Buyruq nomi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i ro‘yxat raqami 3116-1


Download 50.99 Kb.
bet2/2
Sana17.02.2023
Hajmi50.99 Kb.
#1206572
1   2
Bog'liq
3116 09.01.2019

qabul qiluvchi tashkilot — o‘quvchilar tomonidan amaliyot o‘talayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organ, advokatlik tuzilmasi, moliya-bank va boshqa muassasalar hamda ularning yuridik xizmati;
amaliyot — nazariy ta’lim berish jarayonida o‘quvchilar tomonidan olingan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, olinadigan mutaxassislik bo‘yicha zarur layoqatga, ko‘nikmalarga va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lish uchun o‘tkaziladigan o‘quv jarayonining tarkibiy qismi;
tanishtiruv amaliyoti — yuridik texnikumlarning birinchi kurs o‘quvchilari tomonidan kelajakdagi kasbiy faoliyat haqida boshlang‘ich ma’lumotlarni olish va egallangan nazariy bilimlarni mustahkamlash, tanlangan mutaxassislik bo‘yicha amaliy kasb layoqati va ko‘nikmalarini egallash maqsadida o‘taladigan amaliyot turi;
malakaviy amaliyot — yuridik texnikumlarni bitiruvchi kurs o‘quvchilarini o‘qitishning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi va ularning boshlang‘ich kasb tajribasiga hamda malakaga ega bo‘lishi, o‘quvchilarning mustaqil ravishdagi mehnat faoliyatiga kasb bo‘yicha tayyorligini tekshirish, maxsus fanlarni o‘rganishda olingan bilimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirish, tizimlashtirish maqsadida o‘tkaziladigan amaliyot turi;
texnikumdan amaliyot rahbari — o‘quv yuklamasiga amaliyot kiritilgan yuridik texnikum pedagog xodimi;
qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari — o‘quvchilarni amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish mas’uliyati yuklangan qabul qiluvchi tashkilot xodimi;
amaliyotni o‘tash dasturi — o‘quv rejalarini hisobga olgan holda yuridik texnikumlar tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan dastur.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
2. Amaliyotni o‘tash muddati va joyi amaliyotni o‘tash dasturi va o‘quv rejalari bilan nazariy tayyorgarlik hamda tanlangan mutaxassislikni inobatga olgan xolda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Amaliyot uzluksiz hamda nazariy bilimlar bilan navbatlanish yo‘li orqali amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotning barcha turlari o‘quv rejasida nazarda tutilgan muddatlarda o‘tkaziladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tanishtiruv amaliyoti o‘quvchilarning umumkasbiy va maxsus fanlarni chuqur o‘zlashtirishlari, tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha dastlabki malaka va ko‘nikmalarni egallashlari uchun o‘tkaziladi.
Tanishtiruv amaliyoti birinchi kurs yakunidan so‘ng yoki o‘quv yili mobaynida o‘tkaziladi, alohida hollarda esa o‘quv rejada ko‘rsatilib o‘qish bilan bir vaqtda uzviy tashkil etilishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
5. Malakaviy amaliyot o‘quvchining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq, o‘quvchi tomonidan kasbiy faoliyatni egallashning uzluksiz va izchil jarayonini ta’minlashga qaratilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Malakaviy amaliyot yuridik texnikumning ikkinchi kurs o‘quvchilari uchun 4-semestr davomida yoki o‘quv yili mobaynida o‘tkaziladi.
Yuridik texnikum tomonidan amaliyot o‘tash joyi tegishli tashkilotlar bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi yoki tanlangan mutaxassislik bo‘yicha tashkilotlarning kelishuv xatlariga muvofiq kelgusida o‘quvchilar ishga joylasha oladigan korxona, muassasa va tashkilotlardan biri tanlanadi.
(5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
6. Amaliyotni o‘tashdan ozod qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. Amaliyot o‘tash yakunlangach, o‘quvchi tomonidan amaliyot o‘tash to‘g‘risida hisobot tayyorlanadi va topshiriladi.
Hisobotda bajarilgan ish, o‘rganilgan huquqni qo‘llash amaliyoti, shuningdek olingan bilim va ko‘nikmalar aks ettiriladi. Hisobot o‘quvchi tomonidan imzolanadi hamda qabul qiluvchi tashkilotdagi amaliyot rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbarlari amaliyot o‘tash to‘g‘risidagi hisobotga o‘quvchining ijobiy va salbiy fazilatlarini, uning o‘zlashtiruvchanligi va boshqa ma’lumotlarni yorituvchi yozuvlarni kiritish huquqiga ega.
8. Hisobotning titul varag‘ida o‘quvchining amaliyot o‘tash joyi, muddati, uning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda amaliyot rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.
9. Amaliyot o‘tashning normal kunlik davomiyligi olti soatni tashkil etadi.
2-bob. Amaliyotni o‘tashning bosqichlari
10. Amaliyot uch bosqichga bo‘linadi:
tayyorlov;
asosiy;
amaliyot bo‘yicha imtihon.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Tayyorlov bosqichida o‘quv rejaga asosan amaliyot o‘tashning birinchi kunida yuridik texnikum va qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan amaliyot rahbarlari tomonidan yig‘ilish o‘tkaziladi. Yig‘ilishda o‘quvchilar amaliyotni o‘tash dasturi bilan tanishadi, uning maqsad va vazifalariga taalluqli ko‘rsatmalar, ularni bajarish bo‘yicha qo‘llanmalarni oladi, amaliyot o‘tash va amaliyot o‘tash to‘g‘risida hisobot tuzish tartibi haqida xabardor qilinadi.
Amaliyotni o‘tashning boshida o‘quvchilar qabul qiluvchi tashkilotning tuzilishi, faoliyat yo‘nalishlari, o‘ziga xosligi bilan tanishadi hamda yuridik texnikum va qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda amaliyotni o‘tash dasturini bajarish reja-jadvalini tuzadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
12. Amaliyot o‘tashning asosiy bosqichida o‘quvchi bevosita qabul qiluvchi tashkilotda amaliyotni o‘tash dasturini bajarish reja-jadvalida ko‘rsatib o‘tilgan ishni bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Amaliyot bo‘yicha imtihon amaliyotning yakuniy bosqichi hisoblanib, unda o‘quvchilar tomonidan amaliyotni o‘tash jarayonida bajarilgan ishlarning natijalari tahlil qilinadi va baholanadi. Amaliyot bo‘yicha imtihon yuridik texnikum vakillari orasidan tuzilgan komissiya tomonidan yuridik texnikumda, qoida tariqasida, yozma ravishda o‘tkaziladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
14. Amaliyot bo‘yicha imtihon quyidagi baholash mezonlariga asosan amalga oshiriladi:
amaliyotda egallangan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalari darajasi;
o‘quvchi tomonidan amaliyot davomida to‘plangan materiallarning tuzilishi, darajasi va sifati hamda uni o‘tash davomida o‘rganilgan masalalarning yoritib berilishi.
3-bob. Amaliyotni o‘tashda o‘quvchiga qo‘yiladigan talablar
15. O‘quvchi:
Oldingi tahrirga qarang.
amaliyot bo‘yicha uslubiy va ko‘rsatma materiallar bilan tanishishi va yuridik texnikumdan amaliyot rahbarida yo‘l-yo‘riqdan o‘tishi;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
amaliyotni tashkil etish va o‘tashni nazorat qilish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etishi;
amaliyotni o‘tash dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, to‘liq hajmda va sifatli bajarishi;
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik texnikumdan amaliyot rahbarining talabi bilan ko‘rib chiqish uchun amaliyot o‘tash to‘g‘risidagi hisobotini taqdim qilishi;
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
keyingi o‘quv va amaliy faoliyatda foydalanilishi mumkin bo‘lgan materiallar to‘plamini yuritishi;
ichki mehnat tartib qoidalari va qabul qiluvchi tashkilot xodimlari faoliyatining tartibini belgilovchi hujjatlarga rioya qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Amaliyot tugaganidan keyin o‘quvchi amaliyot bo‘yicha imtihonni o‘tkazish kuniga qadar yuridik texnikumdagi amaliyot rahbariga amaliyot o‘tagani to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. O‘quvchi amaliyot yakunlanganidan so‘ng yuridik texnikumda amaliyot bo‘yicha imtihon topshirishga majbur.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
4-bob. Amaliyotni tashkillashtirishning shartlari
18. Amaliyotni tashkil etish o‘quvchilar amaliyotni o‘tash dasturlari bilan belgilanadi. Amaliyotni barcha bosqichlarda tashkil etish o‘quvchilar tomonidan kasbiy faoliyatni egallashda uzluksizlik va izchillikni ta’minlashga yo‘naltirilishi lozim.
19. Pedagog xodimning amaliyotdagi o‘quv yuklamasi o‘quv rejada ko‘rsatilgan o‘quv pedagogik soatlar (haftalar)dan va amaliyotni o‘tash turidan kelib chiqib aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Amaliyotni tashkil etish uchun, qoida tariqasida, amaliyot boshlanishidan bir oy oldin yuridik texnikum direktori tomonidan buyruq qabul qilinadi. Buyruqda amaliyot turi, muddati va uni o‘tash joyi, moddiy ta’minot, yuridik texnikumdan amaliyot rahbarlarini turar joy bilan ta’minlash, mas’ul shaxslar va jo‘natilayotgan o‘quvchilar, yuridik texnikumdan amaliyot rahbarlari tarkibining ro‘yxati belgilanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Yuridik texnikum direktori amaliyotga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonida mehnatni muhofaza qilish hamda faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rilishini hamda o‘quvchilarni o‘z vaqtida amaliyot o‘tash joylariga taqsimlanishini ta’minlaydi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Amaliyotni tayyorlash, ta’minlash va o‘tashni muvofiqlashtirishni yuridik texnikumning amaliyotni tashkillashtiruvchi tarkibiy bo‘linmasi amalga oshiradi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Yuridik texnikumdagi amaliyot rahbari:
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
amaliyotga ketayotgan o‘quvchilar bilan yo‘l-yo‘riqlar o‘tkazadi;
o‘quvchilarning amaliyot o‘tash joyiga yetib kelishini nazorat qiladi;
qabul qiluvchi tashkilot rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari bilan aloqalar o‘rnatadi;
o‘quvchilarga amaliyotni o‘tash dasturini bajarish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatadi;
amaliyotning butun davri uchun o‘quvchilarga individual reja tuzadi, qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va tarkibini belgilaydi;
amaliyotni o‘tash joylariga o‘quvchilarni taqsimlashda ishtirok etadi;
amaliyot muddatlariga va uning tarkibiga rioya qilinishi, shuningdek amaliyotni o‘tash dasturi bajarilishining nazoratini amalga oshiradi (o‘quvchilarni amaliyot o‘tash joylariga ko‘rishga borish yo‘li bilan);
amaliyot bo‘yicha imtihonda ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. O‘quvchi tomonidan amaliyot boshqa viloyatda o‘talayotganda hamda yuridik texnikumdan amaliyot rahbarini tayinlashning imkoni bo‘lmagan hollarda, amaliyotni nazorat qilish uchun tegishli viloyat adliya organi rahbari bilan kelishib, shahar va tuman adliya bo‘limlari xodimlari amaliyot rahbari etib belgilanishi mumkin.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
25. Qabul qiluvchi tashkilot rahbari:
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik texnikumlar bilan amaliyotni o‘tash haqida shartnomalar tuzadi;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
qabul qiluvchi tashkilotda amaliyotni tashkil etish to‘g‘risida buyruqlar chiqaradi;
malakali va tajribali mutaxassislar orasidan qabul qiluvchi tashkilotda amaliyot o‘tash uchun mas’ul shaxslarni tayinlaydi, shuningdek ularning orasidan amaliyot o‘tashni tashkil etish va nazorat qilish uchun ishchi guruh tuzadi;
amaliyotni o‘tash dasturiga muvofiq amaliyot o‘tash uchun sharoitlar yaratadi.
26. Qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari:
o‘quvchilarga texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, shuningdek qabul qiluvchi tashkilotning ichki tartib qoidalari va ish rejimining xususiyatlari bo‘yicha tushuntirish o‘tkazadi;
qabul qiluvchi tashkilotning belgilangan obyektlari bo‘yicha o‘quvchilarni taqsimlaydi, uning tuzilishi, faoliyat yo‘nalishlari va o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtiradi;
o‘quvchilarni amaliyotni o‘tash dasturiga taalluqli materiallardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi;
o‘quvchilar tomonidan amaliyotni o‘tash dasturining bajarilishi uchun zarur sharoitlar yaratadi;
o‘quvchilarga ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha maslahatlar beradi;
bajarilayotgan ish ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
o‘quvchi ish kunining belgilangan davomiyligiga rioya etilishini hamda ish vaqtidan samarali foydalanishini ta’minlaydi;
amaliyot o‘tash to‘g‘risida hisobotni tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik texnikumdan amaliyot rahbarini o‘quvchi tomonidan amaliyot o‘tash dasturi bajarilmayotganligi hamda barcha mehnat intizomi buzilish holatlari haqida xabardor qiladi;
yuridik texnikumdan amaliyot rahbari bilan aloqani ushlab turadi.
(26-bandning o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
Qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbariga o‘quvchiga amaliyot o‘tash dasturi bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalarni bajarish topshirig‘ini berish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Amaliyot yuridik texnikum bilan qabul qiluvchi tashkilot o‘rtasidagi qabul qiluvchi tashkilotning amaliyot o‘tash uchun joy ajratish majburiyatini nazarda tutuvchi shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Yuridik texnikum va qabul qiluvchi tashkilot amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha shartnomada shartnoma predmetini, taraflarning huquq va majburiyatlarini, amaliyotni tashkil etish tartibini, shartnomaning amal qilish muddatini, shartnomani bekor qilish asoslarini, shuningdek taraflarning javobgarligini kelishib oladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
28. Amaliyot boshlanishi vaqtidan boshlab o‘quvchilarga qabul qiluvchi tashkilotda belgilangan tartibda tanishtirilishi shart bo‘lgan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va ichki mehnat tartib qoidalari hamda qabul qiluvchi tashkilotda amalda bo‘lgan boshqa hujjatlar tatbiq qilinadi.
29. Amaliyot bo‘yicha baho ta’lim bo‘yicha baholarga tenglashtiriladi va o‘quvchilar umumiy o‘zlashtirishining yakunlarini chiqarishda inobatga olinadi.
30. Amaliyot yakunlari bo‘yicha qoniqarsiz baho olinishi o‘quvchini akademik qarzdor sifatida tegishli o‘quv kursida qoldirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Uzrli sabablarsiz amaliyotga kelmaslik o‘quv intizomini buzish sifatida o‘quvchini belgilangan tartibda yuridik texnikum o‘quvchilari safidan chetlashtirilishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
5-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
31. Yuridik texnikumdan amaliyot rahbarlarining yuridik texnikum joylashgan joydan amaliyotni o‘tash joyigacha borish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat safarlari xarajatlari, shu jumladan yashash va sutkalik xarajatlar, o‘rnatilgan tartibda yuridik texnikumning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 9-fevraldagi 1-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3116-1, 09.02.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)
32. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishilgan.
Kasb-hunar ta’limi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV
2019-yil 8-yanvar


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 10/19/3116/2444-son; 09.02.2021-y., 10/21/3116-1/0092-son)

Download 50.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling