Buyraklar funkiyasi, ayrish sistemasi kasalliklar va gigiyenasi
Download 0.76 Mb.
|
buyraklar funkiyasi
Devorining ichi shilliq o‘rtasi muskul va tashqi qavati biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan. Shilliq qavatda juda ko‘p burmalar bo‘lib, siydik pufagi to‘lishi bilan ular yoyiladi (tekislanadi). Siydik yo‘lining ichida burmalar alohida qatlam hosil qilib, bu qatlam qopqoq rolini o‘ynaydi va siydik yo‘liga siydikni qaytib chiqarmaydi. Muskul qavati kuchli rivojlangan 3 qavat yo‘nalishda joylashgan. Pastki siydik yo’lida o’ziga hos psevdo ko’p qavatli epitiliy bo’lib u yuzaning ma’lum bir o’rganishlariga moslashishi mumkun. Maxsus epitiliy hujayralari yuzasi differensiyalanishining funksiyasiga bog’liq. Absorbsiyalovchi yoki secretor hujayralar uchun ular yuzasini oshiruvchi barmoqsimon plazmatik membranalar( mikrovorsinkalar) bo’ladi
Siydik chiqarish kanali (urethra) ning uzunligi erkaklarda 18- 20 sm bo‘lib, u urug‘ chiqarish yo‘li bilan qo‘shilgan. Uning ichki yuzasi shilliq qavat bilan qoplangan bo‘lib, u pastki qismda ko‘ndalang burma hosil qiladi. Bu qavatdagi juda ko‘p bezlar uni namlab turadi. Siydik chiqarish kanali 3 qismga: prostata, pardali va g‘ovak qismlarga bo‘linadi. Prostata qismi siydik pufagidan boshlanadi va prostata bezi bilan o‘ralgan bo‘ladi. Uning ichida urug‘ bo‘rtigi bor. Prostata bezida siydik pufagidan o‘tgan silliq muskullar bo‘lib, ular kanalning prostata qismida ichki ixtiyoriy sfinkter hosil qiladi. Pardali qismi juda kalta (0,5-1 sm) va ingichka. Bu qism muskullar yordamida qovuqqa tutashgan tashqi ixtiyoriy sfinkter hosil qiladi. o‘ovak qism eng uzuni bo‘lib, g‘ovak tana orasida joylashgan. Ayollarda siydik chiqarish kanali qisqa – 3-3,5 sm bo‘ladi. Ichki yuzasi shilliq qavat bilan qoplangan. U qin dahliziga ochiladi. Tashqi qismi ixtiyoriy muskullar bilan o‘ralgan sfinkter hosil qiladi.
Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling