Buyruq istak maylining pragmatic hususiyatlari


Darsning tarbiyaviy maqsadi


Download 95 Kb.
bet3/5
Sana23.01.2023
Hajmi95 Kb.
#1112024
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dars-ishlanmasi1

Darsning tarbiyaviy maqsadi:
O’quvchilarga ilmning afzalligi, ilm-xayot chirog’i ekanligi va inson hayotini u doim yoritib turishligi haqida tushuntirish.


Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:

O’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini va ijodiy tafakkur salohiyatlarini rivojlantirish, nutq uslublari haqida bilim, malaka va ko’nkmalarini hosil qilish:




Dars jihozi:
“Nutq va uslub” metodik qo’llanmasi, badiiy asarlar, test, mavzuga oid tarqatmalar, “badiiy uslub-nafis so’zlar to’plami” ko’rgazmasi, o’yin uchun koptok, rag’bat kartochkalari.


Dars usuli:
Ko’rgazmalilik,bahs-munozara, ko’rsatish, namoyish etish.


Adabiyotlar:

1. “Nutq va uslub” metodik qo’llanmasi.


2. “So’zlashish san’ati”
3. “So’z xususida so’z ”.


Darsning borishi.


I.Tashkiliy qism: (5minut)


1. Salomlashish va o’quvchilarni darsga tayyorlash.
Darsni noan’anaviy usulda olib borish uchun o’quvchilar ona tili haqida she’rlar,hikmatli so’zlar aytadilar.
Jumladan:
Ona tilim-jon tilim,
O’rgatar so’zning sirin.

Tilga e’tiborsiz-elga etiborsiz.


2. Navbatchi axboroti.


3. Yangiliklar bilan tanishtirish

Noyabr oyida ona tili va adabiyot oyligi o’tkaziladi shu sabab bilan Respublikamizning har bitta burchagida, maktablarda adabiy kechalar, tadbilar va ko’rik tanlovlar bo’lib o’tdi. Bu tadbirlar, kechalar albatta ustoz va o’quvchilar uchun sinov maydoni bo’ldi.




II. She’riy daqiqa.

O’quvchilar ona tili haqida shoirlar yozgan she’rlardan yod aytadilar.


Ш. O’tilganlarni takrorlash. (10 minut)

O’qituvchi o’tilgan mavzular yuzasidan “Kim bilimdon?” o’yini asosida savol-javob o’tkazadi. Bunda koptokdan foydalaniladi. O’qituvchi “Qanday nutq uslublarini bilasiz” deb koptokni birinchi o’quvchiga uzatadi, uni olgan o’quvchi javob qaytargach, savol berib koptokni o’z navbatida boshqa o’quvchiga uzatadi. Bu o’yin 3-4 daqiqa davom etadi.


So’ng o’qituvchi faol ishtirok etgan o’quvchilarni aniqlaydi va ularga rag’bat kartochkalarini beradi.



Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling