123-modda. Arizani ko‘rmasdan qoldirish tartibi va oqibatlari
Arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi. Ajrimda sud ishning hal etilishiga to‘sqinlik qilayotgan, ushbu Kodeks 122-moddasining 2, 5, 6, 7, 8, 10, 101 va 11-bandlarida sanab o‘tilgan holatlarni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatishi shart.
Sud ushbu Kodeks 122-moddasining 1, 3, 4 va 103-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ko‘rmasdan qoldirib, ajrimda davlat bojini qaytarish va da’voni ta’minlash yuzasidan ko‘rilgan choralarni bekor qilish haqida ko‘rsatadi.
Ushbu Kodeks 122-moddasining 5, 6, 7 va 102-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ko‘rmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Arizani ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganidan keyin manfaatdor shaxs sudga ariza bilan umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Arizani qabul qilishni rad etishning qanday asoslari mavjud?
194-modda. Arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish
Sud arizani ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:
1) arz qilinayotgan talab sudga taalluqli bo‘lmasa;
2) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki ma’muriy sudning yoxud chet davlat vakolatli sudining ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilish to‘g‘risidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;
3) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, hakamlik sudining ish yuritishida ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa;
4) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hakamlik sudining qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bo‘lsa, bundan fuqarolik ishlar bo‘yicha sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;
5) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan hakamlik muhokamasini tugatish to‘g‘risida chiqarilgan ajrim bo‘lsa, bundan hakamlik sudida ushbu nizoni qo‘rib chiqish vakolati mavjud emasligi sababli hakamlik muhokamasi tugatilganligi holati mustasno.
Sudyaning ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etishi sudga ikkinchi marta murojaat etishga to‘sqinlik qiladi.
Agar talab sudga taalluqli bo‘lmasa va nizoni hal etish boshqa davlat organining vakolatiga taalluqli bo‘lsa, ajrimda sudya arizachi qaysi organga murojaat qilishi lozimligini ko‘rsatishi shart.
Ashyoviy dalillarni taqdim etish majburiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |