Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Download 1.05 Mb.
bet1/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR


  1. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida”gi qarori haqida bayon qiling.

(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 03.02.2006 yildagi 4-son, 25 banddan iborat)
Buyruq tartibida ish yuritishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mazkur tartibda ish yuritishni belgilovchi qonunchilikka og‘ishmay rioya qilinishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sud buyrug‘i birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning alohida bir turi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 171-moddasida ko‘rsatilgan talablar yuzasidan sud muhokamasi talab qilinmaydigan ishlar bo‘yicha beriladi va u ijro hujjati kuchiga ega.
2. Sud buyrug‘i chiqarish haqidagi talab FPK 33-moddasida belgilangan sudlovga taalluqlilikning umumiy qoidalariga amal qilingan holda sudga beriladi. Shu bilan birgalikda voyaga yetmagan farzandning ta’minoti uchun aliment undirish haqidagi talab undiruvchi yashayotgan joydagi sudga, ijro qilish joyi ko‘rsatilgan notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan talab ushbu talab bajarilishi lozim bo‘lgan joydagi sudga taqdim qilinishi ham mumkin.
3. Sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda va axborot tizimi orqali elektron hujjat shaklida beriladi. Bunda fuqarolik protsessual qonun talabiga ko‘ra sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizaning shakli va mazmuniga quyilgan talablar da’vo arizaga (FPK 189-moddasi) quyilgan talablarga o‘xshash ekanligini nazarda tutish lozim. Shu bilan birgalikda buyruq tartibida ish yuritish undiruvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning soddalashtirilgan usuli ekanligidan kelib chiqib, sudlar sud buyrug‘i berish haqida arizani qabul qilishda undiruvchining vakili tomonidan berilgan arizada vakilning nomi va manzili ko‘rsatilishi shart emasligini nazarda tutishlari lozim. Undiruvchi tomonidan vakilga sud buyrug‘ini olish va ijroga qaratish vakolati berilgan holatlar bundan mustasno.
5. Sudlarga tushuntirilsinki, buyruq tartibida ish yuritish sud muhokamasini istisno qilishi sababli ko‘char mol-mulkni talab qilib olish to‘g‘risida sud buyrug‘i berish haqidagi arizada ushbu mol-mulkning qiymati ko‘rsatilishi lozim (FPK 172-moddasi to‘rtinchi qismi), shuningdek, qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi sud buyrug‘i berish haqidagi arizada tegishincha qarzdorlik vujudga kelgan davr ko‘rsatilishi lozim (FPK 172-moddasi ikkinchi qismi 5-bandi).
7. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, FPK 194-moddasi bilan da’vo arizasini qabul qilishni rad etish uchun belgilangan umumiy asoslari bilan bir qatorda, agar:
-qarzdorning yashash joyi O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bo‘lsa;
-arizani va undiruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganishda huquq to‘g‘risida nizo borligi aniqlangan bo‘lsa;
-arz qilingan talab FPK 171-moddasida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sudya sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etadi.
8. Sud buyrug‘i chiqarish haqidagi arizada O‘zbekiston Respublikasi FPKning 2832-moddasida belgilangan talab bilan birgalikda nizoli boshqa talab quyilgan bo‘lib, ushbu talablarni alohida ko‘rish imkoni bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi FPKning 2385-moddasiga muvofiq sud buyrug‘i chiqarish to‘g‘risidagi ariza qabul qilishdan rad qilinishi va undiruvchiga tegishli tartibda da’vo ariza bilan murojaat qilish huquqi tushuntirilishi lozim.


  1. Hal qiluv qaroridagi kamchiliklarni tuzatish va tushuntirish.

Fuqarolik protsessual kodeksining 261-moddasida ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni va aniq ko'rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish imkoniyati berilga bo'lib, unga ko'ra sud hal qiluv qarori yozuvida yo'l qo'yilgan xatolarni yoki ochiq ko'rinib turgan arifmetik xatolarni o'z tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga ko'ra tuzatishi mumkin. Qo'shish, ayirish, ko'paytirish, bo'lish yoki boshqa matematik hisoblashlarda yo'l qo'yilgan xatolar ochiq ko'rinib turgan arifmetik xatolar hisoblanadi. Masalan, Voyaga yetmagan bola ta'minoti uchun aliment undirish haqidagi da'vo talabi yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarorining xulosa qismida to'lanadigan aliment miqdori o'tgan yillar uchun undirilganda 2018-yil 20-fevral sanasi 2018-yil 02-fevral» deb topilishi haqidagi ochiq ko'rinib turgan texnik xatolik tuzatilishi haqida ariza bilan murojaat qilgan.
Hal qiluv qarori yozuvida yo'l qo'yilgan xatolarni yoki ochiq ko'rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish haqidagi ariza u topshirilgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda ko'rib chiqiladi. Hal qiluv qarori yozuvidagi xatolarni yoki ochiq ko'rinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish to'g'risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq, bu shaxslarning kelmaganligi tuzatishlarni kiritish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish uchun to'sqinlik
qilmaydi. Hal qiluv qaroriga tuzatishlar kiritish yoxud tuzatishlar kiritishni rad qilish to'g'risida ajrim chiqariladi. Hal qiluv qaroriga tuzatishlar kiritish to'g'risidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling