155-modda. Protsessual muddatlarni uzaytirish va tiklash
Sud tayinlagan muddatlar sud tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar qonunda belgilangan muddatni sud uzrli deb topgan sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, mazkur muddat tiklanadi.
O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma protsessual harakat amalga oshirilishi yoki hujjat topshirilishi lozim bo‘lgan sudga beriladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi iltimosnomani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomani berish bilan bir vaqtda, muddati o‘tkazib yuborilgan harakat bajarilishi yoki hujjat topshirilishi lozim.
O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirish, tiklash haqida yoki uzaytirishni yoxud tiklashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni uzaytirishni rad etish yoki tiklashni rad etish haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Dalillar va ularga qo`yiladigan talablar.
71-modda. Isbotlash vositalari (dalillar)
Taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslaydigan holatlarning mavjudligini yoki mavjud emasligini sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday faktik ma’lumot va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar fuqarolik ishi bo‘yicha dalillardir. Bu ma’lumotlar quyidagi vositalar, ya’ni: taraflarning va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari, yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari) bilan aniqlanadi.
Dalillarga qo'yilgan talablar:
✓ Dalil o'zida ish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan
holat (vaziyat, fakt va boshq) ni o'zida ifodalagan bo'lishi shart;
✓ Dalil qonunda belgilangan tartibda olingan bo'lishi
kerak;
✓ Dalil yetarli darajada to'plangan bo'lishi zarur;
✓ Dalil har tomonlama ishonchli va maqbul bo'lishi lozim;
✓ Dalil ishga aloqador va tegishli manbalardan olingan
bo'lishi kerak;
✓ Dalil qonunda belgilangan usullar yordamida
o'rganilgan, tahlil qilingan, qiyoslangan, tasdiqlangan va
baholangan bo'lishi lozim.
Dalillarga baho berish deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |