham mavjud edi.
Buxoro amirligidagi shahar aholisining ko'pchiligini hunarmandlar va savdogarlar tashkil etardi. Aholining katta qismi fuqaro deb atalardi. Harbiy boshliqlar, amaldorlar o'zi egallab turgan lavozimi, daromadi, turmush tarzi, hatto kiyinishi bilan oddiy fuqarodan ajralib turardi. Amir boshliq yirik zodagonlar karvonsaroy, bozor, do'kon va boshqa daromad manbayi bo'lgan joylarning egasi hisoblanib, ular bu joylarni ijaraga berishar va savdo-sotiq ishlaridan katta foyda olishardi. Hunarmandlar va mardikorlarning ahvoli juda og'ir edi. Ular xizmatiga juda kam haq to'lanardi. Shunday bo'lsa ham qishloq aholisi o'z tirikchiligini o'tkazish uchun shaharga kelishardi. Chunki qishloqlarda ahvol yanada og'irroq bo'lib mehnatkashlarning kunini o'tkazishi ham muammo edi.
Buxoro amirligida qishloq aholisining 25 foizi yersiz dehqonlar edi. Ular katta yer egalariga yollanib ishlashga majbur edilar. O'z mehnatlari uchun dehqonlar mavsumda 10 so'mdan 20 so'mgacha haq olishardi.
Matag'Mar sulolasi davrida ham oldingi davrlarga xos ijtimoiy tabaqalar saqlanib cjolindi. Ularning ijtimoiy ahvolida aytarlik o'zgarishlar ko'zga tashlanmaydi, Odatdagidek, oliy tabaqa hisoblangan amir va saroy ayonlarl (vaziru vuzaro) ijtimoiy jihatdan eng katta imtiyozlarga ega bo'lgan tabaqa edi. Davlat boshqaruvida u yoki bu darajada ishtirok etadigan harbiy-ma'muriy amaldorlar (umaro) ham nufuzli ijtimoiy tabaqa sifatida o'z ahamiyatini saqlab qoldilar.
O'zlarini oqsuyaklar deb boshqa barcha aholidan ustun qo'yadigan, Muhammad payg'ambar avlodlaridan hisoblangan sayyidlar hamda xo'jalar (ular o'z avlodlari shajarasiga ega bo'lishlari shart edi) bir qator imtiyozlarga ega bo'lgan tabaqa bo'lib, ular boshqa ijtimoiy tabaqalardan ajralib turishardi. Xususan, har qanday boy-badavlat kishi bu ijtimoiy tabaqaga mansub bo'la olmas edi. Agar boshqa ijtimoiy tabaqalar o'rtasida qat'iy chegara yo'q bo'lib, oddiy fuqaro ma'lum vaziyatda amaldorga aylanishi mumkin bo'lsa, lekin boshqa hech qaysi ijtimoiy tabaqa vakili bu «oqsuyak» tabaqadan o'rin ololmasdi. Bu oliy nasab faqat avloddan avlodga o'tar edi.
Bu davrda jamiyat madaniy hayotiga mas'ul bo'lgan ijtimoiy guruhlar: olimlar, shoirlar, mudarrislar, talabalar hayotida ham jiddiy o'zgarishlar ro'y bermadi. Asosiy soliq to'lovchi aholi, jamiyatdagi barcha moddiy boyliklarni yaratuvchi ijtimoiy tabaqa - raiyat (fuqaro) ijtimoiy pog'onaning quyi qismida qolib, ijtimoiy adolatsizliklarning asosiy og'irligi ular zimmasida edi. Buxoro amirligida qulchilik bu davrda ham saqlanib qolindi. Qullar asosan rus, eron millatlarga mansub bo'lib, ular harbiy talonchilik yurishlari paytida qo'lga olinardi va ko'pincha turkman hamda qozoqlar tomonidan Buxoro bozorida sotilar edi. Manbalarda har biri 40 tagacha qulga egalik qiluvchi badavlat buxoroliklar borligi haqida ma'lumotlar saqlanib qolgan. Bu qulchilikning ancha keng rivojlanganligini ko'rsatib turibdi. Amirlikdagi ijtimoiy tuzum haqida fikr yuritganda shuni e'tiborga olish kerakki, aholini tabaqalarga bo'lishda ularning qaysi millat yoki urug'ga mansubligiga ham e'tibor berishgan. Masalan, ba'zi manbalarda amirlikdagi barcha aholi quyidagi tabaqalarga bo'lingan holda keltiriladi:
1. Oqsuyaklar. Ularga Muhammad payg'ambar avlodlari hisoblangan sayyidlar hamda xo'jalar kirgan.
2. Urug'dorlar. Ularga o'z urug'iga ega barcha aholi, ya'ni o'zbeklar mansub bo'lgan.
3. Shogirdpesha. Ularga tojiklar, forslar mansub bo'lgan.
4. Mullalar. Ularga madrasani tugatgan va yetarli bilimga ega bo'lgan o'qimishli barcha kishilar kirgan.
Bu tabaqalarning barchasi o'z navbatida sipoyi, ya'ni davlat xizmatida bo'lgan amaldorlarga va fuqarolarga bo'lingan.

Download 28.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling