Buyrak va jigar markerlari Bajardi: Nabijonov q 01 ped


Download 54.16 Kb.
bet2/7
Sana09.06.2023
Hajmi54.16 Kb.
#1470517
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5188153170232092242

J. organizmning markaziy biokimyoviy lab.si boʻlib, turli-tuman funksiyalarni bajaradi; J. boʻlmasa, odam, hayvon yashay olmaydi. J. bir sutkada 600—700 g oʻt (safro) ishlab chiqarib, ovqat hazm boʻlishida va oziq moddalarning ichakdan qonga soʻrilishida muhim rol oʻynaydi; oqsillar, yogʻlar va uglevodlar almashinuvida qatnashadi; bundan tashqari, moddalar almashinuvida hosil boʻladigan yoki tashqaridan kirgan zaharli moddalarni zararsizlantirib, himoya funksiyasini bajaradi. J.ning maxsus yulduzsimon hujayralari fagotsitozga va anti-telolar hosil qilishga qodir. J. qonni yigʻib tura oladi. J. embrional rivojlanishda qon elementlari va gemoglobin hosil qilishda ham ishtirok etadi. Organizmdagi jami qonning 1/5 qismi J. tomirlariga sigʻishi mumkin

  • J. organizmning markaziy biokimyoviy lab.si boʻlib, turli-tuman funksiyalarni bajaradi; J. boʻlmasa, odam, hayvon yashay olmaydi. J. bir sutkada 600—700 g oʻt (safro) ishlab chiqarib, ovqat hazm boʻlishida va oziq moddalarning ichakdan qonga soʻrilishida muhim rol oʻynaydi; oqsillar, yogʻlar va uglevodlar almashinuvida qatnashadi; bundan tashqari, moddalar almashinuvida hosil boʻladigan yoki tashqaridan kirgan zaharli moddalarni zararsizlantirib, himoya funksiyasini bajaradi. J.ning maxsus yulduzsimon hujayralari fagotsitozga va anti-telolar hosil qilishga qodir. J. qonni yigʻib tura oladi. J. embrional rivojlanishda qon elementlari va gemoglobin hosil qilishda ham ishtirok etadi. Organizmdagi jami qonning 1/5 qismi J. tomirlariga sigʻishi mumkin

Qondagi ortiqcha suv qisman J.da ajralib chiqib, oʻt va limfa hosil boʻlishiga ketadi. J. oʻtni uzluksiz ishlab, oʻzining oʻt yoʻli orqali chiqaradi; oʻn ikki barmoq ichakka oʻt kirishi ovqatlanish vaqtida boshlanib, meʼda ovqatdan boʻshamaguncha davom etadi. Boshqa vaqtda esa umumiy oʻt yoʻlining halqasimon muskuli (sfinkteri) qisqarib, shu yoʻlning teshigini berkitib turadi. J.da hosil boʻladigan oʻt pufagiga kirgach, quyulib qorayadi, chunki undagi suv va qisman boshqa baʼzi moddalar oʻt pufagi devoridan qonga oʻtadi. Hazm sistemasidan qonga oʻtgan hamma moddalar J.ga kelib, qisman murakkab moddalar tuzilishiga sarf boʻladi, qisman esa parchalanadi. Masalan, qon bilan kelgan amino kislotalardan qon oqsillari (albuminlar, globulinlar va boshqalar) hosil boʻladi, bir qancha moddalar (fruktoza, galaktoza, laktoza, glitserin)dan J.da glyukoza sintezlanadi, bundan esa glikogen vujudga keladi. Glikogen J. hujayralarida zaxirada turadi va organizm koʻproq energiya sarflayotgan vaqtda glyukozaga aylanib, qonga oʻtadi.

  • Qondagi ortiqcha suv qisman J.da ajralib chiqib, oʻt va limfa hosil boʻlishiga ketadi. J. oʻtni uzluksiz ishlab, oʻzining oʻt yoʻli orqali chiqaradi; oʻn ikki barmoq ichakka oʻt kirishi ovqatlanish vaqtida boshlanib, meʼda ovqatdan boʻshamaguncha davom etadi. Boshqa vaqtda esa umumiy oʻt yoʻlining halqasimon muskuli (sfinkteri) qisqarib, shu yoʻlning teshigini berkitib turadi. J.da hosil boʻladigan oʻt pufagiga kirgach, quyulib qorayadi, chunki undagi suv va qisman boshqa baʼzi moddalar oʻt pufagi devoridan qonga oʻtadi. Hazm sistemasidan qonga oʻtgan hamma moddalar J.ga kelib, qisman murakkab moddalar tuzilishiga sarf boʻladi, qisman esa parchalanadi. Masalan, qon bilan kelgan amino kislotalardan qon oqsillari (albuminlar, globulinlar va boshqalar) hosil boʻladi, bir qancha moddalar (fruktoza, galaktoza, laktoza, glitserin)dan J.da glyukoza sintezlanadi, bundan esa glikogen vujudga keladi. Glikogen J. hujayralarida zaxirada turadi va organizm koʻproq energiya sarflayotgan vaqtda glyukozaga aylanib, qonga oʻtadi.

Download 54.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling