II. Salbiy bo’yoqdorlikka ega bo’lgan pragmatik ma’nolar.
Hijolat bo’lish, istihola semasi.
Ammo unga hushomatdek tuyulib, nimagadir pisanda qilayotganday bo’lmayin tag’in degan istihola bilan tilini tiydi.
(“Girdob”, 204-b)
Zarda – do’q semasi.
-Bilib qo’ying, hatto qonunlar ham mutlaq emas, o’zgarib turadi.
(T.M. “Chorrahada qolgan odamlar”, 100-b)
Uzil-kesil, shart semasi.
Odamga bir zarba tegmasin, tegsa o’nglanishi qiyin.
(“Girdob”, 227-b)
Хavfsirash, gumon semasi
Sulton tag’in bir falokat chiqib qolmasin.
(“Mirzo Ulug’bek”,220-b)
Kesatish,kinoya semasi.
Bu maqomga Feruzaga hali yo’l bo’lsin!
(“Mirzo Ulug’bek”,106-b)
Norozilik, achchiqlanish semasi.
Mehnatni ular qilsin-u, foydani siz ko’zlaysiz.
(M.Shayxzoda. “Mirzo Ulug’bek”, 94-b)
Biz birgina buyruq-istak maylining I.II.III. shahs birlik va ko’pligida ifodalanuvchi pragmatic hususiyatlarga e’tibor qarataylik, holos. Ko’rilayotgan ishning muhimligi shundaki, yuqoridagi hususiyatlar nafaqat buyruq-istsk maylida, balki peredaktiv birliklarning barchasida faol kuzatiladi.
Bu esa ushbu yo’nalish bo’yicha ko’plab tatqiqotlar qilinishini talab qiladi va tilshunoslik fani bu jihatlarni ham inobatga olish juda muhim.
Mavzu: Badiiy uslub.
Darsning shiori: So’z guharig’a erur oncha sharaf,
Kim bo’la olmas anga gavhar sadaf
A. Navoiy
Darsning ta’limiy maqsadi:
O’quvchilarga badiiy uslub va uning belgi xususiyatlari haqida tushuncha berish, ushbu uslub soz ifodasini topgan badiiy adabiyotlarni mutolaa qilish orqali til va adabiyot xodisalarini o’zaro qiyoslash munosabatini o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |