Buyruq istak maylining pragmatic hususiyatlari
Download 95 Kb.
|
Dars-ishlanmasi1
IV. Yangi mavzu bayoni. (20 minut)
Yozuv taxtasiga sana mavzu yoziladi. O’qituvchi darsni biror badiiy asardan parcha o’qish bilan boshlaydi. O’quvchilar bilan badiiy asar yuzasidan quyidagicha savollar asosida baxs-munozara o’tkaziladi. 1. Adabiyot fani orqali qaysi janrlardagi asarlarni o’rganasiz? Ular qaysi nutq uslubida yaratilgan? 2. O’qilgan parcha sizga qanday ta’sir ko’rsatdi? 3. Badiiy uslubning muhim belgilari namalardan iborat? Mazkur savolni iqtidorli o’quvchilarga berish maqsadga muvofiq. So’ng 1-2 topshiriqlar bajariladi. O’quvchilar matnni o’qib, uni badiiy uslubga xosligini va o’ziga xos xususiyatlarini anglaydilar. O’qituvchi o’quvchilarni fikr mulohazalarini umumlashtirib, ko’rgazma orqali mustahkamlaydi. Ma’lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali obrazli ifodalovchi va shu yo’l bilan tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi nutq uslubi badiiy uslub sanaladi. Obrazlilik va estetik ta’sir badiiy uslubning muhim belgisidir So’ng iqtidorli o’quvchilar tayyorlab kelgan badiiy asarlardan parcha o’qishadi va badiiy uslub xususiyatlarini tushuntiradilar. Mavzuni mustahkamlash maqsadida mashqlar bajariladi. Jumladan: 235-mashq yozuv taxtasida bajariladi. O’quvchilar badiiy tasvir vositalarini aniqlab, qaysi nutq uslubiga oidligini aytadilar. Namuna: Hov yiroqlarda lippillab ko’ringan qishloq chiroqlari ham tepadagi yulduzlar singari, shabada qanotlari bilan kelgan chiroyli manzara zavqi bilan mast bo’lib yonardilar. (Cho’lpon) Mazkur gap badiiy uslubga xos.Unga xos, unda o’xshatish, jonlantirish, badiiy tasvir vositalaridan foydalanilgan. Past o’zlashtiruvchilar bilimini sinash maqsadida ushbu rasmlar orqali badiiy uslubga xos gaplar tuzdiriladi. O’quvchilarga mavzuni amaliy namoyish etish uchun diapozitiv texnik vositadan foydalanilib, G’afur G’ulomning “Shum bola” asarini ko’rsatib beradi. O’quvchilar filmni ko’rib, undagi badiiy uslub ko’rinishlarini aniqlashga harakat qiladilar. Bu uslub orqali o’quvchilar mavzudan bir oz chekinib, dam oladi. Shu film orqali o’quvchilar o’zlariga tarbiyaviy xulosa chiqaradilar. Download 95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling