Buyruq № “ ” sentabr 022 yil. O‘zbekiston Ruspublikasi Prezidentining 2022 yil martdagi "Vatan tayanchi" bolalar va usmirlar harbiy vatanparvarlik xarakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi pq-150-sonli qaroriga asosan "Vatan tayanchi" otryadi tuzish


Download 68 Kb.
bet1/2
Sana14.01.2023
Hajmi68 Kb.
#1092531
  1   2
Bog'liq
9. Maktab buyrug`i. Vatan tayanchi buyruq. Word


Xo`jaobod tumani XTB tasarrufidagi 16- mumta’lim maktabi


bo`yicha
BUYRUQ №

“…….” sentabr 2022 yil .


O‘zbekiston Ruspublikasi Prezidentining 2022 yil 2 martdagi "Vatan tayanchi" bolalar va usmirlar harbiy vatanparvarlik xarakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi PQ-150-sonli qaroriga asosan "Vatan tayanchi" otryadi tuzish to‘g‘risida.


O‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatan taqdiriga daxldorlik, ma’naviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda qonunlarimizga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida


B U YU R A M A N :
1.Xo`jaobod tuman xokimining 2022 yil 14-martdagi 141-1-0-Q/22 sonli “Vatan tayanchi” bolalar va o`smirlar harbiy-vatanparvarlik harakatini tashkil etish to`g`risidagi qarori va Xo`jaobod TXTB mudirining 2022 yil 15 sentabrdgi 391/01 sonli xati raxbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2.Maktabda 10-11-sinf o‘quvchilaridan iborat bo‘lgan «Vatan tayanchi» otryadi tashkil etilsin.


3.Otryad rahbari etib maktab CHQBT raxbari - Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor urinbosari Isroilov Ne`matillo tayinlansin.


4.Maktab «Vatan tayanchi» otryadining tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5.Quyidagilar «Vatan tayanchi» harakatining asosiy vazifalari etib belgilansin:


-o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatan taqdiriga daxldorlik, ma’naviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda qonunlarimizga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalash;
-erkin fikrlaydigan, mustahkam bilimli, jamiyatda munosib mavqeini egallash qobiliyatiga ega, mustaqil qaror qabul qilishga qodir, mamlakatining, xalqi va o‘z oilasining farovonligi va yanada rivojlanishi orzusida bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash;
-o‘quvchi-yoshlarni tuzilayotgan otryad atrofida birlashtirish va jipslashtirish, ular orasida harbiy-vatanparvarlik, o‘quv-tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishda asosiy tashkilotchi sifatida faoliyat yuritish, o‘quvchilarda o‘qish va intizom bo‘yicha yuqori natijalarga erishishga ishtiyoqni uyg‘otish hamda ularga o‘rnak bo‘lish uchun faol harakat qilish;
-davlat umumta’lim maktablar o‘quvchilarini odob-axloq, Vatanga sadoqat va o‘ziga qat’iy ishonch ruhida tarbiyalash, o‘qishi, intizomi va jismoniy ko‘rsatkichlari past o‘quvchilarga yuqori natijalarga erishishda ko‘maklashish;
-davlat umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
-o‘quvchilarni turli xavfli g‘oyalar va tashqaridan «ommaviy madaniyat» niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sirlardan himoya qilish.

6.Ushbu buruq ijrosini nazorat qilish otryad rahbari N.Isroiliv zimmasiga yuklatilsin 


Maktab direktori: _____________ H. To`lanova .


16-maktab direktorining 2022 yil …… sentabrdagi …… - sonly buyrug`iga 1-ilova.



Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling