Buyraklar funkiyasi, ayrish sistemasi kasalliklar va gigiyenasi


Download 0.76 Mb.
bet3/8
Sana16.03.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1278859
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
buyraklar funkiyasi

Buyrak bir juft bo‘lib, bel sohasida qorin bo‘shlig‘i pardasidan tashqarida bel umurtqalarining ikki yonida 12-juft qovurg‘alar oldida joylashgan. O‘ng buyrak chap buyrakka nisbatan 1-1,5 sm pastda joylashgan bo‘lib, uning ustida jigar bor. Buyraklar loviya shaklda bo‘lib, sirti pishiq biriktiruvchi tuzilma bilan qoplangan. Uning atrofida yog‘ bo‘lib, buyrakni silkinishdan, turtkilardan saqlaydi. Buyrakning vazni 100-120g, bo‘yi 12 sm, eni 6 sm, qalinligi 3-4 sm keladi. Oldingi yuzasi orqa yuzasiga nisbatan bir oz qavariq, orqasi tekis, ichki qirrasi botiq bo‘lib, bu botiqlik buyrak darvozasi deyiladi. Bu yerdan buyrakka buyrak arteriyasi kirib, buyrak venasi va siydik yo‘li chiqadi. Chetki qirrasi qavariq bo‘ladi.

  • Buyrak bir juft bo‘lib, bel sohasida qorin bo‘shlig‘i pardasidan tashqarida bel umurtqalarining ikki yonida 12-juft qovurg‘alar oldida joylashgan. O‘ng buyrak chap buyrakka nisbatan 1-1,5 sm pastda joylashgan bo‘lib, uning ustida jigar bor. Buyraklar loviya shaklda bo‘lib, sirti pishiq biriktiruvchi tuzilma bilan qoplangan. Uning atrofida yog‘ bo‘lib, buyrakni silkinishdan, turtkilardan saqlaydi. Buyrakning vazni 100-120g, bo‘yi 12 sm, eni 6 sm, qalinligi 3-4 sm keladi. Oldingi yuzasi orqa yuzasiga nisbatan bir oz qavariq, orqasi tekis, ichki qirrasi botiq bo‘lib, bu botiqlik buyrak darvozasi deyiladi. Bu yerdan buyrakka buyrak arteriyasi kirib, buyrak venasi va siydik yo‘li chiqadi. Chetki qirrasi qavariq bo‘ladi.
  • Buyrakni orqa va old tomondan o‘ralgan fassiya tutib turadi. Buyrak tayanchida fassiya qon tomirlari, atrofdagi organlar va kapsuladagi yorning ahamiyati katta. Agar odam tez ozsa, yog‘ kamayib ketib, buyrak bir oz pastga tushadi. Keksalarning qorin bo‘shlig‘ida bosim kamayib ketishi tufayli buyraklar umuman bir oz pastda bo‘ladi.

Siydik yo‘li diametri 4-5 mm, uzunligi 30 sm bo‘lgan naydir. U buyrak jomining davomi bo‘lib, buyrakdan siydik pufagigacha davom etadi va orqa tomondan kelib unga tutashadi. Siydik yo‘lining devori 3 qavatdan: ichki – shilliq, o‘rta - muskul va tashqi - seroz qavatdan - tuzilgan. Muskul qavat ichkisi uzunasiga yo‘nalgan, tashqisi halqasimon yo‘nalgan muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul qavatning qisqarishi natijasida siydik buyrak jomidan siydik pufagiga o‘tadi. Siydik pufagi toq, organ bo‘lib, unda siydik to‘planadi. Uning hajmi 500-750 sm3 gacha yetadi. U kichik tos bo‘shlig‘ida qovuq suyagining orqasida joylashgan. To‘lgan siydik pufagi tuxumsimon bo‘lib, qovuqdan ko‘tarilib turadi. Uning ko‘tarilgan cho‘qqisi, oldinga yo‘nalgan tanasi va tubi farq qilinadi. Tubining orqa devoriga 2 ta siydik yo‘li ochiladi va undan siydik chiqarish kanali (yo‘li) boshlanadi. Siydik pufagining devori juda cho‘ziluvchan bo‘lib, yig‘ilgan holda 15 mm qalinlikda bo‘lsa, taranglashganda 2-3 mm bo‘ladi.

  • Siydik yo‘li diametri 4-5 mm, uzunligi 30 sm bo‘lgan naydir. U buyrak jomining davomi bo‘lib, buyrakdan siydik pufagigacha davom etadi va orqa tomondan kelib unga tutashadi. Siydik yo‘lining devori 3 qavatdan: ichki – shilliq, o‘rta - muskul va tashqi - seroz qavatdan - tuzilgan. Muskul qavat ichkisi uzunasiga yo‘nalgan, tashqisi halqasimon yo‘nalgan muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul qavatning qisqarishi natijasida siydik buyrak jomidan siydik pufagiga o‘tadi. Siydik pufagi toq, organ bo‘lib, unda siydik to‘planadi. Uning hajmi 500-750 sm3 gacha yetadi. U kichik tos bo‘shlig‘ida qovuq suyagining orqasida joylashgan. To‘lgan siydik pufagi tuxumsimon bo‘lib, qovuqdan ko‘tarilib turadi. Uning ko‘tarilgan cho‘qqisi, oldinga yo‘nalgan tanasi va tubi farq qilinadi. Tubining orqa devoriga 2 ta siydik yo‘li ochiladi va undan siydik chiqarish kanali (yo‘li) boshlanadi. Siydik pufagining devori juda cho‘ziluvchan bo‘lib, yig‘ilgan holda 15 mm qalinlikda bo‘lsa, taranglashganda 2-3 mm bo‘ladi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling