Buyruq nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i ro‘yxat raqami 3116-1


Download 50.99 Kb.
bet1/2
Sana17.02.2023
Hajmi50.99 Kb.
#1206572
  1   2
Bog'liq
3116 09.01.2019




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.93.00 Amaliyot. Stajirovkalar]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o‘quvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 9-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3116]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o‘qishni tashkil qilish choralari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o‘quvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-yanvar,
8-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 8-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o‘quvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi
nizom
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o‘qishni tashkil qilish choralari to‘g‘risida”gi va 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari (keyingi o‘rinlarda yuridik texnikumlar deb yuritiladi) o‘quvchilari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni tashkil etish va o‘tash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:

Download 50.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling