Buxoro xonligi Xonlikning tashkil topishi
Download 1.2 Mb.
|
ergashev.h.5ppt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxoro xonligi Xonlikning tashkil topishi
- Buxoro Abdullaxon II hukmronligi davrida
- Shayboniylar sulolasi hukmronligining barham topishi
- Xurosondan Buxoroga yetib kelgan Pirmuhammadxon Buxoro himoyasiga kirishdi.
- Buxoroning bir guruh amirlari Ibodulla Sultonning ogli Abdulaminni xon qilib kotardilar.
TERMIZ DAVLAT UNUVERSITETI Tarix (mamlakatlar va yo’nalishlar bo’yicha) TARIX fakulteti 2-kurs 221-guruh talabasi ERGASHEV HUMOYIDDINning O’zbekiston tarixi fanidan BUXORO XONLIGINING TASHKIL TOPISHI VA SIYOSIY HAYOTI mavzusida tayyorlagan TAQDIMOTI Buxoro xonligi Xonlikning tashkil topishi1556-yili Muhammad Islomning ko'magida Abdullaxon amalda Buxoro taxtini egallaydi. Muhammad Islom Olloh nomidan Abdullaxonning faoliyatiga oq fotiha bergan edi.Abdullaxon II avval amakisi, Babe va Badaxshon hukmdori Pirmuhammadni (1557-1561), keyin otasi Iskandarxonni (1561-1583) xon deb e'lon qilgan bo'lsa-da, amalda mamlakat hukmdori Abdullaxon II ning o'zi edi. Iskandarxon Buxoro Abdullaxon II hukmronligi davridaMamlakatdagi parokandalikka chek qo'yish uchun markaziy hokimiyatni yana tiklash va kuchaytirish zarur edi. Bu zaruriyatni qonli urushlarsiz amalga oshirib bo'lmas edi. Ana shunday sharoitda kurash maydoniga Miyonqol hukmdori Shayboniy Iskandar Sultonning o'g'li Abdullaxon II (1534-1598) chiqdi. Abdullaxon II Abdullaxonning butun hukmronlik davri tinimsiz urushlarda kechdi. Chunonchi, 1574-yili Balxni, 1578-yili Samarqandni, 1583-yili Toshkent va Farg'onani, 1584-yili Badaxshonni, 1595-yili Xorazmni zabt etdi va o'z davlati tarkibiga qo'shib oldi.Shayboniylar sulolasi hukmronligining barham topishiAbdullaxon II mamlakatni birlashtirish yo'lida shayboniy sultonlarning markaziy hokimiyatni kuchsizlantirishga urinishlariga qarshi tinimsiz va shafqatsiz kurash olib bordi. Bu maqsad yo'lida qarindoshlariga ham shafqat qilmadi. Pirmuhammad Buxoro xonligini yana ikki yilcha idora qildi. Tez orada Jaloir, Do'rmon qabila boshliqlarining ig'vosi bilan Pirmuhammadxon bilan Boqi Muhammad o'rtasidagi munosabatlar buzildi.Shayboniy Abdullaxon II 1598-yil fevral oyida vafot etgach, taxtga uning o'g'li Abdulmo'min o'tqazildi. Biroq o'sha yili-1598-yil iyul oyida Abdulmo'min fitnachilar tomonidan O'ratepa va Zomin oralig'ida o'ldirildi.Xurosondan Buxoroga yetib kelgan Pirmuhammadxon Buxoro himoyasiga kirishdi.Tavakkal Buxoroni 2 oy davomida qamal qilsa-da, uni ololmay Samarqand tomon chekindi. Xonlikning ko'pgina amirlari o'z qo'shinlari bilan Pirmuhammadxonga qo'shildi. Pirmuhammadxon qo'shinlari uni ta'qib etib, 1599-yil avgust oyi oxirlarida Miyonqolning Uchqora mavzeyiga yetib oldilar va shu yerda bo'lgan jangda Tavakkal qo'shinlari tor-mor keltirildi. Movarounnahr hududi ozod etildi, qozoq lashkarlari Dashti Qipchoqqa chekindi.Buxoroning bir guruh amirlari Ibodulla Sultonning o'g'li Abdulaminni xon qilib ko'tardilar.Boshqa guruh amirlar esa Balx hokimi Abdullaxon II ning jiyani, Sulaymon Sultonning o'g'li Pirmuhammadni shayboniylarning oliy xoqoni deb e'lon qiladilar va Balxdan chaqirib olib, taxtga o'tqazadilar. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling