Buyruq tartibida ish yuritishni tartibga soluvchi qonun normalarini qo`llashning ayrim masalalari to`g`risida


Download 1.05 Mb.
bet2/137
Sana18.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1584427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137
Bog'liq
fpk javoblari 5semestr BAWAR

Hal qiluv qarorini tushuntirish. Hal qiluv qarori noaniq bo'lsa, ishni hal qilgan sud o'z tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga, shuningdek, hal qiluv qarorini ijro etish zimmasiga yuklatilgan organlar va davlat ijrochisining arizasiga koʻra hal qiluv qarorini uning mazmunini o'zgartirmagan holda tushuntirishga haqli. Agar hal qiluv qarori ijro etilmagan va uni majburiy ijro ettirish mumkin bo'lgan muddat o'tmagan bo'lsa, hal qiluv qarorini tushuntirishga yo'l qo'yiladi. Hal qiluv qarorini tushuntirish to'g'risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko'rib chiqiladi. Biroq, bu shaxslarning sudga kelmaganligi hal qiluv qarorini tushuntirish toʻgʻrisidagi masalani ko'rib chiqish uchun to'sqinlik qilmaydi. Sud hal qiluv qarorini tushuntirish to'g'risidagi arizani u kelib tushgan kundan e'tiboran o'n kunlik muddatda ko'rib chiqadi. Hal qiluv qarorini tushuntirish to'g'risidagi arizani ko'rish natijalari bo'yicha ajrim chiqariladi. Hal qiluv qarorini tushuntirish to'g'risidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.


  1. Advokatura to’g’risidagi Qonun

(21.04.2021) O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 27.12.1996 yildagi 349-I-son. 17 moddadan iborat
1-modda. Advokatura va uning vazifalari
Advokatura — huquqiy institut bo‘lib, u advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, ko‘ngilli, kasbiy birlashmalarini o‘z ichiga oladi. Advokatura O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam ko‘rsatadi.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining advokatura to‘g‘risidagi qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasida advokatura to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonundan hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling