Buyraklar funkiyasi, ayrish sistemasi kasalliklar va gigiyenasi
Download 0.76 Mb.
|
buyraklar funkiyasi
Buyrak orqali bo‘ylama kesimida buyrak to‘qimalarining buyrak po‘stlog‘i to‘qimasi hamda buyrakning ichki to‘qimalariga bo‘linishi ko‘rinadi, ularnign farqi ni ko‘z bilan ko‘rish mumkin. Buyrakning po‘stlog‘i to‘qimasi bevosita a’zoning kapsulasi ostida yotgan, eni taxminan 8 mm bo‘lgan to‘q qizil rangli qatlamdir. Po‘stlog‘ining rangi mikroskop ostida ko‘rganda, ko‘p sonli mayda buyrak hujayralari tufayli hosil bo‘lganligi ko‘rinadi, ularning har biri kapillyarlar bog‘lamini o‘z ichiga oladi (glomerulus). Buyrak kanallariinng proksimal va distal uchlari, buyrak hujayrasining qismlari maxsus asboblarsiz ko‘rinmasa ham, ular buyrak po‘stlog‘i ichida joylashgan, ularning uzun chiquvchi va kiruvchi segmentlari esa ichki to‘qimalariga chuqur kirib ba’zolar bo‘ladi Buyrak po‘stlog‘ining to‘qimasi buyrak ichki to‘qimalari bilan chegaradosh bo‘lib, u 10-12 buyrak piramidalarini hosil qiladi. Piramidaning keng asosi po‘stloq tomoniga qaragan bo‘lib, u yerdan markaziga qarab yo‘naladi (yig‘uvchi tomirlar bog‘lamlari). Buyrak piramidalari orasida, po‘stloq to‘qimasining tasmalari ichki to‘qimaga chuqur kiradi (10.3-rasm). Piramida cho‘qqilari buyrak g‘uddachalarini hosil qiladi, ularga yig‘uvchi tomirlardan ajralmalar tushadi. Buyrak g‘uddachalari suyuqlikni buyrak kosachalariga olib keladi, ular birgalikda buyrak jomlarini hosil qiladi.
Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling