Buxoro xonligi va amirligining ijtimoiy siyosiy tizimi Reja
Buxoro xonligi davrida markaziy va mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv organlari
Download 28.5 Kb.
|
Buxoro xonligi va amirligining ijtimoiy siyosiy tizimi
Buxoro xonligi davrida markaziy va mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv organlari
Buxoro amirligining davlat tuzumi ashtarxoniylar hukmronlik qilgan Buxoro xonligining davlat tuzumidan kam farq qilgan. Bu davrda davlat boshlig'i - amirning hokimiyati tobora cheklanmagan xarakterga ega bo'lib borgan. Umuraan XIX asrda Buxoro amirligi yakka hokim boshchiligidagi markazlashgan davlat edi. Davlat mutlaq qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatga ega bo'lgan amir tomonidan idora etilardi. Davlat hayotiga taalluqli eng muhim siyosiy, iqtisodiy, diniy va boshqa shu kabi masalalar Buxorodagi bosh qarorgoh - Arkda hal etilardi. Arkda amir va uning oilasidan tashqari qushbegi, shig'ovul, to'pchiboshi, mirzaboshi va boshqa ba'zi saroy amaldorlari, ularning oilalari, xizmatkorlari yashaganlar. Vaqti-vaqti bilan Davlat Kengashi chaqirilib turilardi. Odatda 5 tadan 20 tagacha eng yuqori amaldorlar a'zo bo'lgan bu kengashda davlat hayotiga taalluqli o'ta muhim masalalar ko'rib chiqilardi. Mang'itlar davrida ham davlat boshqaruvi asosan ikki bo'g'inli, ya'ni markaziy va mahalliy boshqaruvdan iborat bo'lib, ularning har biri musulmon davlatlariga xos bo'lgan murakkab boshqaruv tarmoqlariga ega edi. Markaziy ijroiya hokimiyat saroy a'yonlaridan tashkil topgan edi. Mang'itlar sulolasi davrida davlat boshqaruvida qushbegi mansabini Igallagan kishining mavqeyi juda oshib ketdi. Bu mansab egasi amalda bosh vazir hisoblanardi. Davlat boshqaruvida devonbegi, parvonachi, otaliq, dodxoh, xudoychi, mirzaboshi va boshqa saroy a'yonlarining hamda shayxulislom, qozikalon kabi diniy rahbarlarning ham ahamiyati yuqori edi. Amir Shohmurod o'z hukmronligi davrida hokimiyatni boshqarish tartiblarini qayta tuzdi. Uning hukmronligi davrida moliya, sud, ma'muriy va harbiy ishlar sohalarida islohotlar o'tkazildi. Bu islohotlarni Shohmurod xalqning norozilik qo'zg'olonlari tufayli o'tkazgan edi. Rivoyatlarga ko'ra, Shohmurod mamlakatda tartib o'rnatish uchun manmanlikka berilib, amirni ham mensimaslikkacha borib yetgan, qushbegi va qozikalonni xalqning ko'zi oldida o'ldirtirgan. Davlatni boshqarish ishlarida dindorlar (ruhoniylar) ta'siri ancha kuchaytirildi. Amir Shohmurod o'z davlatida osoyishtalik o'rnatib, ichki tarqoqlikka qarshi kurashdi, suv inshootlarini tartibga solishda bir qancha tadbirlarni amalga oshirdi. Bu islohotlar ichida davlat boshlig'i unvonining o'zgartirilishi ham diqqatga sazovordir. Shohmurod turkiy xalqlarda udum bo'lib kelgan xonlik unvonidan voz kechib, amirlik unvonini oldi, ushbu yangilik Buxoroning islom davlati, uning hukmdori esa musulmonlar amiri I'kanligiga hamda otasi Doniyolbiy xon emas, otaliq mansabida bo'lganligiga ishora edi. Shohmurodbiy joriy etgan bu unvonni so'nggi mang'it hukmdorlari 1920-yilgacha qo'llab keldilar. Shohmurod soliqlardan ezilgan xalqning harakati kuchaygan vaqtda taxtga o'tirganligi uchun ham birinchi islohotni soliqlarni tartibga solishdan boshladi. Butun Buxoro shahri aholisiga tarxon yorlig'i berib, o'zidan avvalgi hukmdorlar joriy qilgan, shariatga to'g'ri kelmaydigan yorg'u, boj, tarx, tushmol, yasoq kabi soliqlarni bekor qildi. Bu islohotlar ichida, ayniqsa, sud islohoti diqqatga sazovordir. Unga ko'ra, har bir musulmon, hatto qul ham qoziga o'z shikoyati bilan kelishga va g'ayriqonuniy ish qilayotgan o'z xo'jayinini javobgarlikka tortishga haqli edi. Bunday qoida o'sha vaqtdagi Buxoro amirligidagina emas, butun Turkiston davlatlarida sudlovni ijobiylashtirish uchun tashlangan katta qadam bo'ldi. Bundan tashqari, qirq a'lamdan (qonunshunoslardan) iborat oliy sud (qozixona) palatasi tuzildi. Uning a'zolari shariat huquqi asosida Shohmurodaing o'zi tuzib bergan to'plamni qo'llariga olib, arz va shikoyatlarni hal etishda unga qarab ish ko'radigan bo'lganlar. Bu oliy qozixonada ish ko'rilayotganda amirning o'zi bosh bo'lib turgan. Shu boisdan mazkur tashkilotni amirning oliy sudi deb atash mumkin. Bundan tashqari, sudda ish ko'rilayotganda da'vogarning shaxsan o'zi ishtirok etishi talab qilingan. Tumanlar va kattaroq qishloqlarga (qasabalarga) qozilar tayinlash ham u kiritgan yangiliklardan bo'ldi. Shunday qilib, Amir Shohmurod davrida Buxoro amirligida yangi sud tizimi: qasaba, tuman, viloyat qozilari, Bosh qozi hamda qirq a'lam sudi vujudga kelib, eng oliy qozi amirning o'zi edi. Mansablar tizimi borasida shuni aytish mumkinki, ularning yuqorida aytib o'tilgan bo'g'inlari, umuman, o'zgarishsiz saqlanib qolgan bo'lsa-da, ba'zilari o'z umrini tugatdi yoki o'rnini boshqa mansablarga bo'shatib berdi (masalan, arablar ishlari devoni, chig'atoy begi va boshqalar). Ilgari muayyan mansabdagi shaxs aynan shunga mos vazifani bajarishi lozim bo'lsa, endi unvonlar mansabsiz, ya'ni faxriy bo'la boshladi. Davlat mansablari ichida bu davrda qushbegining ma'muriy mavqeyi birinchi o'ringa chiqdi. Moliya, soliq, asosan, soliq undirish ishlarini boshqarib turuvchi amaldor undan keyin turib, qulli qushbegi deb ataladigan bo'ldi. Barcha harbiy qismlar, jumladan, Buxoro shahar garnizoni boshlig'ining mansabi endi to'pchiboshi qo'liga o'tdi. Mang'itlar sulolasi davrida o'tkazilgan ma'muriy islohotlar tufayli davlatning asosiy ma'muriy birligi bekliklar bo'lib qoldi. Amirlik hududi eng kengaygan Amir Nasrullo hukmronligi davrida Buxoro tarkibida asosan 30 ta beklik bor edi. Mahalliy boshqaruv viloyat beklari qo'lida edi. Ularning ham, jdatdagidek, o'z boshqaruv tizimi mavjud bo'lib, mirshabboshi, soliq jjg'uvchi amaldorlar (tanobchi, zakotchi), qozi, rais kabi diniy mansabdorlar, lishloq oqsoqollari yordamida bekliklar idora qilinardi. Viloyat beklari jdatda amir tomonidan tayinlanar, ko'p hollarda bu lavozimga mang'it arug'idan bo'lgan kishilar loyiq ko'rilardi. Poytaxt shahar Buxoro va atrofdagi tumanlar amir tomonidan joshqarilgan. Bekliklar o'z navbatida kichik hududiy bo'linma -amlokdorliklarga bo'lingan bo'lib, ularni boshlig'i amlokdor deb atalardi. )avlatning ma'muriy tuzilishidagi eng quyi bo'g'ini oqsoqol tomonidan joshqariladigan qishloq jamoalari bo'lgan. Download 28.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling